I bob. Alkanlar. Olinishi, fizik va kimyoviy xossalari gomologik qator haqida tushuncha 6


I BOB. ALKANLAR. OLINISHI, FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI



Download 1,44 Mb.
bet2/13
Sana05.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#638046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Alkanlar mavzusini o’qitishda innovatsion texnologiyaning “Aqliy hujum” mavzusini joriy etish

I BOB. ALKANLAR. OLINISHI, FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI

1.1 Gomologik qator haqida tushuncha


Molekulalari o‘zaro faqat -bog‘lar bilan bog‘langan uglerod va vodorod atomlaridan tuzilgan birikmalar alkanlar deyiladi. Alkanlarning molekulalarida uglerod atomlari sp3-gibridlangan holatda (uglerod atomining birinchi valentlik holati) bo‘lib, uglerod zanjirini hosil qilishda sarf bo‘lmagan valentlik birliklari vodorod atomlari bilan batamom to‘yingan. Shuning uchun ham ular to‘yingan uglevodorodlar deyiladi. Alkanlarning umumiy formulasi CnH2n+2 bo‘lib, gomologik qatori 3-jadvalda keltirilgan.
Tuzilishi o‘zaro o‘xshash, kimyoviy xossalari esa yaqin bo‘lib, tarkibi bir yoki bir necha metilen (–CH2–) guruhi bilan farq qiluvchi moddalar qatoriga gomologik qator deyiladi. Gomologik qatordagi moddalar esa gomologlar deb ataladi. Gomologik qatordagi a’zolarning fizikaviy xossalari biridan boshqasiga o‘tganda asta-sekin o‘zgarib boradi. Qatordagi ayrim a’zolarning xossalarini o‘rganish bilan quyi va yuqori gomologlarining xossalari haqida fikr yuritish mumkin.
1-jadval
Alkanlar gomologik qatorining ayrim a’zolari va ularning fizikaviy doimiyliklari

Alkanlar

Formulasi

Suyuq-lanish harorati,C

Qaynashharorati,C

d

Izomerlar soni

Metan

CH4

-182,5

-161,7

-

1

Etan

C2H6

-183,3

-88,6

-

1

Propan

C3H8

-187,7

-42,1

-

1

n-Butan

C4H10

-138,3

-0,5

-

2

n-Pentan

C5H12

-129,8

36,1

0,5572

3

n-Geksan

C6H14

-95,3

68,7

0,6603

5

n-Geptan

C7H16

-90,6

98,4

0,6837

9

n-Oktan

C8H18

-56,8

125,7

0,7026

18

n-Nonan

C9H20

-53,5

150,8

0,7177

35

n-Dekan

C10H22

-29,7

174,0

0,7299

75

n-Eykozan

C20H42

36,8

343,0

0,7886

366319

n-Trikontan

C30H62

65,8

449,7

0,8097

4111846763

Polietilen

-

-

-

0,9650

-



Izomeriyasi va nomenklaturasi
Alkanlar gomologik qatorida uglerod skeletining izomeriyasi butandan boshlanadi. Butanning ikkita, pentanning esa uchta izomeri bor:

n-Butan va n-pentandagi uglerod atomlari o‘zaro bog‘lanib, to‘g‘ri zanjirni hosil qilgan. Bunday tuzilishga ega bo‘lgan alkanlar normal zanjirli deyiladi va n- harfi bilan belgilanadi. Izobutan, izopentan va neopentan molekulalarida uglerod zanjiri (skeleti) esa tarmoqlangan bo‘lib, bunday birikmalar izo-birikmalar deyiladi.
Alkanlar molekulasida uglerod atomlarining soni ortib borishi bilan izomerlarining soni ham ortadi(3-jadval).
n-Alkanlar gomologik qatorining dastlabki to‘rt vakili – metan, etan, propan va butan tasodifiy (trivial) nomlangan.Ulardan keyingi gomologlarning nomlari esa yunon sonlari nomlarining bosh bo‘g‘inlari(pent-, geks-, gept- va hokazo)ga -an qo‘shimchasi qo‘shib hosil qilinadi (pentan, geksan, geptan va hokazo).
Ratsional nomenklaturaga binoan barcha alkanlar metanning hosilalari, ya’ni metan molekulasidagi bir yoki bir nechta vodorod atomlarining alkil guruhlariga almashinishidan hosil bo‘lgan deb qaraladi. Bunda uglevodorodni nomlash uchun markaziy atom bilan bevosita bog‘langan barcha alkil guruhlarining nomi alifbo tartibida aytilib, oxirida metan so‘zi qo‘shiladi:

Alkanlarning ratsional nomenklaturasi modda molekulalarining tuzilishini aks ettiradi va nisbatan oddiyligi uchun qulaydir. Lekin molekulasi murakkab zanjirli, katta yoki tarmoqlangan tuzilishga ega vakillarini bu nomenklaturaga asosan nomlab bo‘lmaydi.
Sistematik nomenklaturaga binoan to‘yingan uglevodorodlar nomi -an qo‘shimchasiga ega bo‘lib, alkanlar deb yuritiladi. Normal tuzilishli alkanlarning yuqorida bayon qilingan trivial nomlari sistematik nomenklaturada ham o‘zgarishsiz qoladi. Tarmoqlangan zanjirli alkanlar esa normal tuzilishli alkanlarning o‘rinbosarlar sifatida bitta yoki bir nechta alkil guruhi bor hosilalari deb qaraladi va quyidagi tartibda nomlanadi. Dastlab bosh zanjir (uglerod atomlarining eng uzun zanjiri) tanlanadi. Bordi-yu, uzun zanjir ikkita yoki undan ko‘p bo‘lsa, eng murakkabi, ya’ni eng ko‘p tarmoqlangani bosh zanjir deb olinadi. So‘ngra bosh zanjirdagi uglerod atomlari yon zanjir (alkil) yaqin turgan tomondan boshlab raqamlanadi:

Ikki yoki undan ortiq o‘rinbosar bosh zanjir uchlaridan teng uzoqlikda bo‘lsa, raqamlash alifbo tartibida birinchi aytiladigan o‘rinbosar yaqin tomondan boshlanadi:

Bosh zanjirning bir uchidan yoki boshqa uchidan boshlab raqamlaganda, raqamlarning bir-biridan farq qiladigan qatorlari hosil bo‘ldi, deylik. Raqamlarning oshib borishi tartibida qatorlarga joylashtirib, so‘ngra ular taqqoslanadi. Birinchi farq qiladigan raqami kichik qatorning raqamlari kichik hisoblanadi (masalan, 2,3,5 kichik 2,4,5 dan yoki 2,7,8 kichik 3,4,9 dan va hokazo) va nomlashda e’tiborga olinadi.

3,3,4,5,7,8-geksametildekan
(3,4,6,7,8,8-geksametildekan deyish noto‘g‘ri)
Alkanlar (umuman organik birikmalar)ni ratsional va sistematik nomenklatura bo‘yicha to‘g‘ri nomlash uchun, alkil o‘rinbosarlarining nomlarini yaxshi bilish kerak.
Alkan molekulasidan bir vodorod atomini tortib olinishidan hosil bo‘ladigan alkan qoldig‘iga alkil guruhi (alkil o‘rinbosari) deb aytiladi:
CnH2n+2 CnH2n+1
alkan alkil guruhi
Alkil guruhlarining nomlari tegishli alkanlar nomlaridagi -an qo‘shimchasini-il ga almashtirish bilan hosil qilinadi.
Muhim bir valentli alkil guruhlari quyidagilar:

CH3– CH3–CH2– CH3–CH2–CH2


metil etil n-propil
CH3–CH2–CH2–CH2
izopropil n-butil izobutil
CH3–CH2–CH2–CH2–CH2
ikkilamchi butil uchlamchi butil n-pentil

izopentil uchlamchi pentil
Tarmoqlangan alkil guruhlarini nomlashda zanjirni raqamlash bo‘sh valentligi bor uglerod atomidan boshlanadi:

3-metilpentil

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish