I bob. Alisher navoiy lirikasida adolat motivlari



Download 94,61 Kb.
bet10/11
Sana22.07.2022
Hajmi94,61 Kb.
#836340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA ADOLAT MOTIVLARI

Ey kim, nafsingni haq dedi zillalloh,
Ya’ni, onikim zulm quyoshi nogoh,
Kuydirmak bila aylasa holini taboh,
Bergaysen anga soyai adlingda panoh.58
Haq ham nafsing tufayli senga zulm quyoshini sochib, kudirib ahvolingni xarob qilsa, azoblasa, panoh bo‘ladigan narsang adolating bo‘ladi. Navoiy bu o‘rinda ham adolatni ikki dunyo saodatiga olib boruvchi yo‘l sifatida tasvirlaydi.
Navoiy zolim va odil kishilarni doimo solishtiradi, zolimlik nafs tufayli vujudga kelishini quyidagi ruboiyda ham aks ettiradi:
Nodonga erur hamisha olim firuz,
Odil kishiga bo‘lmadi zolim firuz,
Bordur der esang xalq arokim firuz-
Kim, nafs sharridin o‘ldi solim firuz.59
Ya’ni nodonga olim hamisha baxtli bo‘lib ko‘rinadi, odil kishiga esa zolim hech qachon baxtli ko‘rinmaydi, agar xalq ichidan baxtli insonning qidirsang, u ham bo‘lsa nafsini o‘ldirgan odamdir.
To sokin erur dahru falak musta’jil,
Sursun ikkisiga hukm shohi odil,
Andin manga bu murod bo‘lsun hosil,
Mendin anga bu murod o‘lsun vosil.60
Navoiy ruboiyda dunyo-yu falak sokin bo‘lishini, ikkisida ham odil shoh hukm surishini istashini bayon etadi, ana o‘shandagina murodiga yetishini, bandalikni bajarishini tasvirlaydi.
Shoir shohlarni Allohning yerdagi soyasi deb bilgani holda Alloh jo‘natgan hukmdor bilan adolati ham kelishini ifoda etadi.
Ul shohki moyan fasohat keldi,
Har nukta anga mahzi balog‘at keldi,
Haqdin ishi olamg‘a risolat keldi,
Shoni bu risolatda adolat keldi.61
Alisher Navoiy fardlarida adolat mavzusining alohida o‘rni bo‘lib, Xususan, “Badoye ul-bidoya” devonining 10-fardida hukmdor quyoshga o‘xshatiladi:
Tindurur boyu chig‘oyni hokimi ravshan zamir,
Yorutur obod ila vayronani mehri munir.62
Ya’ni quyosh obod joyni ham vayronani ham birdek yoritgani kabi hukmdor ham adolati bilan boyni ham, kambag‘alni ham tinch va osoyishta yashashi uchun imkon yaratib beradi. Demak, shoh barchaga nasl-nasabi, kelib chiqishidan qat’i nazar birdek munosabatda bo‘lishi lozim.
Ulki, sanga eldin erur aybgo‘,
Elga dog‘i sendin erur aybjo‘.63
E’tibor berilsa, Navoiy podshoni mulozimlaridan doimo xabardar bo‘lishga da’vat etadi. Chunki ular xalqning, fuqaroning ayblarini, qilmishlarini shohga aytuvchilardir. Ular saroydagi amaldorlarning qilmishini ham shohga yetkazib turadi. Shoir ularga ishonmaslikni, g‘aflatda qolmaslikni uqtiradi. Chunki ular shohning ham ayblarinin qidiradi va buni boshqalarga yetkazishga harakat qiladi. Bu esa fisq-u fasodlar avj olishiga saroyda, mamlakatda turli nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Navoiy fikrlarni faqatgina podsholarga emas, oddiy fuqaroga qarata ham aytgan so‘zlari deb deb tushunishimiz mumkin.
Navoiy talqinicha, shoh zolimlarni jazolashi kerak, qonun ustuvor bo‘lgan yurtdagina zolimlarning qo‘li kesiladi, yurtda o‘g‘ri, talonchilar kamayadi. Lekin quyidagi fardda buning aksini ko‘ramiz:
Qotiq ko‘nglungdin oqti xalq yoshi,
Ki yomg‘ur boisidur yoda toshi.64
Ko ‘rinadiki, hukmdor qattiqqo‘lik bilan meh-muruvvatni ham birdek olib borishi, zolimlarni jazolash bilan birga mazlumlarga yordam berish, aybini tan olganlarni ham kechira bilishi lozim ekan. Aks holda toshbag‘ir shoh zulmidan xalq ko‘p ko‘z yosh to‘kishi mumkin. Va bu ko‘z yoshlari yomg‘irga aylansa, hukmdorning boshiga kulfat olib kelishi muqarrardir.
Navoiy shohlarni doimo ogohlikka chorlaydi. Ogohlik deganda juda keng ma’no nazarda tutiladi: Xudodan ogohlik, oxiratni o‘ylab, savob ishlarga qo‘l urish, nafsni tiyish, raiyat va lashkar ahvolidan xabardorlik va hokazo.65 Navoiy asarlarida esa barchasini kuzatishimiz mumkin.
G‘ofil o‘lma, nazardin itsa adu,
Sham o‘churganda el ko‘runurmu?66
Darhaqiqat, shohlar hech qachon g‘aflatda qolmasligi lozim, oz vaqt bo‘lsa-da, dushmanlar nazardan chetda qolsa, yurt boshiga ko‘p g‘avg‘olar solishi mumkin. Chunki shamol ham ko‘rinmaydi, kutilmaganda shamni o‘chirishi mumkin. Dushman ham xuddi shunday. Dushman deganda nafaqat yurt g‘animlarini, balki mamlakat ichidagi fatnakorlarni, saroydagi mulozimlarni, ortdan pichoq suquvchi do‘stlarni nazarda tutish mumkin. Chetdan keluvchi dushman xavfini shoh qaytara olishi mumkin, ammo yaqinlari orasidagini topishi mushkuldir. Ko‘p hollarda yaqinlarining, mulozimlarining dushmanga aylanishiga esa hukmdorning o‘zi aybdor bo‘ladi. Uning xalqiga, sipohiga, mulozimlariga nisbatan zulmi, adolatsizligi, barchasini teng ko‘rmasligi bunga sababchidir. Navoiy adolatparvar shohning yurti obod bo‘lishida uning saxiyligi ham ko‘p ustuvorligini alohida ta’kidlaydi.
Xaliq o‘lg‘on saxiydin elga bo‘ldi ikki baxshoyish,
Ham ehsonidin oroyish, ham axloqidin osoyish.67
Ya’ni yaxshi yurt o‘g‘lonidan eliga ikki narsa qoladi: biri shuki, ehsonidan xalqi oroyish olsa, ikkinchisi, axloqidan osoyishtalik kelib chiqadi. Iskandar ham adolat poydevorini qurib yurtini obod qilishda saxiylik qilib, yutni soliqdan ozod qilgandi. Kambag‘al, faqirlarga yordam qo‘lini cho‘zib, muxtojlikdan olib chiqqan shohning yurtida esa osoyishtalik hukm surishi shubhasiz.
Shu o‘rinda quyidagi fardga e’tiborimizni qarataylik:
Ko‘k bahridin yana tama’ kom tutmayin,
Kim qatra suv tomizmas, el og‘zin qurutmayin.68
Bir qarashda shoir ko‘k bahridan suv,ya’ni yomg‘ir yog‘ishini umid qilmaylik, hali el suvga muhtoj bo‘lgani yo‘q-ku, ungacha yomg‘ir yog‘maydi, demoqchiday bo‘ladi. Lekin aslida shoir o‘quvchiga boshqa ma’noni yetkazishni ko‘zlagan. Shunday shohlar borki, fuqarosi so‘ramaguncha, arz-dod qilmaguncha yordam qo‘lini cho‘zmaydi. Vaziyat tang holga yetgachgina ulus haqida qayg‘ura boshlaydi.
Adolat va haqiqatga intilish xalqimiz tabiatining eng muhim fazilatlaridan biridir. “O‘tmishda oliy adolat g‘oyasi mansabdor shaxslarga qo‘yiladigan talab va bahoning asosi bo‘lgan”.69 Shu sababli ham adolat g‘oyasi Alisher Navoiy lirikasining asosiy mavzularidan biri bo‘lib qoladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Navoiy turli munosabatlarda aks ettirgan adolat g‘oyasi asrlar o‘tsa-da, o‘rganiladi, targ‘ib qilinadi.

Download 94,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish