2.2 Zarafshon voxasi antropologiyasi
O’rta Osiyoning buyuk allomalari tomonidan bunyod etilgan kitoblar qadim zamonlardan beri xalkimizga ma`naviy ozuqa berib keladi. Kitoblar inson va jamiyatning ma`naviy boyishiga xizmat qiladi. Ilg’or odamlar kitoblarning bilim, fan, san`at, hunarlarni ravnaq topdirishnnng buyuk quroli ekanligini yaxshi bilar edilar. Kitob insonga mehnat qilishga va yashashga yordam beradi. Inson aqli va hissiyotlariga kuchli ta`sir ko’rsatadi. Utgan asrlardayoq Herman (Arman) Vamberi «Alisher Navoiy asarlari har bir uzbek oilasida xazina» ekanligini hayratlanib yozgan edi. Ajoyib kitoblarning xazinalari xalqning o’zida, xonadonlarda saqlanar edi. Odamlar kitoblarni avaylab-asrab, keyingi avlodlarga etkazar edilar. Kitoblarni ko’chirib yozish, asrash va tarqatish juda katta savob ish hisoblanardi. CHunonchi, XIX asr va XX asr boshlarida Buxoro shahrida 20 ta uzbek va tojik olimining shaxsiy kutubxonasida 10 ming nusxa turli sohalarga doir qo’lyozma va toshbosma kitoblar saqlanar edi. Hozir shu qo’lyozma va toshbosma kitoblarning ko’pchiligi sobiq Itgifoq, Uzbekistan va Tojikiston sharqshunoslik institutlarining fondlarida saqlanmoqda., Faqat Uzbekiston Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik institutida turli sohalarga oid 30 ming toshbosma asar saqlanmoqda. Bular orasida mohir hattotlar - kalligraflar ko’chirgan, falsafa, tarix, adabiyot, tabiiyot va boshqa sohalarga oid qo’lyozmalar bor. Lekin, feodalizm tuzumining ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyati va talabiga ko’ra kitob ko’chirish va kitob to’plash ishlari hozirgidan boshqacha edi. Ruhoniylar hamma tabaqalarga mansub odamlarning shariatga, dini islomga zid asarlarni tarqatishiga yo’l bermas edilar12. Bunday qilganlar qattiq jazolanar edi. SHuning uchun ham aholida tabiiy fanlarga doir kitoblarga nisbatan diniy-mistik ruhdagi «Rashohat-aynul-hayot», «Tazkiratul-avliyo», «Xazinatul-asfiyo», «Safinatul-avliyo», «Mazoroti Samarqand» («Samariya»), «Sayqalnoma», «Me`rojnoma», «Maslakul-mutta-qiyn», «Sabotul-ojizkiyn», «Abu Muslim», «Kimiyoi-saodat» kabi kitoblar ko’p bo’lar edi. Bu kitoblarda diniy-fantastik, ilmi-gayb (g’oyibot sirlari), avliyo va payg’ambarlarning ilohiy mo’`jizalari, oxiratdagi jannat rohatlari va do’zax azoblari tasvirlangan edi. Hokimlar diniy bilimlarni keng tarqatish uchun Ahmad YAssaviy, Sulaymon Baqirg’oniy (Bag’riqoniy), Jaloliddin Rumiy, So’fi Olloyor va boshqa mutasazviflarning ijodiy merosiga katta e`tibor berar edilar. Mir Olim Buxoriyning yozishicha, amir SHohmurod «... har madrasaga mudarris va har machitga imom tayinladi. Har bir tuman (rayon) da va shaharda ilohiyotchi olimlar... qozilar va raislar diniy rasm-rusmlarga, savdo-sotiq qoidalariga va soliqlar to’g’ri undirilishiga mutasaddilik qilar edilar. Bilimga tashna odamlar har tomondan Buxoroga oqib kelardi. Tez orada madrasalar talabalarga to’ldi. SHundan so’ng amir oddiy fuqarolarga ham dini-islom yo’l-yo’riqlarini o’rgata boshladi. Buxoro aholisining xudojuyligi, taqvosi ziyoda bo’ldi. So’ng tarixchi yozishicha, amir Haydar davrida dini-islom yanada ravnaq topgan. «SHu maqsadda u (amir Haydar) har yili darveshlar va aziz-avliyolarga nazr-niyoz uchun yuz ming tanga mablag’ ajratar edi.» Ammo, yuqoridagi dalillardan Buxoro xonligida faqat diniy kitoblar tarqalgan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Xalqdan chiqqan taraqqiyparvar odamlar turg’unlik va jaholatga qarshi kurashib, xalq orasida ma`rifat tarqatdilar. Xalq orasida savodli kotiblar, hattotlar, noyob kitoblarni to’plovchilar va saqlovchilar ko’p edi. Ma`rifatli mana shu odamlar uzbek, tojik, ozarbayjon va boshqa xalqlarning ma`naviy, ruhiy boyliklarini qayta ko’chirish, to’plash va asrash bilan shug’ullandilar. Ular uzbek va tojik adabiyoti klassiklarining noyob durdona asarlarini avaylab to’pladilar. Masalan, ulug’ uzbek shoiri Alisher Na-voiyning «Mahbubul-qulub» asari zamonasining ma`rifatchilari Mir Olim Buxoriy tomonidan 1838 yilda, Ne`matillo YAqub Samarqandiy tomonidan 1844 yilda chiroyli naqshlar bilan qayta ko’chirilgan edi va hokazo.
Samarqandlik mashhur naqqosh va kotib Mir Abdulhay 1825 yilda Navoiyning «CHor devon»ini, naqqosh Muqimxon Samarqandiy 1850 yilda olamga mashhur buyuk asar «Hamsa» ni chiroyli yozuvda qayta ko’chirgan edilar. XIX asrning’ birinchi yarmida ulug’ uzbek shoiri Alisher Navony asarlaridan tashqari yana Mashrab, Huvaydo, Sayqaliy, SHavqiy, Amiriy, G’oyibiy va boshqa shoirlarning asarlari ham husnixat bilan ko’p marta qayta yozib chiqilgan edi. Bu asarlar tez-tez qayta ko’chirilib, qo’ldan-qo’lga o’tib yurardi.
XIX asrning birinchi yarmida Muhammad Munis Xorazmiy 1854- 55- yillarda o’z devonini tuzish bilan ayni vaqtda Nizomiy, Sa`diy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy kabi ulug’ shoirlarning bayozlarini ham to’plagan edi. Ana shu devonlar hozir Uzbekistan Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik ilmgohining qo’lyozmalar fondida saqlanmoqda. Kichik hajmdagi bu she`riy bayozlardan odatda ixlosmandlarning yig’inlarida foydalanar edilar. XIX asrda Buxoro xonligi hududida juda ko’p shoir, olim, hattotlar yashab, ijod qilganlar. Muhammad Rajab Buxoriy, qori Rahmatillo Vozix, Masixo Boysuniy, Afqori Buxoriy, Adriy Samarqandiy, Habibiy, YAkdil Mahmud qoriziy, «Tavorixi muluki ajam» («Eron erlari tarixi») ni ko’chiruvchi Mulla Muhammad YUsuf, Odilmurod Miriy, YUnusxo’ja Kotib, SHahrisabziy, Muhammad Amin Buxoriy, Muhammad Equb Buxoriy, Muhammad Mir Olim Buxoriy, Rahmonqulbek kotib Miroxur, Muhammad Farhod, Muhammad SHukur Kotib, Jaloliddin Buxoriy, Mullo Nasrullo Kotib kabi juda ko’p taraqqiyparvar olim va hattotlar yashar edilar. Ulardan ko’plari faqat asarlar yozibgina qolmasdan, balki ko’plab shogirdlar ham tayyorlaganlar. Ular g’ayrat bilan kitoblar tuplashgan va imkoniyatlariga qarab xalq orasida bilim, ma`rifat tarqatishga intilishgan. SHuni ta`kidlash lozimki, A. Navoiyning bizgacha etib kelgan asarlari XIX asrning oxirida va XX asrning birinchi yarmida ko’chirilgan. Navoiy asarlaridan boshqa yana Sa`diy, Hofiz, Jomiy va SHarq adabiyotining boshqa klassiklari asarlari ham san`atkorona ko’chirilgan. Xususan 1818 yilda xattot Abdulla Xevaqiy «Devoni Hofiz» she`rlar to’plamini sharhlab tahlil etib, uni tojik tilida nasrda yozib chiqqan. Usha yili Jomiyning mashhur «Tuhfat-ul asror» asari, ozarbayjon shoiri Sohib asarlari, 1863 yilda Fazliyning devoni ko’chirilgan. Nasrullo Buxoriy hattotlik yo’li bilan xorazmlik shoir va olim Muhammad Xoksorning (1794-1801 y.) «Muntaxab al-lug’at» asaridan, Muhammad Rajab Buxoriy esa Mirzo Bedilning «Kulliyot»idan, Rahimbek Kotib 1780 yilda Fuzuliyning «Soqiynoma» asari va she`rlar to’plamidan, Muhammad Farhod (1806-1807 i.) Xusayn Voizning mashhur didaktik asari «Latoif va zaroif» dan nusxa ko’chirishgan. Zarafshon vodiysining shoir va yozuvchilari SHavqiy Kattaqo’r-g’oniy, Volai Samarqandiy, Xiromiy va boshqalar original asarlar yaratibgina qolmasdan, balki uzlaridan oldin o’tgan mashhur kishilarning asarlaridan nusxa ko’chirganlar va tarjima qilganlar. Masalan, shoir Xiromiy forscha-hindcha hikoyatlarga o’xshash pandnoma ruhidagi qiziq asarlar yaratadi. Rahmatillo Vozix esa o’rta asrda yashab, ijod etgan arab shoiri va mutafakkiri Al-Mahdiyning asarlarini tojik tiliga tarjima qiladi. SHuni ta`kidlash zarurki, uzbek va tojik adabiyoti etuk namoyandalari o’z asarlarida zamonining ilg’or g’oyalarini ifodalashga intilishgan. Bu she`riyat, nasr va tarixiy xronikalarning eng yaxshi namunalari feodal hukmronligi zamonida zulmat ichra nur bo’lishgan. Ular-ning asarlari ijtimoiy adolat va insonparvarlik, vatanga muhabbat g’oyalari bilan sug’orilgan bo’lib, xalq ijodiyotini juda yaxshi aks ettirgan. Ular bizni bugungi kunda ham o’ziga maftun etadi. Ammo xalq yaxshi kurgan odamni hukmdorlar yomon ko’radi. Uzbek va tojik adabiyotining eng yaxshi, iqtidorli vakillari quvg’in va ta`qibga uchragan. Buxoro amirlari mutafakkirlarni quvg’in qilib qolmasdan, balki ularni zindonlarga solib qiynashganlar, hatto o’ldirganlar. Ular o’limidan keyin asarlarini yashirganlar va hatto yo’qotib yuborishgan yoki ular asarlari mazmunini o’zgar-tirishib, soxtalashtirganlar. Ularning asarlari diniy ruhdagi soxta xayollar yoki teskari fikrlar deb talqin etilgan. SHunday qilib, bu davrda feodal zulmi va dinning ahamiyati kuchaygan. G. Vamberining yozishicha, Buxoroda XIX asr o’rtalarida 20000 dan ortiq qul bo’lgan. Biroq moddiy boyliklarni dehqonlar va erkin hunarmandlar yaratganlar. Buxoro xonligi bilan Rossiya o’rtasida madaniy aloqalar rivojlanganligi tufayli bizning vatandoshlarimizning ba`zi nodir asarlari Rossiyaning ilmiy markaziga jo’natilgan. Masalan, 1820 yilda Rossiya vakolatxonasining diplomatik missiyasi muvaffaqiyatli tamomlagandan keyin amir Haydar rus elchisi Negriga sovg’a sifatida «Tarixi Muqimxoniy» asarini beradi. Negri bu asarni Rossiya Fanlar akademiyasiga topshiradi. Bu asar Peterburg dorilfununining sharqshunos professori O.I.Senkovskiy tomonidan frantsuz tiliga tarjima qilinadi. SHuni eslatib o’tish kerakki, rus sharqshunos olimlari va o’z zamonining ilg’or kishilari, Urta Osiyo tarixchilari, faylasuflari, uzbek va tojik adabiyoti klassiklarining nodir asarlarini saqlash va to’plashda katta hissa qo’shganlar. 1960 yilda bir guruh sovet delegatlari G. D. Mikluxo-Maklay, O. F. Akumushkin, V. V. Kuliev, M. A. Salohiddinov sharqshunoslarning XXV Xalqaro kengashida o’z ma`ruzalarida shu fikrni ta`kidlab o’tishgan. V. A. Ivanov 1915-1916 yillarda Buxoroda fors-tojik adabiyotining juda katta kollektsiyasini to’playdi. Hozirgi vaqtda ular SSSR FA ning SHarqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda. U asosan XVIII-XIX asrlarda qayta ko’chirilgan O’rta Osiyodagi qo’lyozmalardan iborat. Bu qo’lyozmalar XVIII-XIX asrlarda va hatto XX asr boshlarida O’rta Osiyoda keng tarqalgan adabiyotlardan iborat edi. Demak, bu adabiyotlarni o’rganish O’rta Osiyoning XVIII-XIX asrlardagi aholisining ma`naviy hayoti haqida fikr yuritish uchun zarur, hujjatli, aniq dalillar beradi.
Buxoro xonligining, asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya bilan chegaradosh bo’lgan davri tarixi Mirzo Salimbekning asarlarida o’z aksini topdi. U so’nggi Buxoro amirlari davrida yuqori mansablarni egallagan va shu bois Buxoro amirlari shaxsini ulug’lashga intilgan. Muallif asosan, xonlik siyosiy hayotining tashqi jihatlarini yoritib, xalq hayotini kam tasvirlagan. Mirzo Salimbek o’z asarida XIX asr ikkinchi yarmidan Rossiya-Buxoro munosabatlariga to’xtalib o’tgan bo’lsa-da, urush davridagi shaharlar aholisi ahvolini kam yoritgan. U Buxoro xonligiga qarashli, ruslar bosib olgan shaharlarni sanab o’tish bilan cheklanadi, Samarkand aholisining 1868 yil aprel’-mayidagi amirga qarshi ko’tarilishining asosiy sabablarini ochib bermaydi. U ruslar Samarqandni asosan eroniy beklar sotqinligi, «darvozalarni ochib» berganlari sababli egallashdi, deb hisoblaydi.
Buxoro xonligi tarixi mirzo Abdul Azim Somiyning «Tarixi salotini mang’itiy» («Mang’it hukmdorlari tarixi») asarida ham bayon etilgan.
Sobiq Buxoro mansabdori Mirzo Abdulazim Somiyning asarida XIX asrning tarixiy voqealari, 1866-1868 yillardagi Rossiya-Buxoro urushi haqida keng ma`lumotlar, Samarqandga rus qo’shinlari hujumi oldidan Oqtepa qishlog’ida o’tgan harbiy kengashga oid faktlar bor. Boshqa zamondoshlariga qaraganda, u bu davr voqealarini mufassalroq tasvirlagan. U jamiyatdagi turli siyosiy guruhlarnnng faoliyati natijalarini bayon qiladi. Jumladan u, 1868 yil aprelda amir Samarkand begi qilib tayinlagan SHerali Inoqning zulmiga qarshi xalq, qo’zg’olonini mufassal yoritgan. Biroq, Mirzo Somiyning asari kamchiliklardan ham holi emas. Ularni L. M. Epifanova so’zboshisi va izohlarida ko’rsatgan. SHu bilan birga L. M. Epifanovaning ba`zi xulosalari bilan ham kelishib bulmaydi. Jumladan, uning so’zboshisi bilan tanishar ekanmiz, O’rta Osiyo tarixi uni chor Rossiyasining bosib olishn davriga bag’ishlangan Ahmad Donish asari mazmunan Mirzo Somiyning asaridan past qo’yiladi. L. M. Epifanova hisoblashicha na Ahmad Donish, na Mirzo Salimbek Samarqandni ruslar bosib olishi oldidan shahar aholisining SHerali Inoqdan juda noroziligi, rus qo’mondoniga murojaati xususida to’xtalishmaydi. L. M. Epifanova «So’zboshi» sida Salimbekning asariga to’g’ri baho berish bilan birga Ahmad Donishning Uzbekistan FA SHarqshunoslik ilmgohida saqlanayotgan «Tarjimat-ul-ahvoli amiroi Buxoroi SHarif az amir Doniyol to asri amir Abdulahad» asari mazmuniga nisbatan xato fikr aytgan.
Aytib o’tish lozimki, Ahmad Donishning O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishiga bag’ishlangan asarlari turlicha. «Risolai tarixi», «Tarixcha», «Kichik tarix», «Risolai sayohat», «Risolai muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang’itiya» kabi nomlar bilan ma`lum, Buyuk ma`rifatparvarning barcha asarlarida mazkur davr voqealari bayon etilgan. L. M. Epifanovaning A. Donishga nisbatan aytgan fikri yana shuning uchun ham noto’g’riki, A. Donishning UzFA SHarqshunoslik ilmgohida 1937 rakami bilan saqlanayotgan 79 varaqdan iborat «Buxoroi sharifning amir Doniyoldan to amir Abdulahadgacha bo’lgan amirlari hayoti bayoni» asari qo’lyozmasi hijriy 1352, ya`ni 1933 pili Ibodulla Odilov tomonidan boshqa nusxasidan ko’chirib olingan edi. Bu nusxa sharqshunos olim A. Mirzaevning katta mehnati natijasida 1960 yili Dushanbeda nashr etildi.
Bu asarni ba`zi olimlar A. Donishning ijtimoiy-siyosiy qarashlari o’zgarishi aks etgan «Risolai muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang’itiya» asarining eng to’la varianti deb hisoblashadi. Abdug’ani Mirzaevning ta`kidlashicha, «Tarjumatul-ahvoli amironi Buxoroi sharif az amir Doniyol to asri amir Abdulahad» qo’lyozmasi «Risolai muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang’itiya» asariga o’xshash emas, aksincha alohida mustaqil asar. U o’z mazmuni va nomiga kura ikkinchi asardan ancha farq qiladi. «Buxoroi sharifning amir Doniyoldan to amir Abdulahadgacha bo’lgan amirlari hayoti bayoni» da haqiqatan ham Samarkand aholisining SHerali Inoqqa qarshi ko’tarilishlari va 1868 yilgi boshqa voqealar hakida gapirilmaydi. Biroq, bundan shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarish kerak emas. CHunki ran sanayu voqealarni shunchaki yozib ketishda emas, balki ularga va ularning natijalariga berilgan bahoda. Bu natijalarga ko’ra esa umumiy xulosalar chiqarish mumkin.
Bizningcha L. M. Epifanova «Buxoroning mang’it amirlari qisqacha tarixi» bilan yaxshi tanish bo’lmagan. Unda A. Donish 1866- 1868 yilgi Rossiya-Buxoro munosabatlari, Erjar voqealari, Jizzaxning olinishi, Samarqand aholisi isyonlarini mufassal yoritib, amir Muzaffar va amaldorlarining maqtanchoqligini fosh etgan. U Buxoro amirligi mag’lubiyatining sababi amirlikning texnikaviy-iqtisodiy qoloqligida, deb to’g’ri ta`kidlaydi, Ruslarning Samarqandni egallashi sanasida ham Mirzo Somiy kabi, L. M. Epifanova ham noaniqlikka yo’l qo’ygan. Mirzo Somiy Jizzax olingach «15 kun o’tgach, qo’shinlar Ilon uti orqali Samarqandga yo’l olgani» ni yozadi. So’zboshida L.M. Epifanova bunday deb yozadi: «Somiy bu erda nohaq, bu voqealar o’rtasidagi farq 15 kun emas, bir necha oydir. Jizzax 1866 yilning oktyabrida, Samarkand 1867 yilning mayida egallangan. Bunaqa fikr barcha adabiy va arxiv materiallariga zid keladi. Ma`lumki, Samarqand 1867 yilda emas, 1868 yilning 2 mayida egallangan. Buyuk ma`rifatparvar olim Ahmad Donishning (1827-1897 y.) ijodiy hayoti haqida keyinroq to’xtalib o’tish lozim. U O’rta Osiyo tarixida o’chmas iz qoldirgan kishilardan biridir. Uning ilmiy qiziqishlari qamrovi keng bo’lib, bu bois tirikligidayoq uning «Donish» taxallusiga «Muhandis» nomini qo’shib aytishardi. Peterburg gazetalaridan birida noma`lum muallifning «Buxoro elchixonasi» maqolasi e`lon qilingan edi. Unda Buxoro elchilarining 1874 yilning yanvarida Peterburgga etib kelgani haqida yoziladi. Maqolada Buxoro elchisi Abduqodirboy Dodhoga qisqacha tavsif berilgan. So’ng muallif yozadi: «Elchi huzurida ikki nafar mirzo bor: 1) mirzo Ahmad Uroq va 2) mirzo Abduvahob. Ulardan birinchisi 1869 yili ham Peterburgga kelgan va Rossiya haqida asarlar bitgan. U shoir, adabiyotchi va munajjim. U, buyuk knyaz’ xonim Mariya Aleksandrovnaning nikoh to’yi munosabati bilan qadimgi fors tilida she`r yozgan edi. SHe`r bir vaqtning o’zida ham muvashshah, ham tarixdir. Har satrning boshlanish harflari «Mariya va Al’fred»ni, oxirgi harflari qo’shilganda nikoh yilini beradi». Demak, elchixona mirzolari Mirzo Ahmad Uroq va Mirzo Abduvahob edil ar. Bizni, Mirzo Ahmad Uroq - Ahmad Donish qiziqtiradi, albatta. Unga Peterburgga borib kelgach, taxminan 1871 - 1872 yillarda faxriy saroy unvoni «Uroq» berilgan edi. SHu bois, ulug’ ma`rifatparvarning ijodiy merosini o’rganish jarayonida Ahmad Donish (Donish taxallusi, otasining ismi Nosir) taxallusidan tashqari, uning Muhandis, Mir Ahmad, Mirzo Ahmad Uroq taxalluslari bilan bitilgan ba`zi asarlariga ham duch kelish mumkin. CHunki, u o’ta ijodkor bo’lib, qo’lga qog’oz va qalam olish imkoniyatini hech qo’ldan chiqarmas edi. SHubhasiz, sovet tadqiqotchilari Ahmad Donishning ilmiy qarashlarini o’rganish, umumlashtirish va yoritish bo’yicha katta ish qildilar. Uning bir qator asarlarini mamlakatimiz xalqlari tillarida chop etish bo’yicha katta ish qilindi.
A. Donishning M. P. Osmanov va L. N. Demidchuk tojikchadan ruschaga o’girgan va R, Hodizodaning sharhlari bilan berilgan asarlari tarjimasi e`tiborga loyiqdir. Bu A. Donish asarlarining rus tiliga dastlabki jiddiy tarjima qilinishi edi. Tarjimaning tili sodda, keng o’quvchilar ommasiga tushunarli. Biroq shu bilan birga noaniq, shubhali o’rinlar ham bor. Masalan, R. Hodizoda Buxoro elchilarining (Ahmad Donish ham) Peterburgga kelishi sanasini 1857 yil 8 yanvardan 1858 yilning 11-12 yanvari, deb noto’g’ri ko’rsatadi, boshqa asarda esa o’zi yana to’g’ri (1858 yil 9 yanvar’) ko’rsatadi.
Buxoro elchilarining Peterburgga ikkinchi kelishi sanasi ham noto’g’ri ko’rsatiladi, ya`ni 1859 yilning 2-3 noyabrlari, deyiladi, vaholanki to’g’risi -1869 yilning 2-3 oktyabrlari. «Risolai tarix» tarjimasida ham bir necha noaniqliklarga yo’l qo’yilgan.
XULOSA
Dunyoning zamonaviy, yagona va izchil manzarasini, shu jumladan insonning ilmiy nuqtai nazarini shakllantirish uchun tabiiy va gumanitar fanlar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarni sintez qilish ayniqsa muhimdir. Ma’lumki, inson bir vaqtning o‘zida ham biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir. Shu bilan birga, ijtimoiy jarayonda shakllana boshlagan kishilarning ijtimoiy munosabatlari biologik evolyutsiya guruhlarga moslashish shakli sifatida sub'ektlararo munosabatlarga asoslanadi va og'zaki muloqot yordamida amalga oshiriladi. Alohida inson shaxsiyati tashqi dunyo bilan moslashuvchan o'zaro ta'sirga kirishib, uni o'zgartirib, boshqa odamlar tomonidan tan olinishni istaydigan faol sub'ekt sifatida ishlaydi. Inson til va madaniyat bilan tanishligi tufayli aqlli bo‘ladi. Odamlarning ijtimoiy-madaniy munosabatlari sohasini nutq faoliyatisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun ushbu qo'llanmada inson jinsining biologik evolyutsiyasi masalalari bilan bir qatorda biologik shartlar va tabiiy tilning kelib chiqishi muammolariga katta ahamiyat beriladi.
Hozirgi vaqtda tabiatshunoslikning insonni har tomonlama o'rganishga qo'shgan hissasini ortiqcha baholab bo'lmaydi. Insonni gumanitar o'rganishga kelsak, bu erda yaqin vaqtgacha gumanitar fanlar usullarining o'ziga xos xususiyatlarini asoslab beruvchi keng e'tirof etilgan nuqtai nazar hukmronlik qilgan. Ushbu pozitsiyaga ko'ra, "ruh fanlari", ya'ni gumanitar fanlarda tadqiqotchining individual pozitsiyasidan imkon qadar ozod bo'lgan "ob'ektiv" bilimlar ustuvor emas (bu tabiiy fanlarning usuli va maqsadidir. fan), lekin "tushunish". Nemis faylasufi, psixologi va madaniyat tarixchisi Vilgelm Dilthey: “Biz tabiatni tushuntiramiz, aqliy hayotni tushunamiz”.
Do'stlaringiz bilan baham: |