I bob. Alisher navoiy lirikasida adolat motivlari



Download 94,61 Kb.
bet4/11
Sana22.07.2022
Hajmi94,61 Kb.
#836340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA ADOLAT MOTIVLARI

Hukmi gardankashiga mulkdin amri ixroj.
Buyla mardud hadisin nega qilding maqbul
Kim, tanazzulg‘a badal bo‘ldi sanga ul me’roj.
Ne tag‘oful edikim, uyla aduv makr bila
Xoksor etti seni, mulkunga solib toroj.
Ro‘zg‘oring qorarib zulmati isyon ichra,
Zor eding, afv ilki tutmasa ollingga siroj.
E’tiroz etma, Navoiyu fuzul o‘lmaki, haq
Xalq etib sevdi, yana dard berib qildi iloj.
El ne bilsun ne edi haqqa bu ishda hikmat,
Mehr nurin ne bilur shapparaki tiyra mizoj.14
Navoiyning “Kirpikimdur ashk qoni birla…” deya boshlanuvchi g‘azalida oshiqning azoblari quyidagicha tasvirlanadi:
Kirpikimdur ashk qoni birla shohi arg‘uvon,
Rahm qil, ey arg‘uvoni rang to‘nluq navjuvon.
Ul iki ko‘zdurmu yo ishqingda ayni za’fdin
Go‘shai gulzor aro yotmishlar ikki notavon.
Yor oshiqqa ko‘p azob bersa-da, oshiq ma’shuqasidan kechmaydi:
Ey visol ahli, sizu izzat bisoti uzra aysh
Kim, etibdur bizga qismat ishqdin hajru havon.
Ey Navoiy, yor agar zulm etsa, shahg‘a qil duo
Kim, anga tobi’durur adl ichra yuz No‘shiravon.15
Yuqoridagi misralardan aniq bo‘ladiki, g‘azal tasavvufiy, chunki yor qancha zulm qilsa-da, Navoiy unga duo qilishda davom etadi. Chunki Alloh oldida odillik bobida yuzta No‘shiravon ham tobedir. Bundan Navoiy vaqti soati kelganida yuzta No‘shiravon adolatidan ham baland turuvchi Alloh marhamatiga umid qilayotganini sezish mumkin. Shoir barcha asarlarida No‘shiravon obrozini ideallashtirganligini kuzatamiz. “Navoiy tarixning ba’zi momentlarini ideallashtirib bo‘lsa ham, adolat g‘oyasini ilgari surishi, o‘z asarida shu yo‘l bilan temuriylarni davlatni adolatli idora qilishga ishora qilishi muhim ijobiy fakt edi”.16 Chunki No‘shiravon qo‘zg‘alonlar vaqtida taxt tepasiga keladi va uni shafqatsizlarcha bostirganligi, mavqeyini mustahkamlsh uchun esa din arboblari va amaldorlarga imtiyozlar berganligi tarixdan ma’lum.
Navoiy lirikasida adolat nafaqat shohga, balki husn shohi bo‘lmish ma’shuqaga nisbatan ham qo‘llanadi.Ya’ni shoir yorga murojaat qilib undan zulm qilmaslikni so‘rashi, shuncha jabr ko‘rsa-da chidayotganligini kuzatamiz.
Zulm ila el jonig‘a o‘t yoqma, eykim, shohsen,
Gar desang do‘zax o‘tig‘a jonni mahrur etmayin.17
Navoiyning bu baytini ikki xil tushunish mumkin. Biri shuki, sen shohsan elni zulm bilan qiynama, ularning joniga o‘t yoqib azob berma. Ular zulm otashida yonib xuddi do‘zax o‘tida yonganday azoblanadi. Ikkinchisida esa elga azob berganing uchun bir kun dunyodan o‘tgach yagona bo‘lgan odil zotning oldida javob berasan, o‘z joningni do‘zax o‘tiga tashlama, degan ma’noni uqamiz. Bu baytni ma’shuqaga nisbatan ham ishlatish mumkin, chunki u juda ko‘p oshiqlarni qiynaydi, azob beradi. Ularga zulm qilaverish yaxshimas. Demak, shoir bu chaqiriqni go‘zal yorga ham, sultonga nisbatan ham qo‘llagan, deb tushunish mumkin.
Navoiy “Anga” radifli g‘azalida insoniyat ta’rifini keltiradi. Unda insonning xudo omonatini asray olmaganligi-yu(vadasini unutib, bug‘doyni yeb qo‘yishi), boshqa odamlarning omonatini qanday saqlay olishligi, hayvondan ajratuvchi xislati nutq bo‘lsa-da, oxir-oqibat hayvonligicha qolishi, unda razolat, jaholat ham borligi bayon etilgan bo‘lib, shoir odamzotning zulm qilishini alohida ta’kidlab o‘tadi. Lekin Navoiy mahsharda Haq unga adolat qilishidan, karamidan umidvor bo‘ladi.
Bu zulmlarki, ul aylar, ne aylagay nogah
Aning hisobida haq aylasa adolat anga.
Navoiy og‘zida na’m al-vakil erur zikring,
Surug‘ kuni karamingg‘a buyur vakolat anga.18
Ma’lumki, gunoh qilish insoniyatga Odam atodan meros. Insoniyat bor ekan, uning zulmi ham to‘xtamaydi. Odamzod hech qachon mukammal bo‘la olmaydi. Lekin insoniyat doimo komillik sari intilib yashaydi.
Navoiy “Bor” radifli g‘azalida ayriliq qo‘lida o‘lmadim, lekin boshim egildi, xam bo‘ldi, bu holatni ko‘rganlardan xijolat bo‘laman, deya zorlanadi. Agar shohim adolat ko‘rsatsa, sevimli mulk obod bo‘ladi, deya niyatini oshkor etadi.

Download 94,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish