O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi
187- guruh talabasi Alimova Dilshodaning
Genetika va genomika asoslari fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Transkripsiya, translyasiya va oqsil sintezi
Topshirdi: Alimova D
Qabul qildi: Raximov Sh
Urganch-2021
Reja: Kirish
I-bob. Adabiyotlar taxlili
II-bob. Asosiy qism
2.1. Transkripsiya-DNKdan RNK ga irsiy axborotning ko’chirib o’tkazilishi
2.2. Translatsiya jarayoni va uning bosqichlari
2.3. Oqsil biosintezining boshqarilishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Gen organizmlar irsiyati va irsiylanishning molekular-genetik birligi - moddiy asosini tashkil etadi. Gen - DNK molekulasi polinukleotid zanjirining ma’lum bo‘lagi bo‘lib, u ma’lum sondagi, ma’lum tartibda ketma-ket joylashgan nukleotidlardan tashkil topgan bo‘ladi.
DNK da joylashgan gen tarkibidagi nukleotidlar tripletlar tarzida bo‘lib, ular kodogenlar deb ataladi. DNK molekulasi polinukleotid zanjirida joylashgan genetik axborotning ma’lum bir qismi transkripsiya jarayoni natijasida sintezlangan i-RNK molekulasiga aynan ko‘chirilgan bo‘lib, uning tarkibidagi tripletlar kodonlar deb yuritiladi. Kelgusi avlodga genetik axborot i-RNK orqali beriladi va u oqsil sintezini boshqaradi. Molekular genetikaning so‘nggi dalillarining ko‘rsatishicha, prokariot va eukariot organizmlar genlari o‘zaro strukturaviy tuzilishi jihatidan keskin farqlanadilar.
Prokariot organizmlarda gen strukturaviy yaxlit, butun bo‘ladi. Bunda genlar erkin yalang‘och holatda bo‘luvchi DNK molekulasining uzluksiz bo‘lagini tashkil etadi. Ularning genlarida genetik axborot uzluksiz kodlangan bo‘ladi. Ular yaxlit genlar deb yuritiladi.
Eukariot organizm genlari esa ayrim strukturaviy qismlarga bo‘lingan bo'iadi. Ular bo‘lingan genlar deyiladi. Eukariot genlari strukturaviy va funksional jihatidan ikkita guruhdan iborat: a) genetik kodga ega boigan nukleotidlar ekzonlar deb ataladi; b) genetik kodga ega bo‘lmagan nukleotidlar intronlar deyiladi. Ekzon va intron fragmentlari genda ketma-ket ma’lum tartibda joylashgan bo‘ladi. Eukariot genlarining funksional holatga kelishi uchun ularning tarkibidagi barcha intronlar qirqib olib tashlanib, barcha ekzonlar esa bir-biri bilan bo‘lingan genda joylashgan tartibda ulanib, yaxlit gen holatiga keltiriladi. Prc-RNK tarkibidagi intronlaming qirqib olib tashlanishi splaysing deb nomlanadi. i-RNK ning to‘laqonli yetishishini ta’min etuvchi molekular genetik jarayon protsessing deyiladi.
Prokariot va eukariot organizm genlarining irsiyat va irsiylanishini nazorat qilishdagi funksiyalari haqidagi ma’lumot keyingi mavzularda beriladi.
Organizmlar genotipini tashkil etgan genlar, funksiyasiga qarab quyidagi xillarga bo‘linadi:
1. Strukturaviy genlar. Ularning strukturasida fermentativ va strukturaviy oqsillar tuzilishi haqidagi irsiy axborot kodlangan bo‘ladi.
2. Transport RNK ning sintezlanishini ta’min etuvchi irsiy axborot kodlangan genlar.
3. Ribosom RNK sining sintezlanishini ta’min etuvchi irsiy axborot kodlangan genlar.
4. Regulator genlar: gen-regulator, promotor, gen-operator. Ular strukturaviy genlar faoliyatini boshqarish funksiyasini bajaradi.
DNK molekulasida joylashgan barcha yuqorida sanab o‘tilgan genlar strukturasining umumlashtirilgan yig‘indisi organizmlaming genetik axborotini tashkil etadi. Ular organizm belgi va xususiyatlarining genetic nazorati irsiylanishini belgilaydi. Eukariot organizmlarda genlaming aksariyat qismi (90% ga yaqin) xromosomalarda joylashgan. Ular organizmning genotipini tashkil etadi. Gaploid sondagi xromosomalarning genlari majmuasi genom yoki kariotip deyiladi. Ular genlarining juda kam qismi sitoplazma va uning organoidlari (plastidalar, mitoxondriyalar va kinetoxorlar) da plazmida, episoma va endosimbiotik plazmogenlar tariqasida joylashgan bo‘ladi. Ular plazmogenlar deb, ulaming yig‘indisi plazmon yoki plazmotip deb yuritiladi.