I . Bemor haqida ma’lumot
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi-
2. Yoshi-
3. Millati -
4.Ma’lumoti-
5. Kasbi-
6. Ish joyi-
7. Vazifasi-
8. Uy adresi-
9. Kasalhonaga kelgan kuni (og`ir ahvolda bo`lsa soat va minuti ko’rsatilishi shart)
II. So`roq ma’lumotlari
I. Shikoyatlari
1. “Shikoyatlar “ bo`limida faqat xozirgi vaqtdagi shikoyatlarni to`liq yoritish lozim, yani bemorning kasali boshlangan kuni qayd qilinmagan shikoyatlar ro`yhatga olinmaydi.
2. Agar bemorning bir necha kasali bo`lsa, u xolda avval asosiy kasalik tarihi, undan so`ng esa xuddi shu yo`sinda qolgan (hamrox) kasalikga oyid shikoyatlar so`raladi va yoritiladi.
Asosiy shikoyatlari
A’zolar tizimi bo’yicha shikoyatlari
A.Nafas tizimi faoliyatiga oyd shikoyatlari
1. Yo`tal:
a) Quruq yoki balg`am ko’chuvchi yo’tal;
b) Yo`talning paydo bo`lish vaqti: ertalab, kechqurun, kechasi.
v) Uning davomiyligi: to`xtovsiz yoki davriy;
g) Yotalning xarakteri va intensivligi; baland, kuchli, sekin, ovosiz, xurillagan va x . k . ;
d) Yo`talning paydo bo`lish sharoyitlari; tananing aloxida vaziyatda bo`lishligi (aynan qaysi) , ovqatlanishdan so`ng va x.k .)
2. Balg`am:
a) Sutkaning turli vaqitdagi miqdori;
b) Qanday bartaraf bo`ladi: osongina, qiyinchilik bilan, qanday sharoyitda oson bartaraf bo`ladi;
v) Balg`amning xidi;
g) Balg`amning quyuq-suyuqligi: shilimshiq, suyuq va x . k .
d) Qatlamning miqdori va uning tarifi;
3 . Qon tuflash:
a) intensivligi- qon laxtalari yoki toza qon ( uning miqdori ) ;
b) Qoning rangi- och yoki to`q ;
v) Davriyligi.
4 . Ko`krak qafasidagi og`riq :
a) Og`riqni xarakteri: lo`qillovchi, similovchi, sanchuvchi va x . k .
b) Og`riq joyi;
v) Og`riq ni nafas olish, jismoniy zo`riqish yoki yo`tal bilan bog`liqligi va x . k .
g) Og`riqning tarqalishi;
d) Og`riqni nima yengilashtirishi;
e) Gavdani turli tomonlarga og`ganda, ko`krak qafasiga bosilsa, og`riq kuchayishi.
5. Nafas qisishi:
a) Doimiy, tinch xolatda,yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda;
b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash;
v) Bo’g’ilib qolishga aylanadigan nafas qisishning vaqti va uning yuzaga chiqish xolati, jismoniy zo`riqish, turli xidlar bilan bog`liqligi, davomiyligi, nima bilan xamroxligi ,yo’talni mavjudligi va qanday xarakterli yo’talligi (quruq yoki balg`amli ) shu balg`amning xarakteri; bo’g’iluvchan yokiy qattiq xushtaksimon xurullash bilan), shu vaqtda bemorning ruxiyati va o`zini tutishi, qo`laniladigan davoning effektivligi ( aynan qaysi davoning effektivligi ).
B.Yurak qon aylanishi tizimi faoliyatiga oyd shikoyatlari.
1. Nafas siqishi (oldingi punktdagi ma’lumotlar so’raladi:
a) Doimiy, tinch xolatda,yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda;
b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash;
v) Bo’g’ilib qolishga aylanadigan nafas qisishning vaqti va uning yuzaga chiqish xolati, jismoniy zo`riqish, turli xidlar bilan bog`liqligi, davomiyligi, nima bilan hamroxligi ,yo’talni mavjudligi va qanday xarakterli yo’talligi (quruq yoki balg`amli ) shu balg`amning xarakteri; bo’g’iluvchan yokiy qattiq xushtaksimon xurullash bilan), shu vaqtda bemorning ruxiyati va o`zini tutishi, qo`laniladigan davoning effektivligi ( aynan qaysi davoning effektivligi ).
2. Yurak atrofidagi og`riq:
a) doimiy yoki xurujli;
b) muayan sharoitda kasallikni bartarav qilish (ko`krakda, yurak atrofi soxasida va x. k.)
v) tarqalish ( irradiatsiya );
g) xarakteri : simillovchi, sanchuvchi, siquvchi, lo`qillovchi, bosuvchi ;
d) Vaxima va qo`rquv bilan, quvvatsizlik bilan, muzdek ter bosish bilan, bosh aylanish bilan bog`liqligi;
e) intensevligi;
j) davomiyligi;
z) vaqt birligida og`riq xurujini chastotasi;
i) og`riq paydo bo`lishini sababi va xolati;
k) og`riq xuruji vaqtida bemor o`zini tutishi va xolati;
l) tibbiy yordam effektivligi qandayligi ,qancha vaqtga yordam berishi va uning ta’sir qilish tezligi;
3.Yurak urishi;
a) yurak urishi tezlashishining xarakteri; davriyligi, doimiyligi, xurujliligi, intensivligi, davomiyligi, takrorlanish xossasi ;
b) paydo bo`lish sharoitlari: jismoniy zo`riqishdan, tinch xolatda, tana xolatining o`zgarishda, xayojonlanganda va x. k . ) .
v) qanday kechishi ( nafas siqishi, yurak og`rig`i va x . k . bilan.)
4. yurak urushini xis qilish.
5. chetki ( periferik ) qon tomirlarining qisilishining belgilari; tananing qaysi qisimlarida, nima tufayli, qanday chora ko’rilsa o`tib ketadi.
6. Oyoq va boshqa joylarda shishni paydo bo`lish vaqti ( kechqurun, ertalab .)
7. Bosh og`rig`ishi (Og`riqning xarakteri: Obi-xavoning o`zgarishiga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish natijasida, xayojonlanishda, tinch vaqitda xam og`riqni sezish , kunni qaysi vaqtida kuchayadi (tunda yoki kunduzi).
V. Hazm tizimi faoliyatiga oyd shikoyatlari .
1. Ishtaxa: yaxshi, ishtaxasizlik, ishtaxa oshgan, o’zgargan, ishtaxaning butunlay yo`qligi (xamma taomlarga yoki ayrim taomlarga )
2. Ozgina taomga to`yib qolish: odatlangan, tez ochqash yoki doimiy ochlikni sezish.
3. Ko’p chanqash, sutkada istemol qilinadigan suyuqlik miqdori. Og`izni ko’p qurishi.
4. Og`izdagi ta’m: nordon, achchiq, metal ta’mi, shirinroq ta’m, ta’m sezish kamayishi yoki yo`qolishi.
5. O`g`izdan xid kelishi: chirish xidi, ammiakli, achimtir, chiriyotgan olma xidi va x . k .
6. Yutinish va ovqatning yutilishi : og`riq bilan yutinish, qiynalib yutinish, ovqat yutilishi qiyinligi(qanday konsistenssiyalik ovqat yutilishi qiyinligi)
7. So`lakning ajralishi ( ko’p, kam)
8. Kekirish mavjudligi (nima sababli va qay vaqtda boshlanishi, qay darajada)
9. Jig`ildon qaynashi: ovqat istemol qilish va ovqatning turiga bog`liqligi. Jig`ildon qaynashini engilashtiruvchi vositalar qo’llash, ularning turlari.
10. Ko`ngil aynashi: ovqat iste’mol qilishga va uni turiga bog`liqligi.
11. Qusish mavjudligi:
a) ochlikda, ovqat iste’mol qilgandan so`ng ( o`sha zaxoti yoki ma’lum vaqt o`tgach ), qusish qanday bezovtaliklar bilan o`tadi; qusgach bemorning axvolini o’zgarishi ;
b) qusuq moddasining xususiyatlari : yeyilgan ovqat, zardob, to`q jigarrang, toza qon laxtalari mavjudligi va x . k. ; Qusuq moddasining xidi (chirigan, nordon va x . k .), xidsiz .
12. Qorin og`rig`i xususiyatlari
a) yoyilganligi yoki muayan joyda mavludligi;
b) qachon va qanday sharoitlarda boshlanishi; ovqatlanishdan oldin, so`ng, ( qancha vaqt o`tgach ), tungi o`g`riqlar mavjudligi. Ovqatlanishning qorin og`rig`ini darxol to`xtatishi mavjudligi. Og`riqni yengilatishning boshqa usullaridan foydalanish ( qusish; dori qabul qilish, isiq qo’yish va x . k . ) .
v) iste’mol qilinadigan taom turi bilan bog`liqligi ( quyuq taom, hazm bo`lishi qiyin bo`lgan taom, yog`liq, achiq va x. k . taomlar ) yokiy uning miqdoriga bog’liqligi.
g) og`riqning xarakteri: kuchli, similovchi, lo`qilovchi, xurujli, doimiy, kuchayib boruvchi.
d) davomiyligi:
g) qanday be’zovtalik yoki symptom bilan hamrox xolda.
j) siydikni rangning to`qligi, xurujdan so`ng ichning rangini ocharishi kuzatilishi.
13. To’sh osti va boshqa soxalarda og`irlik va og`riq sezilishi.
14. Qorining shishganligi. Qorining damlanishi va gazlarning chiqishi. Qorin bo`shlig`ining xaddan ziyod quldirashi.
15. Ich kelishi:
a) xar kuni bir maromda,bir kunda bir necha bor turli vaqtlarda. Ich kelishi mustaqil, yoki qandaydir usul qo`lanilgandan keyin ( klizma, ich yurg’izuvchi dorilar qo’llash).
b) ich qotishi: necha kungacha ich kelmasligi.
v) ich ketishi: nimadan keyin boshlanishi, sutka davomida ichni ketishi soni.
g) tenezmalar mavjudligi;
d) ahlat massasining xarakteri ( suyuq, suvdek, quyuq, dona-dona va x. k .), ahlatning rangi va
xidi; aralashmalar xususiyati: shilimshiq, qon va yiring, hazm bo`lmagan ovqat qoldiqlari , gijja va gijja tuxumlari mavjudligi.
e) qon ajralishi ( ich kelishdan oldin, axlat aralash ,yoki keyin ) .
16. Anus soxasini og’rishi, qizishi, qichish.
17. Ichakning oxirgi qismini tashqariga chiqishi mavjudligi.
G. Siydik ajralish tizimi faoliyatiga oyid shikoyatlari.
1. Bel soxasidagi og`riqlar mavjudligi: uning xususiyatlari (lo`qullovchi, kuchli, xurujli), kuchayishining davomiyligi, nima tufayli boshlanishi yoki kuchayishi, nima bilan qo`zg’atilishi, nima tufayli yengilashishi.
2. Siydik chiqishi: oson, qiyinchilik bilan, odatdagi miqdorda, ingichka tizimchasimon, titilgan tizimchasimon, siydik tizimini yon tomonga yoki pastga og’shi ( faqat erkaklardan so’raladi ) .
3. Siydik chiqarishda og`riq mavjudligi, siydik yo’lini achishishi, qizish ( siydik chiqarishdan oldin, keyin, siydik chiqarilayotganda. )
4. Siyish qanday muddatda takrorlanishi, ayniqsa tunda.
5. Sutka davomidagi siydik miqdori.
6. Siydikni rangi: rangsiz, to`q, qonsimon, go’sht yuvindisiga o`xshash va x. k.
7. Siydik chiqarilayotganda siydik rangini o’zgarishi: boshlanishida, siyish jarayoni davomiyda, oxirida.
8. Siydikni tutib tura olmaslik. Doyimiy yoki tungi siydikni tutib tura olmaslik.
D. Endokrin tizimi faoliyatiga oyd shikoyatlari.
1. Asabiylik, ruxiyat buzulishlari (xis- hayajon, vaxima yoki beg’amlik,uyquchanlik) .
2. Bo`y va tana tuzilishi mutanosibligi buzilishi.
3. Tana vaznini o’zgarishi (semirish, ozish).
4. Teri xosilalari faoliyati o`zgarishi ( xaddan tashqari terlash yoki teri quruqligi, uni dag’allashuvi , teri osti chandiqlari (striyalar) paydo bo`lishi;
5. Birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning o’zgarishi, ayollarda hayiz tsikli va homiladorlik jarayonlarini o’zgarishi, erkaklarda mijos sustligi yoki to’satdan o’zgarishi (uning xususiyatlari), jinsiy faoliyatning xolati.
6. Soch o`sishining va tanadagi tuklarnig joylashishi va o’sishini o`zgarishi (xaddan ortiq rivojlanishi, xos emas joyda o`sishi, sochning xaddan ziyod to`kilishi ).
7. Meyyo’rdan ortiq chanqash.
E. Tayanch xarakat tizimi faoliyatiga oyid shikoyatlari.
1. Suyak va bo`g`imlardagi o`g’riq (qanday muayyan sharoyitda tarqalishi);
2. Og`riqning xarakteri: Obi-xavo o`zgarishiga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish natijasida, xayojonlanishda, tanani tinch xolatida xam og`riqni sezish, tungi og’riqlar.
3. Bo`g`imlarning shishganligi, ularning qizishi (aynan qaysi bo’g’imlar).
4. Xarakatning qiyinlashuvi, bo’gim karaxtligi (aynan qaysi bo`g`imlarda) ertalabki bo’g’im karaxtligi va unung davomiyligi vaqti.
5. Xarakatlanganda umurtqa pog`onasidagi og`riq va xarakatning qiyinlashuvi.
Qo’shimcha shikoyatlar
O`zini yomon xis qilish, xolsizlik, tez charchash ish qobilyatining pasayishi, ozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |