I bob. Artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanishning nazariy asoslari


II BOB. ARTIKULYATSION MOTORIKANI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING AMALIY ASOSLARI



Download 6,55 Mb.
bet3/13
Sana20.01.2022
Hajmi6,55 Mb.
#393607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Nozima Barotova Mtt

II BOB. ARTIKULYATSION MOTORIKANI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING AMALIY ASOSLARI.

2.1. Artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan amaliy foydalanish yo‘llari.

Ijodiy tashabbuskorlikni rivojlantirish mashqlari. Bunday mashqlarga dirijyorlik qilish, musiqa ostida erkin harakatlantiruvchi improvizatsiya, qo‘shiqlarning harakatlar orqali sahnalashtirilishi, asosiy planda ijod qilish ilgari surilgan musiqaviy harakat mashqlari. Tuzatish kursining boshidan ularni yengillashtirilgan variantlarida xamda bolalar va kattalarning tasavvur va fantaziyalarini rag‘batlantirish bilan o‘tkazish muhimdir. Shuningdek, bunda xarakatda turlicha shakllantirilishi lozim bo‘lgan musiqaga va o‘zining ifodalanishida alohida xamda individual (yakka) harakatni talab etuvchi qo‘shiqlardagi, sahnalashtirish o‘yinlaridagi ba’zi bir qahramonlarning xususiyatlariga ham ahamiyat berish kerak.

Bolalar uchun mashqlar.

Puflangan sharlar bilan birgalikda raqsga tushish (M.Rauxvergr musiqasi). Bolalar mustaqil ravishda ikki qismli musiqani farqlaydilar, musiqa sifati o‘zgarishi bilan bolalar harakatlarini o‘zgartiradilar. Puflangan sharlarni havoda silkitadilar va otib yuboradilar.

«Xayrlashish-salomlashish» (Chex xalq qo‘shig‘i).

Bolalar harakatlarini musiqa bilan boshlab, musiqa bilan tamomlaydilar. Fazoda to‘g‘ri mo‘ljal olgan holda raqsli-o‘yin harakatlarni ifodali bajaradilar. Improvizatsiya ikki qo‘llab ushlangan holda yoki yakka holatda sahnadagi g‘oyani harakatlarda aks ettirib, juftlikda bajarish mumkin. Bolalar aylana bo‘ylab turadilar, aylana markazida esa Bilmasvoy va Buratino kiyimidagi ikki bola turadi. Har bir qahramon musiqasiga bolalar unng raqsini ijro etadilar. Aylana turgan bolalardan biri harakatlarini takrorlaydi va Bilmasvoy bilan Buratinoni improvizatsiya qilishni boshlashda va davom ettirishda o‘zinikini qo‘shadi.

O‘smirlar va kattalar uchun mashqlar.

Ritmni erkin harakatlar bilan ifodalash. Bu shunday bo‘lishi mumkin: (ddd) – sakkizliklar belga urilgan ikki qarsak bilan (o‘ng va chap qo‘llarda); choraklarda ikki oyoqlab ikki marta sakrash bilan.

(dddd) – birinchi chorakda «bir» sanog‘iga o‘ng oyoq bilan o‘ng tarafga qadam tashlash, ikkinchi chorakda ikki sanog‘iga chap oyoqni o‘ng tarafga qo‘shish. Sakkizliklar o‘zining atrofida to‘rt marotaba sakrash bilan belgilanadi. To‘rt xil harakat o‘ylab topib, ularni 2-4 taktning boshida bajarish. Marsh musiqasi: yuzma-yuz holatda ikki qator bo‘lib tizilib turadilar. Har bir qatorda birinchi bo‘lib turgan o‘yinchi bir qadam oldinga chiqib turishi lozim. Kirish qismining ikki taktida harakat bo‘lmaydi. Qatorlardan birining boshlovchisi boshlang‘ich to‘rt taktda o‘zining to‘rt harakatini bajaradi, navbatdagi to‘rt taktda esa keyingi qator boshlovchisi o‘z harakatlarini bajaradi so‘ngra ikki qatordagi o‘yinchilar xam boshlovchi tomon ketma-ket holatda bir-biridan keyin o‘tirib oladilar, uning ketidan aylana ichiga qarab yuradilar (bu xarakat o‘nta takt davomida bajariladi). Har bir qatordagi birinchi raqamli bolalar qator oxiriga qarab yugurib ketadilar, ikkinchi raqamlilar esa ularning joylarini egallaydilar va barcha harakatlar qaytadan takrorlanadi.

«Dirijyorlik» («Ekosez» I.Shubert musiqasi).

Avval jiddiy harakatlar bilan, so‘ngra musiqaning dinamik jilosini uzatgan holda erkin harakatlar bilan dirijyorlik qilinadi.

«Dirijyorlik» (2-harbiy marsh, I.Shubert musiqasi)

Boshlang‘ich holat – qo‘llar ikki tomonga ochilgan. Barcha frazalar takt ortidan boshlanadi.

Birinchi takt faqat o‘ng qo‘lda dirijyorlik qilinadi. Ikkinchi takt faqat chap qo‘lda, navbatdagi ikki takt esa har ikkala qo‘lda 4-3, 4-4 dirijyorlik qilinadi. Ikkinchi qismdagi birinchi to‘rt takt dirijyorligi ikkala qo‘lda bilan bajarilishi kerak. Avval bir bola dirijyorlik qiladi va boshqalarni unga yaqinlashishlariga, cheklanishlariga, bir joydan ikkinchi joyga o‘tishlariga yordam beradi. So‘ngra o‘zining harakatdagi improvizatsiyasini navbat bilan bajaradi.

Takroriy rasmga ega bo‘lgan biror-bir mehnat jarayoni harakatining improvizatsiyasi. O‘zining harakatidagi aktsentini ko‘rsatishi, ojiz-bo‘sh qismlarini hisobdan chiqarishi, kuchli va kuchsiz momentlarning mazkur taqsimotiga mos keluvchi musiqa o‘lchovini aniqlash. Harakatga musiqiy yoki shovqinli bezak berish.

«Ketishga taraddudlanib turgan poezd vokzali» («Allegro» etyudi, B.Tadaro musiqasi).

Passajirlar biletlarini ko‘rsatib o‘tadilar va vagonlari tomon ketadilar. Oxirgi passajir paydo bo‘ladi va hammani chapga chaqiradi. Barcha passajirlar shu tomonga intiladilar, ammo kech bo‘lgan edi, chunki poezd gudogi eshitildi. Passajirlar to‘xtashadi, o‘girilib poezdga ergashadilar.

«Xonada» (F. Gaydna musiqasi, 12 ta kichik p`esalar).

Etyud o‘ynaladi: xonani supurish, yig‘ishtirish, g‘altaklar va iplar solingan qutilarni taxlash, terish, shoshilish. Barmoqlar va qo‘l harakatlari uchun improvizatsiyani ko‘rsatib bersh, masalan, tez va shiddat bilan barmoqlar navbatma-navbat, kattasidan boshlab, kaftga egiladi. O‘n bitta harakatdan so‘ng qo‘llar to‘rt marta gavda oldida, uch marta esa boshi ustida silkitiladi.

Qo‘llar sekin tushiriladi. O‘ng qo‘l bilan ikki marotaba barcha barmoqlar ishtirokida kaft bo‘ylab pastdan yuqoriga surgan holda, to‘lqinsimon harakat bajariladi.

Xuddi shunday harakatlar chap qo‘l bilan bajariladi. Endi esa bu harakatlar ikki qo‘lda ularni oldinga cho‘zgan holatda shiddat bilan bajariladi. Undan so‘ng bu harakatlar yana ikki qo‘l bilan, faqat endi sekinroq hamda ularni asta-sekin pastga tushira borib bajariladi. Qo‘llar pastga tushiriladi va mashqning birnchi qismi takrorlanadi. Oxirgi to‘rtda akkorda qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib, to‘rt marotaba ularni silkitgan holda shiddat bilan mushtlar tugiladi.

E. Griga musiqasi: «To‘y kuni» Biror-bir ishni harakat orqali imitatsiya qilish. Barcha turdagi o‘yinlar aniq qoidalarga, matnga ega bo‘lgan logopedik ish talablariga javob beruvchi nutqdagi nuqsonlarni va nutqiy patalogiyasi bo‘lgan shaxslarning harakatlanish muhitidagi cheklanishlarni hisobga olgan holda yetarli darajada harakatlantiruvchi qilib tanlanadi.

Yakunlovchi mashqlar. Bu mashqlarning maqsadi – shug‘ullanuvchilarni tinchlantirishga, ularning diqqatini boshqa turdagi mashqlarga jalb etishga qaratilgan. Ularni turli xil shakllarda o‘tkazish mumkin, musiqa ostida oddiy marsh, qayta tizilib olish; asar xarakterini aniqlash bilan musiqa tinglash. Masalan, P.Chaykovskiyning «Ot o‘yni» yoki A.Lyadovning «Kichik val`si»ni tinglash. Bundan tashqari, tinglangan musiqada qanday qiyofalar aks ettirilganligini va ular uyg‘otgan tasavvurlar haqida so‘zlab berish.

Musiqa, harakat va so‘z uyg‘unligi logoritmikada turlichadir. Ammo musiqa, harakat va so‘z ulushlari qanday bo‘lmasin, mashq davomidagi kompleks holatda ular shug‘ullanuvchining harakatlanishi muhitini, uning faoliyatini shakllantiradi va shaxsga nisbatan ijobiy ta’sirni tartibga keltiradi. Aniq o‘lchovdagi, maqsadga yo‘naltirilgan va tejalgan harakat odamda qanoatlanish tuyg‘usini uyg‘otadi. Ritm bir qator pertseptsiya organlari bilan – kinetik his qilishlar, taktil eshitish va ko‘rish azolari bilan qabul qilinadi. Bu kuchli stimullar nutqni tuzatishda qo‘shimcha motiv-asos hosil qiladi. Bolada harakatlanish muhitini normallashuvini va nutq nuqsonlarining tuzatilishini ongsiz hamda tabiiy holatda amalga oshirish juda muhimdir.

Bunda bo‘shashish – xotirjamlik ta’minlanadi hamda ruhiyhissiy va mushak zo‘riqishlaridan ogohlantiradi.

Barcha va alohida guruhlardagi mushaklarning umumiy motor tayyorgarligi nafas va artikulyar mushaklar faoliyati normallashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ritmik mashqlarni ijobiy hissiy ta’sirlanish asosida bajarish, to‘g‘ri nutqning tarbiyalanishiga, bolalar faoliyatining muomalada, o‘yinlarda va xarakatlardagi improvizatsiyalarda jadallashuviga turtki beradi.

Logoritmik muhit barcha turlardagi har xil uyg‘unliklarda foydalanish – nutqiy nuqsonlarga ega bo‘lgan odamlarning ijtimoiy qayta tiklanishidagi yakuniy maqsadlariga asoslangandir.

Maktab ta’lim muassasalarida o‘quvchi bolalarda uchrab turadigan nutq nuqsonlarini bartaraf etishda logoritmik o‘yinlardan foydalanishning turli yo‘llari mavjud. Bunda dastlab logoped bolalarni muayyan o‘yin jarayoniga olib kira olishi kerak. Ya’ni bolalarning yosh xususiyatlarini, ularning qiziqishlarini, jismoniy imkoniyatlarini o‘rganib, har tomonlama hisobga olib, so‘ngra o‘yinlarni tanlashi va mashg‘ulotlarda qo‘llashi tavsiya etiladi.

M.F.Bruns fikricha logoritmik o‘yinlar orqali duduqlanadigan bolani harakteri shakllanadi, uni intizomi, jamoaga munosib tafakkuri faol nutq faoliyati shakllanadi. Logoritmik o‘yinda emotsional tomoni bolalarda qiziqish uyg‘otadi va logopedga bolaga kerakli vaqtda ta’sir ko‘rsatish uchun imkoniyat beradi. Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishlarda to‘g‘ri nutqiy nafasni rivojlantirish katta ahamiyatga ega.

"Kapalaklar uchyapti" o‘yini. O‘yinning maqsadi: To‘g‘ri, uzluksiz havo oqimini hosil qilishga erishish O‘yinning borishi: Bolalar stulchalarga o‘tirishadi. Logoped bolalarga: -Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar: ko‘k, sariq, qizil! Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? Logoped kapalaklarni puflaydi. -Qaranglar, uchib ketishdi. Qani sizlar ham puflab ko‘ringlarchi. Kimning kapalagi uzoqqa uchar ekan? Logoped har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka puflaydilar.

Metodik ko‘rsatma: O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida yelkalarini ko‘tarmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdanturib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar bir oz oldinga chiqqan bo‘lishi kerak. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasida tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak. Davomli tanaffussiz 10 soniyadanortiq puflash bosh aylanishini keltirib chiqarishi mumkin.

"Kimning qushchasi uzoqqa uchadi?" o‘yini. O‘yinning borishi: Ikkita stulchaning qirralariga qushchalar qo‘yiladi, stulchalar bir-biridan 30 sm uzoqlikda turishi kerak. 4 bola chaqirilib, har bir stulchaning qirrasida turgan qushchalarning to‘g‘risiga turg‘azib qo‘yiladi.- Qushchalar uchishdi!-deyilgach, bolalar shakllarni puflashadi. Boshqalari esa kimning qushchasi uzoqqa uchganligini ko‘rsatadilar. Metodik ko‘rsatma: Bolalar yupqa qog‘ozdan tayyorlangan qushchalarni puflaganlarida lunjlari shishmasligi kerak. Qirqib ipga osilgan shakllarni bir nafas chiqarishda harakatlantirish kerak. Logoped bolalarga qushchani puflaganda ketma-ket(bo‘lib-bo‘lib) puflash mumkin emasligini aytadi va o‘zi qushchani puflab ko‘rsatadi.

"Sharni shishirib ber" o‘yini. O‘yinning maqsadi: Nafas chiqarishni rivojlantirish. Lab mushaklarini rivojlantirish. O‘yinning borishi: Bolalarga shar va rezina o‘yinchoqlar beriladi.

O‘yinchoqlarni bolalar burun orqali nafas olib puflab shishirishlari kerak. O‘yin davomida logoped bolalrning to‘g‘ri nafas olib, to‘g‘ri chiqarishlarini, hamda o‘yinchoqlarni puflab shishirayotganlarida zo‘riqib, charchab qolmasliklarini nazorat qilib borish lozim. Aks holda o‘yin bolalarga ziyon yetkazishi mumkin. Topshiriqni to‘g‘ri bajargan bola o‘yinchoq bilan mukofotlanadi.

"Yoqimli xid" o‘yini. O‘yinning maqsadi: To‘g‘ri nafas olish va chiqarish malakasini rivojlantirish. O‘yinning borishi: Bolalar galma-gal guldonda turgan gulning oldiga kelib, uni xidlaydilar. Nafas chiqarib bo‘lishgach, bolalar "qaysi gulning xidi ekanligini" aytadilar. Bolalar to‘g‘ri chuqur nafas olishlari va nafas chiqarishlari logoped tomonidan kuzatib boriladi.


Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish