Mavzu: Dissotsilanishga ko’ra asoslar, kislotalar va tuzlar.
Ta’rif:Dissotsilanganda anion sifatida faqat gidroksil ionlarini (O ) hosil qiladigan moddalarga asoslar deyiladi.
Me(OH)x↔Mex++xOH-
Suvli eritmalarda faqat ishqoriy va ishqoriy yer metallari asoslari dissotsilanadi.
Ishqoriy metallar asoslari 1 bosqichli dissotsilanadi:
NaOH↔Na+ + OH-
Ishqoriy – yer metallari asoslari 2 bosqichli dissotsilanadi:
1. Ba(OH)2↔BaOH+ + OH-
2. BaOH+↔Ba2++OH-
Ba(OH)2↔Ba2++2OH-
Ta’rif:Dissotsilanganda kation sifatida faqat vodorod kationlarini (H+) hosil qiluvchi moddalarga kislotalar deyiladi.
HnAc↔nH++Acn-
Bir negizli kislotalar 1 bosqichli dissotsilanadi.
HCl↔H++Cl-
HNO3↔H++NO3-
Ko’p negizli kislotalar ko’p bosqichli dissotsilanadi.
H2SO4↔H++HSO4-
HSO4-↔H++SO42-
|
|
1. H3PO4↔H++H2PO4-
2. H2PO4-↔H++HPO42-
3. HPO42-↔H++PO43-
|
H2SO4↔2H++SO42-
|
α
|
H3PO4↔3H++PO43-
|
Ya’nibosqichlidissotsilanadigankislotavaasoslardadissotsilanishdarajasidastlabkibosqichlarnikidankeyingisigakamayadi. Buniquyidagichaifodalashmumkin.
H4P2O7↔H++H3P2O7-
|
α=40%
|
H3P2O7-↔H++H2P2O72-
|
α=10%
|
H2P2O72-↔H++HP2O73-
|
α=3%
|
HP2O73-↔H++P2O74-
|
α=1%
|
Ya’nieritmadaengko’pvodorodionlari – 54%, keyintrigidropirofasfat – 40%, keyindigidropirofosfat – 10%, keyingidropirofasfat – 3% vaoxirgibosqichdapirofosfat - 1% atrofidabo’ladi. Kuchsizkislotalardaoxirgibosqichdeyarliamalgaoshmaydi.
Ta’rif:Dissotsilangandakationsifatidafaqatmetallkationlarivaanionsifatidakislotaqoldig’iionlarinihosilqiladigantuzlargao’rtatuzlardeyiladi.
O’rta tuzlar bir bosqichda dissotsilanadi.
NaCl↔Na++Cl-
Al2(SO4)3↔2Al3++3SO42-
Ta’rif:Dissotsilanganda kation sifatida metall ionlari bilan birga vodorod kationlarini, anion sifatida kislota qoldig’i ionlarini hosil qiladigan tuzlarga nordon tuzlar deyiladi.
Nordon tuzlar bosqichli dissotsilanadi:
NaHSO4↔Na++HSO4-
HSO4-↔H++SO42-
NaHSO4↔Na++H++SO42-
Ta’rif:Dissotsilanganda kation sifatida faqat metall ionlarini, anion sifatida kislota qoldiqlari bilan birga gidroksil ionlarini hosil qiladigan tuzlarga asosli tuzlar deyiladi.
Asosli tuzlar bosqichli dissotsilanadi:
CaOHCl↔CaOH++Cl-
CaOH+↔Ca2++OH-
CaOHCl↔Ca2++OH-+Cl-
yoki, Fe(OH)2NO3↔Fe(OH)2++NO3-
Ta’rif:Dissotsilanganda kation sifatida ikki xil metall kationlarini (asosan 1 va 3 valentli), anion sifatida faqat kislota qoldig’i ionlarini hosil qiladigan tuzlarga qo’sh tuzlar deyiladi.
Qo’sh tuzlar bir bosqichda dissotsilanadi:
KAl(SO4)2↔K++Al3++2SO42-
Ta’rif:Dissotsilanganda kation sifatida faqat bitta metall kationlarini, anion sifatida ikki xil kislota qoldig’larini hosil qiladigan tuzlarga aralash tuzlar deyiladi.
Aralash tuzlar bir bosqichli dissotsilanadi:
AlSO4Cl↔Al3++SO42-+Cl-
Ta’rif:Dissotsilanganda kation yoki anion sifatida murakkab ion – komplekslarni hosil qiladigan tuzlarga kompleks tuzlar deyiladi.
Kompleks tuzlar bir bosqichli dissotsilanadi.
K4[Fe(CN)6]↔4K++[Fe(CN)6]4-
[Co(NH3)6]Cl3↔[Co(NH3)6]3++3Cl-
Do'stlaringiz bilan baham: |