2.1 Mitoxondriya tamoyillari.Mitoxondriya (yun. mitos - ip, chondrios — donacha) — eukariot hujayralar organoidi. M. ikki qavat membrana bilan oʻralgan; ichki membranasi kristalar (burmalar) hosil qiladi. M.ning ichki membrana bilan oʻralgan boʻshligʻi matriks deyiladi. Hujayrada M. soni bir nechtadan mingtagacha yetadi. M.ning asosiy funk-siyasi energiya hosil qilishdan iborat. M. energiyasi manbai biologik oksidlanish boʻlib, unda glikolizda hosil boʻlgan pirouzum kislota mitoxondriya matriksida SO2 va N2O gacha parchalanadi. Bu jarayon murakkab kimyoviy reaksi-yalardan iborat. Uning 1-bosqichida piruvat parchalanadi va uchkarbon kislotalar sikli amalga oshadi; 2-bosq-ichda elektronlar tashiladi va ATF sintezlanadi.M. matriksida DNK, RNK, ribosomalar va oqsil sintezida qatnashuvchi fermentlar mavjud boʻlgani tufayli oʻz oqsillarining bir qismi sintezlanadi. Shuning uchun M.ni yarim avto-nom organoid deyiladi. Mitoxondri-yalar simbiogenez gipotezasiga bino-an, aerob bakteriyalardan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. M. boʻlinish orqali koʻpayadi.Kimyoviy reaksiyalar tezligini bu mavzuga bog`liqligi. Kimyoviy reaksiyalar gomogen va geterogen reaksiyalarga bo’linadi. Gomogen reaksiyalar bir jinsli muhitda boradi (masalan gaz fazada yoki eritmada). Geterogen reaksiyalar har xil fazalarda boradi (masalan qattiq va suyuq, qattiq va gaz, suyuq va gaz). Kimyoviy reaksiyalarning tezligi deganda hajm birligida vaqt birligi ichida sodir bo’ladigan to’qnashishlar soniga aytiladi. Reaksiya tezligi odatda reaksiyaga kirishayotgan yoki hosil bo’layotgan moddalardan birortasining kontsentrasiyasini vaqt birligi ichida o’zgarishi bilan xarakterlanadi. Reaksiyaning tezligi to’g’risida sistemaning biror-bir xossasi o’zgarishi (elektr o’tkazuvchanligi, rangi, bosimi, spektri) bilan fikr yuritish mumkin. Agar t 1 vaqtdan t2 vaqtgacha reaksiyaga kirishuvchi moddalardan birortasining kontsentrasiyasi S1 dan S2 ga o’zgarsa, t1 dan t2 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida reaksiyaning o’rtacha tezligi :
S2 - S1 D S
V =± ------- = ± ---- formula bilan ifodalanadi.
t 2 - t 1 Dt
Reaksiya tezligi musbat ishorali bo’lishi kerak. Shu sababli, reaksiyaga kirishayotgan modda kontsentrasiyasi vaqt o’tishi bilan kamayib borganligi uchun kontsentrasiya o’zgarishi manfiy qiymat bilan olinadi. Reaksiya davomida moddalarning kontsentrasiyasi beto’xtov o’zgarganligi uchun reaksiyaning ayni vaqtdagi tezligini, ya’ni haqiqiy tezligini bilish ahamiyatga ega. Haqiqiy tezlik formulasi:
dC
V = ± ----
dt
Agar reaksiya tezligi reaksiya mahsulotlari kontsentrasiyasini o’zgarishi bilan aniqlansa, hosilaning oldiga (+) ishora qo’yiladi.Reaksiyaga kirishuvchi modda kontsentratsiyasining vaqt birligi ichida o’zgarish grafigi:
Har bir vaqtdagi haqiqiy tezlik shu nuqtadan o’tkazilgan urinmaning absissa o’qi bilan hosil qilgan burchagi tangensiga teng.
V = tg a
Kimyoviy reaksiyaning tezligi moddalarning tabiatiga, ularning kontsentrasiyasiga, haroratga, katalizatorga bog’liq.Reaksiya tezligiga kontsenratsiyaning ta’sir etishiga sabab shuki, moddalar orasida o’zaro ta’sir hosil bo’lishi uchun reaksiyaga kirishayotgan moddalarning zarrachalari bir-biri bilan to’qnashadi. Lekin to’qnashishlarning hammasi ham kimyoviy reaksiyaga olib kelavermaydi, barcha to’qnashishlarning oz qismigina reaksiyaga olib keladi.
Vaqt birligi ichida ro’y beradigan to’qnashishlarning soni o’zaro to’qnashayotgan zarrachalarning kontsentrasiyalariga proportsional bo’ladi.
Bu son qanchalik katta bo’lsa, moddalar orasidagi o’zaro ta’sir shunchalik kuchli bo’ladi, ya’ni kimyoviy reaksiya shunchalik tez boradi. Reaksiya tezligiga kontsentrasiyaning ta’siri massalar ta’siri qonunida o’z ifodasini topgan. Massalar ta’siri qonuni. 1867 yilda norvegiyalik olimlar Guldberg va Vaagelar tomonidan ta’riflangan:" Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar kontsentrasiyalari ko’paytmasiga to’g’ri proportsional".
Do'stlaringiz bilan baham: |