64
Umumiy xulosa
Mavzu bo‘yicha ko‘rib chiqilgan tadqiqotlarning o‘tkazilgan tahlili
quyidagi xulosalarga olib keladi.
1. Chigitli paxtani ishlashda mashinaning
xom ashyo valigi zichligi oshib
ketishi natijasida olinayotgan mahsulot sifatiga ta‘sir etadi va jinlashning
texnologik rejimlarini buzilishiga, tez-tez tiqilishlarga va mashinalarni to‘xtab
qolishiga sabab bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, jinlash jarayonini
o‘rganish, hamda ularni takomillashtirish masalalari hozirgi kunda dolzarb
hisoblanadi.
2. Paxta tozalash ishlab chiqarishning asosiy mashinasi bo‘lgan jindagi
texnologik jarayon – tola ajratishning unumdorligi, tola va chigitning sifatini
belgilovchi asosiy omillar xom ashyo valigining parametrlari bo‘lib ularning
eng ahamiyatligi xom ashyo valigining zichligidir. Xom ashyo valigining
zichligining o‘zgarishi asosan ikki omil – ta‘minlash hamda tola va tozalangan
chigitni ishchi kameradan chiqarib yuborish orasidagi muvozanatning
buzilganligidan kelib chiqishi aniqlandi.
3. Mavzu bo‘yich arrali jin ustida olib borilgan tadqiqotlar tajribalar hamda
dissertatsiyalar, patentlar, ilmiy maqolar va adabiyotlar tahlil qilindi.
4. Chet el ilmiy tadqiqotchilari tomonidan tola ajratish mashinalari va uning
asosiy
elementlari
ishini
takomillashtirish
maqsadida
o‘tkazilgan
tadqiqotlarning tahlili asosida mavjud jin mashinalari o‘rganib chiqildi.
5. Arrali jin mashinasing ishchi kamersidagi xom ashyo valigini organish
maqsadida, ―TTDIT‖ kafedira labaratoriyasidagi tajriba uchun mo‘ljallangan 30
ta arrli jin mashinasida tajribalar o‘tkazildi. Olingan natijalarda xom ashyo
valigining zichligi oshib ketganligi uchun tola va chigitlarning tabiiy
xususiyatlariga zarar yetishi ma‘lum bo‘ldi.
65
6. Ishchi kamerada hosil bo‘lgan xom ashyo valigining zichligini bir
me‘yorda ushlab turish imkonini beradigan jin mashinasining yangi
konstruktsiyalari yaratildi.
7. Chigitli paxtadan tolani ajratish jarayonida jin mashinasi ishchi
kamerasida hosil bo‘ladigan xom ashyo valigini tarkibi va unda tola hamda
chigit miqdori aniqlandi.
8. Jin ishchi kamerasida hosil bo‘ladigan xom ashyo valigining arra
tishlariga nisbatan ta‘sir etuvchi bosim kuchlar aniqlandi.
9. Korxonaning xodimlari bilan taklif etilgan yangi ishchi kamera o‘rnatish
va uni ishlab chiqarishga joriyb etish bo‘yicha fakir va mulohazalar olib borildi
hamda xulosalar qilindi.
10. Taklif etilayotgan yangi ishchi kameraning iqtisodiy samaradorligining
hisobi ishlab choqarildi. Arrali jin mashinasi uchun yangi ikki kamerani joriy
etishda barcha harajatlar keltirildi. Yangi ishchi kamerning o‘rnatilishi korxona
uchun ham hisoblandi.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |