2.2. «Aqliy hujum» metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar va tuzilmasi.
“Aqliy hujum” metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar:
Bildirilgan fikr-g´oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
Bildirilgan fikr qanday fikr-g´oyalar, ular xatto to´g´ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.
Har bir ta‘lim oluvchi qatnashishi shart.
1-rasm: “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi
2-rasm: “Aqliy hujum” bosqichlari
Ushbu metodning afzalliklari va kamchiliklari o’rtasidagi muvozanatning siljishi qaysi mavzu o’tilayotganda qo’llanilishiga bog’liq. Masalan, alkanlar mavzusini o’qitishda “Aqliy hujum” metodini qo’llash albatta muvozanatni afzalliklar tomoniga siljitadi. Sababi alkanlar mavzusidagi izomeriya hodisasi va izomerlarni nomlash nafaqat o’qituvchining salohiyati va dars olib boorish metodikasiga, balki o’quvchilarning ijodiy fikrlashlariga ham bog’liqdir.
Shundan kelib chiqib, “Aqliy hujum” metodining afzalliklari sifatidagi quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
natijalar baholanmasligi ta‘lim oluvchilarda turli fikr-goyalarning tug‘ilishiga olib keladi;
ta‘lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
fikr-g‘oyalar vizuallashtirib boriladi;
ta‘lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini baholash imkoniyati bo‘ladi;
ta‘lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘onadi.
:
2.3. Alkanlar mavzusini o’qitishda “Aqliy hujum” metodini joriy qilish
Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llashga doir keng ko’lamda ish olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o’ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to’plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yakindan yordam ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bajarilishi o’quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash ularda ta’limning milliy yo’naltirilganligi, ta’lim va tarbiya uzviy bog’liqligining ko’rsatilishi muhim ahamiyatga ega.
Shu o’rinda savol tug’iladi. Pedagogik texnologiya atamasining moxiyati nimada? «Texnologiya» yunoncha so’z bo’lib, “techne” - maxorat, san’at, “1ogos” tushuncha o’rganish demakdir.
Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif beradi. Hali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig’i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.
Pedagogik texnologiya — ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayoniga inson salohiyati va texnik resurslarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.
G. K. Selevkoning «Zamonaviy ta’lim texnologiyalar»i o’quv qo’llanmasida ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar jamlangan bo’lib, ularning ilmiy-nazariy, metodologik asoslari, tasnifi va amaliyotda qo’llash mexanizmi yoritilgan.
Kimyo fani insoniyat taraqqiyotida vujuda katta o‘rin tutadi. Tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, umuman, barcha sohalar rivojida mazkur fan olamida erishilgan yutuqlar yotadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishdan asosiy maqsad esa o‘quvchilarda fan va texnikani o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, pirovardida, intellektual salohiyatli avlodni voyaga iboratdir.
Hozirgi kunda o‘qitish jarayonida ilg‘or, zamonaviyb pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib darslarni tashkil etish maqsadga muvofiq. Xususan, mahoratli o‘qituvchilar tajribasi asosida o‘quv -laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, to‘garak ishlari sifatini oshirish davr talabidir.
Kimyo fani ta’limida yuqori samaradorlikka erishish, fan yo‘nalishidagi yangiliklarni izlab topish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish, o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshirib, hozirgi zamon fan va texnikasini o‘rganishga intilishlarini o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu bois 2019-2020-o‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan an’anaviy avgust kengashi sho‘ba yig‘ilishlarida qatnashchilar quyidagilar haqida fikr almashishlari maqsadga muvofiq:
– kimyoga oid nazariy bilimlarni tajribalar orqali isbotlash, sinflar kesimida har bir mavzu asosida keltirilgan laboratoriya mashg‘ulotlarini talab darajasida o‘tkazish;
– kimyo darslarida zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish, tugab qolgan kimyoviy moddalar va yaroqsiz holga kelgan jihozlarning o‘rnini qayta to‘ldirishga buyurtmalar berish tartibi;
– hududlarda tashkil etilgan “Mahorat maktablari” o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (elektron darsliklar, elektron qo‘llanmalar, o‘quv filmlar, virtual laboratoriya ishlari va animatsion ko‘rgazmali tajribalar, videodars lavhalari), plakatlar to‘plamlaridan foydalanib, ko‘rgazma-namoyishli darslarni o‘tkazish;
– murakkab mavzularni o‘rgatish hamda masalalar yechishning turli usullari yuzasidan tavsiyalar berish .
O`quvchilarga davlat ta`lim standartlari talablariga javob beradigan darajada bilim va ko`nikmalarni shakiiantirish uchun zamonaviv texnologiyalari usullaridan keng va samarali foydalanish zarurati kundan kunga oshib bormoqda Bu esa har bir o`qituvchidan o`z ustida tinimsiz ishlashini , ta`lim berishning barcha usul va metodlarini muvafaqiyatli o`zlashtirib olishga intilishi kerakligini taqozo etadi.
Dars jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagi metod va usullardan foydalanish mumkin:
1.Bahslar. O`quv guruhni ikki komandaga bo`lgan holda , biror mavzu bo`yucha o`zaro bahs , fikr almashinuv tarzida o`tkaziladi.
2. O`yinlar. Ishbilarmonlik yoki vaziyatli o`yinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o`rinda matnli material o`rniga o`quvchilar tomonidan rollar o`ynaladigan hayotiy vaziyat saxnalashtiriladi.
3. Kitob bilan ishlash . Ushbu usul ta`lim oluvchining o`quv materialini mustaqil o`zlashtirishini o`z-o`zini tekshiruv malakalarini , berilgan matnning mazmunini to`liq va ongli ravishda bayon etishga qaratilgan usuldir.
4. Individual (amaliy) usul . Ta`lim oluvchining faoliyatida olingan bilimlarini amaliy vazifani yechishga qaratadilar. Bu usul nazariy olingan bilimlarni amaliyotda tadbiq qilishdir.
5. Davra suhbati . Ta`lim oluvchilar davra stolid o`tirib ,bir-birlarining savollariga konvert orqali javob yozadilar.
Ta`limning interfaol usullari haqida to’xtaladigan bo’lsak, pedagogik nashrlarda o`qitish metodlarini faol yoki sust guruhlarda ajratish hollari mavjud. Agar har bir metod belgilangan u yoki bu maqsadni yechishga o`z o`rniga qo`llanilsa ,shubhasiz faoldir.Pedagogik texnologiyalar ham darsda o`quvchilar faolligini yuqori darajasini ta`minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi. Shuni ham ta`kidlash lozimki ,o`qitish metodlari bevosita ta`lim amaliyoti bilan aloqador konsepsiyadir.
O`qitish jarayonida qo`yilgan vazifaning mazmuni , uni yechish yo`llariva usullarini belgilash , muhokama qilish taklif qilinadi . Bunda ilgari surilayotgan takliflarni hamkorlikda baholash orqali uni amalga oshirish , bajarilgan ishni birgalikda tahlil qilish, hamkorlikda topilgan natijani oldin shakllantirib, so`ngra taqdim etish so`raladi.
“Aqliy hujum”, “muammoli vaziyat “, bahs-munozara, tadqiqot, davra suhbati, kichik guruhlarda ishlash, ajurli arra, kitob bilan ishlash usullari bunga misol bo`labi.(1-sxema)
O`qitish jarayonida ta`lim vositalaridan foydalaniladi . Ta`lim vositalari deganda metod va ta`limni tashkil etish saklarini amalga oshirishga yirdam beruvchi vositalar tushiniladi. Ta`lim jarayonida qo`llaniladigan real vositalariga ishlab chiqarish korxonalari, laboratoriya , doska, texnik vositalarga: kadoskop, kompyuter, vidioproektor, bosma variantlarga; chop etilgan o`quv materiallari , kitob, jadval, ma`ruza matnlari misol bo`ladi. Ta`lim vositalari imkoniyat , metod va ta`limni tashkil etish shakllariga asosan tanlanadi.
Yuqoridagi ta`lim vositalari o`qituvch uchun o`quvchi uchun hamda dars o`tkazish uchun alohida variantlarni to`gri tanlash muhim ahamiyatga ega .
O`qituvchi uchun vositalar: o`quv predmetini o`qitish metodikasi bo`yicha qo`llanmalar, shaxsiy metodika murakkab masalalar bo`yicha metodik tavsiyalar, o`qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar.
O`quvchi uchun vosita: darslik, o`quv qo`llanma yoki o`qituvchining ma`ruza matnlariar, jadvallar, yo`l yo`riq xaritalar, topshiriq kartoshkalari.
Dars o`tkazish uchun : plakatlar, diagrammalar, modellar, etalonlar namoyish qilish jiohozlari , laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar o`tkazish uchun jihozlar , audiovisual vositalar, diafilim, vodioyozuvlar, diopozitivlar.
Tanlab olingan metod , shakl vositalar bir-birini to`ldirish yani uyg`unlashuvi kerak. Xullas, ta`lim texnologiyasida usullarni, vosita va t a`limni tashkil etish shakllarini to`g`ri tanlash samarali qo`llash katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |