I bob. Alisher navoiy lirikasida adolat motivlari



Download 94,61 Kb.
bet7/11
Sana22.07.2022
Hajmi94,61 Kb.
#836340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA ADOLAT MOTIVLARI

Shaho, el javhari jonin chiqarding,
Javohir hirsidin bedod etib fosh.
Chu o‘lgungdur ne osig‘ to‘kmak ani
Mazoring uzra andoqkim, ushoq tosh.35
Ya’ni, shoir podsholarga murojaat qilgan holda “Ey shoh, elning javhardek qimmatbaho jonini chiqarding, ularga azob berding, qon to‘kding, bularning barchasi javohirlar tufaylidir, o‘lgach mozoring ustiga toshdek qilib javohir to‘kishdan nima foyda, ularning oddiy toshdan nima farqi qoladi?”, deya ta’kidlaydi.
Shu o‘rinda Iskandarning qo‘li tobutdan chiqarilib qo‘yilishi epizodini eslash kifoya. Ya’ni dunyoni egallagan Iskandar ham u dunyoga quruq qo‘l bilan ketdi. Bu mazmundagi voqealarni Farhod va Qays obrozlarida ham kuzatishimiz mumkin. Ular ham qayerda odam suyagini ko‘rsa, “Ey odamzod, axiyri shu holga tushar ekansan-ku!”, deya yig‘lardi. Demak, bu dunyo boyliklari o‘tkinchidir. Hech kim narsasini u dunyoga orqalab ketolmaydi. Insondan faqatgina yaxshilik qoladi. Shu sababli ular saxiylik, adolatparvarlikni odat tusiga aylantirsa, ikki dunyo saodatiga yetishishi aniqdir.
Navoiy ijodida shoh va gado obrozi yonma-yon tasvirlanganligini, qiyoslanganligini qit’alarida ham kuzatishimiz.
Ahli ma’ni guruhida zinhor,
Hech or aylama gadolig‘din
Kim, bularg‘a gadolig‘ ortug‘dur,
Ahli suvratqa podsholig‘din.36
Navoiy fikricha, ma’ni ahli ya’ni tarki dunyo qilgan, Alloh yo‘lida gadolikni ixtiyor aylaganlardan hech qachon or qilmaslik lozim. Chunki ular uchun podsholikdan gadolik ortiqdir. Navoiyning ko‘plab asarlari tarkibida turli janrlarda shoh va gado obrozi qiyoslanadi. Chunki “Sharq mumtoz adabiyotida shoh –nafsga qaramlik, darvesh esa o‘z nafsini yenggan kishi timsoli o‘laroq adabiyotning sevimli mavzularidan biridir”.37
Quyida yana bir qit’aga e’tibor bersak, unda ham shoh va gado obrozlari tavirlanganligiga guvoh bo‘lamiz.
Gadolig‘ yaxshiroq ahli fanodin
Ki, olam ichra qilsang podsholig‘.
Jahon ahlig‘a, ko‘rkim, shah ne aylar,
Jahon tarkini qilg‘andin gadolig‘.38
Navoiy foniy dunyo moliga qul insonlardan gadolik yaxshidir, olam ichra podsholik qilsang-da, buning ahamiyati yo‘q, jahon ahliga boq, shoh ne ishlarni qilar-u, gado nelarni qilmoqda, deya ta’kidlaydi. Shu o‘rinda Ibrohim Adhamni ham eslab o‘tishni joiz deb topdik. Ibrohim Adham sulton bo‘lib, tushida tom ustida bir kishini ko‘radi. Uning tuya izlab yurganini eshitgan shoh kuladi. Kishi esa “Sen shoh bo‘lib u dunyo ohiratiga erishaman, deb o‘ylashing ham tuya izlashdekdir”, deya aytgach Ibrohim Adham shohlik kiyimlarini darveshlar jandasiga almashtirgan ekan. Demak, inson kim ekanligi bilan emas, nima qilganligi bilan eslanarkan. Shu sababli Ibrohim Adham nomi hanuz barhayotdir.
Shoir ijodida shohlar talqini doimo birinchi o‘rinda turadi. Chunki shohlar xudoning yerdagi soyasidir. Lekin ijodkor ijobiy xislatga ega hukmdorlar bilan birga salbiy podsholarning obrozini ham yaratib, uni turli qiyofalarda tasvirlaydi. Quyida “Shohning ajdahoga nisbat qilinishi hamda undan xazina ham, qayg‘u ham hosil bo‘lishi” haqidagi qat’aga to‘xtalib o‘tamiz.
Jahon ganjig‘a shoh erur ajdaho
Ki, o‘tlar sochar qahri hangomida.
Aning komi birla tirilmak erur,
Maosh aylamak ajdaho komida.39
Bilamizki, afsonalarga ko‘ra ajdaho boylik bo‘lgan joyda yashaydi va uni qo‘riqlaydi. U o‘t sochib ko‘p jabr keltirishi mumkin. Navoiy bu qit’ada shohlarni ajdahoga qiyoslaydi. Chunki u ham ko‘p hollarda boylik ilinjida yashaydi. Ajdaho o‘t sochgani kabi xalqiga ham ko‘p azob beradi. Xalqi vahimada yashaydi. Uning mayli bilan tirilish ham mumkin, lekin shoh yonida bo‘lish ajdaho og‘zida yashamoq bilan barobardir.
Navoiy lirikasida hukmdor adolati quyoshga ham taqqoslanadi. Shu jumladan, “Shoh adolati olamni quyoshdek yoritishi va zulmidan esa qorong‘ulik yoyilishi” to‘g‘risidagi qit’aga e’tiborimizni qarataylik.
Quyoshdek shah adolat pesha qilsa,
Jahon mulkini bir damda yorutg‘ay.
Agar zulm etsa aqshom zulmatidek,
Hamul dam tiyralik olamni tutg‘ay.40
Bu qit’ada shoh quyosh kabi adolatparvar bo‘lishi lozimligi ifodalangan bo‘lib, uning adolat nuri bir damda butun olamni yoritib yuboradi. Adolat nega aynan quyoshga o‘xshatiladi, degan savol tug‘iladi. Chunki quyosh nuri tuganmas, barchaga bir xil nur sochadi. Shohning ham odilligi abadiy bo‘lishi, barchaga teng, bab-baravar nur sochishi lozim. Agar shoh zulm qilsa, butun dunyo oqshom zulmatiga aylanadi. O‘sha kunlar butun olamni esa qurong‘ulik, g‘am-qayg‘u tutib ketadi.
Navoiy qit’alari orasida o‘z hayoti, maqsadlari tasvirlanganlari ham talaygina, lekin ular shoirning falsafiy, axloqiy qarashlari zamirida kelgan.
Navoiy umrin o‘tkardn mashaqqat birla olamda,
Umidi ulki, ul olamda topqay komronlig‘lar.
Agarchi kofiri muflis masallik topmadi kome
Va lekin nafsi chun kofir edi, qildi yomonlig‘lar.
Gar ul olamda haq fazl etmasayu adl ila so‘rsa,
Anga bas bo‘ldi zoyi’ muncha chekkan notavonlig‘lar.41
Shoir qit’ada umrini qiyinchilik bilan o‘tkazganini, maqsadi u dunyo baxtini topish ekanligini ta’kidlaydi, kofirlar nafsini jilovlay olmaganligi sababli yomonliklar qilganini tasvirlaydi. Bu yerda Navoiy dunyoning foniyligiga urg‘u bergan. Bir kun kelib vafot etgach har bir inson qilgan amallari uchun javob berishi kerak. Undan Haq, ya’ni yagona odil zot adolat bilan so‘rasa, uning shuncha azoblar chekib, qiynalishi evaziga topgan narsalari, notavonlik bilan qilgan ishlari behuda ketadi. Oxir-oqibatda baribir jazoga loyiq ko‘riladi. Ko‘rinadiki, “Qissasi Rabg‘uziy”asarida ta’kidlanganidek, yetmish shayton qila olmagan ishni birgina nafs qila oladi. Buni Navoiy “Nafs itin zabun qilsang, sendek shujo yo‘q”, deya ta’kidlaydi. Komillikka esa nafsni yengish orqali erishiladi. Nafsni yengish qurol esa ishqdir. Haqiqiy oshiqlar esa odil zot adlidan umid qilib yashashdan hech qachon to‘xtamaydi.
Alisher Navoiyning zamona va uning ahli haqidagi mulohazalari riyokor, firibgar toifalar,jumladan aslida din va uning mohiyatini bilmovchi, ammo firibgarlik qiluvchi ayrim “voiz”, “shayx”lar haqida ham g‘azallarida bayon etilgan. Chunki bunday toifadagi ayrim “voiz” va “shayx”lar muqaddas din va uning imonli muxlislariga xiyonat qilguvchilardir, deb tushunadi shoir. Zero “Nizomiddin” sharafli laqabiga ega bo‘lgan Alisher Navoiy dinning muqaddasligi uchun, uning hayot baxshligi uchun umri davomida faoliyat ko‘rsatgan siymolardandir.
Muxtasar aytadigan bo‘lsak, Navoiy kuylagan adolatli davlat g‘oyasi, buyuk davlatchilik orzusining qirralari shunchalik ko‘pki, ularni birma-bir sanab chiqish amrimahol.

Download 94,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish