So’roq olmoshlari
So’roq olmoshlari- shaxs narsa-hodisa, belgi- xususiyat, sabab-,o’rin-payt haqida so’roqni bildiruvchi olmoshlar.
So’roq olmoshining turlari:
Shaxs so’rog’i- kim?
Narsa-hodisa so’rog’i- nima? (na,ne ko’rininshlari ham mavjud)
Belgi-xususiyat so’rog’i- qanday?, qanaqa?, qaysi?
Miqdor so’rog’i-nechta?, qancha?, nechanchi?
Sabab-maqsad so’rog’i- nima uchun?, nega?, nima sababdan?, nima maqsadda?
O’rin-joy so’roqlari- qayerda?, qayerga?, qani?
Payt so’roqlari- qachon?, qachondan?
Ba`zan belgi xusisiyat so’rog’I o’rnida narsa-hodisa so’rog’I ishlatiladi. So’roq olmoshlari turlanganda tushum kelishigi belgiliva belgisiz qo’llanadi: nima olding?- belgisiz, nimani olding?- belgili.
Bo’lishsizlikolmoshlari
Bo’lishsizlik olmoshlari so’roq olmoshlari va bir, narsa, nima so’zlari oldidan hech so’zining qo’llanishi natijasida hosil bo’ladi. Hech kim, hech nima, hech qachon hech qanday, hech qancha, hech narsa so’zlari bo’lishsizlik olmoshlaridir va ular yozuvda ajratib yoziladi. Bu olmoshlar ishtirok etgan gaplarning kesimi inkor shaklda bo’ladi
Hech bir so’zingizga tushunmadim.
Hunarli odam hech qachon hor bo’lmaydi.
Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi.
Hech bandaning boshiga farzand dog’I tushmasin.
Yo’q, xo’jayin, qornim to’q, hech nima yegim kelmayapti.
Gumon olmoshlari
Shaxs-narsa, belgi-xususiyat bildiruvchu mustaqil so’zlar o’rnida uning ma`nosi taxminlab gumonlab keluvchi olmoshlar gumon olmoshlari deyiladi.
Guman olmoshlari quyidagicha xosil bo’ladi:
So’roq olmoshlar+ -dir qo’shimchasi.
|
Kimdir,qachondir, qayedir, qaysidir, qanchadir, nimadir
|
Alla+ so’roq olmoshlari va narsa so’zi
|
Allaqaysi,allanarsa, allakim, allaqanday, allaqachon, allaqancha
|
Bir+kishin narsa,nima
|
Bir kishi, bir narsa, bir nima
|
Fe`l so’z turkumi
Fe`l- nima qilmoq? Nima bo’lmoq so’roqlariga javob bo’lib, shaxs yoki narsalarning harakat,holatini atab kelgan so’z turkumi. Fe`llar nima atab kelishiga ko’ra harakar fe`llar va holat fe`llariga bo’linadi.
Harakat fe`llari
|
Holat fe`llari
|
Shaxs va narsalarning jismoniy harakati natijasida ro’y bergan harakatni ifodalovchi fe`llar.
|
Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o’tish jarayonini ifodalovchi fe`llar.
|
Yugurmoq, eshitmoq, so’zlamoq ,qurmoq, yozmoq, yuvmoq
|
Quvonmoq, achiqlanmoq, uxlamoq isimoq, sovimoq, pishmoq, eshitilmoq.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |