I bob. Alisher navoiy lirikasida adolat motivlari



Download 94,61 Kb.
bet9/11
Sana22.07.2022
Hajmi94,61 Kb.
#836340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA ADOLAT MOTIVLARI

Haq ko‘nglin aning bilikka maxzan aylab,
Har fanda arig‘ zotini yakfan aylab,
Johi taxtin[i] charxi musamman aylab,
Tufroqdek ul o‘zin furutan aylab.51
Haq Husayn Bayqaro ko‘nglini bilimga to‘la xazina qilganligini, har bir sohada uning asl zotini mohir, yagona qilganligini, u mansab taxtini egallasa ham, o‘zini tuprog‘dek kamtar hisoblashini ruboiyda o‘z ifodasini topgan. E’tibor berilsa, sulton har jihatdan to‘kis. Chunki hukmdor hammaga o‘rnak bo‘lishi lozim. Buni mutafakkirlarimiz alohida ta’kidlashgan. Jumladan, “Shohlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug‘iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo‘ladilar, bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko‘ngil ato etadi, qolaversa, yaxshi ish yuritish uquvi bilan ham siylaydi”,52deyishgan. Husayn Bayqaro ham xuddi shunday xislatlarga ega inson edi. Qolaversa, uning yonida Navoiydek alloma doimo davlat ishlarida ham, oilaviy nizolarda ham ko‘makdosh bo‘lib kelgan. Lekin Navoiy ayrim asarlari tarkibida unga nasihatlar ham qilganligini kuzatamiz, chunki komillik faqatgina payg‘ambarimizga xosdir.
Keyingi ruboiyda shoir Husayn Boyqaroning o‘zini tuproq emas, balki undan-da xokisor hisoblashini tasvirlaganini kuzatamiz.
Iqbol anga davlat mayi payvast tutub,
Bu boda bila jonin aning mast tutub,
Haq ani sipehrdin zabardast tutub,
Tufrog‘din ul vale o‘zin past tutub.53
Bizningcha, ruboiyda yer yuzining xalifasi bo‘lmish insonning tuproqdan yaratilishiga ishora mavjud. Yer bir vaqtlar “Men oyoq ostidaman, mendan tuproq olma”, deya kamtarlik qilgani uchun odam tuproqdan bunyod bo‘ldi. Shoh G‘oziy ham o‘zini tuproqdek, balki undan-da past tutib, xokisor bo‘lsa-da, aslida Odam Atodek buyuk inson, deya shoir unga yuqori baho beradi.
Ham qiblayi iqbol harimi johi,
Ham Ka’bayi omol biyik dargohi,
Shahlarning dardmandiyu ogohi,
Bu turfaki, dardmandlarning shohi.54
Shoir keyingi ruboiyda sulton Husaynni butun dunyo baxt martabasini egallagan, dargohi Ka’badek buyuk bo‘lgan shoh sifatida tasvirlaydi. U butun shohlarning dardini oluvchi shohdir, dard eli , ya’ni mazlumlar elining ham shohidir, deya olqishlanadi.
Ma’lumki, barcha zamonlarda hukmdorlar ko‘klarga ko‘tarilgan, ular oqil, saxiy, odil shoh sifatida tasvirlangan. Husayn Bayqaro ham Navoiy tomonidan ko‘klarga ko‘tarilishi shular jumlasidandir. Adolatparvar shohlarning nomi asrlar o‘tsa-da, el og‘zida doston bo‘lib kelgan. “Adolat va haqiqatga intilish xalqimiz tabiatining eng muhim fazilatlaridan biridir. O‘tmishda oliy adolat g‘oyasi mansabdor shaxslarga qo‘yiladigan talab va bahoning asosi bo‘lgan”.55 Chunki davlat rahbari qanday bo‘lsa, xalqi ham undan o‘rnak oladi. Xalq poda bo‘lsa, yurt hokimi cho‘pondir, cho‘pon suruvni qayerga haydasa, poda, ya’ni xalq ham shu tomonga yo‘l oladi.
Shoir odolat tasvirini quyidagi ruboiyda shunday beradi:
Odil ko‘ziga bu ka’ba, ul dayr o‘lmas,
Zolimda jafo qilurda el g‘ayr o‘lmas,
Odilg‘a bajuz xayr sori sayr o‘lmas,
Zolim kishining oqibati xayr o‘lmas.56
Navoiy odil kishining ko‘ziga Kaba ham oddiy joydek ko‘rinishini, ya’ni adolat qilishda odam ajratmasligini, hammani teng ko‘rishini, zolim esa fuqaroni farqlamasdan, kambag‘al-u kasalmandligini e’tiborga olmasdan zulm qilishini, odil kishi odillikdan boshqa amallar qilmasligini, zolim kishining ahvoli yaxshilik bilan tugamasligini ta’kidlaydi.
Shoir zolim podsholarning ahvolini tasvirlab, fikrlarini davom ettiradi:
Adl aylaki, ul xalq hayoti bo‘lmish,
Xush ul kishikim, adl sifoti bo‘lmish,
Ham mulk bila adl jihoti bo‘lmish,
Ham adl bila mulk saboti bo‘lmish.57
Ya’ni shoh shunday adolat qilishi kerakki, u xalq hayotiga aylansin, har bir kishining xislati adolatparvarligi bo‘lsin, davlat va adolat doimo birgalikda bo‘lib, adolat tufayli mamlakat ham mustahkam bo‘lsin.
Navoiy adolatga doimo oxirat panohi sifatida qaraydi:

Download 94,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish