2.2. DARS MASHG‘ULOTLARIDAN NAMUNALAR
Mavzu: [R] – [L] tovushlarini differensiasiyasi
Mashg‘ulot maqsadi: O‘quvchilar [R] va [L] tovushlarini og‘zaki nutqda to‘g‘ri qo‘llash va yozuvda farqlashni o‘rganadilar.
Vazifalar:
Ta’limiy: Talaffuzi o‘xshash tovushlarni farqlashni o‘rganadilar.
Tarbiyaviy: Tabiatni asrashni, o‘zgalarga yordam berishni o‘rganadilar.
Korreksion: Fonematik o‘quvi, diqqati, xotirasi, og‘zaki va yozma nutqi rivojlanadi, artikulyatsion apparat harakatchanligi oshadi.
Jihozlar: “Mening kayfiyatim” chizmasi, predmet rasmlari, so‘z tahlili uchun grafik belgilar, jarangli va jarangsiz tovushlarni farqlash uchun musiqa asboblari, mustaqil ish uchun kartochka, rag‘batlantirish uchun gullar, mavzuga oid slayd, videoproyektor, noutbuk.
Metodlar: “Klaster” uslubi, refleksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |