Toshkent tibbiyot akademiyasi
Termiz filliali DavOLASH ISHI YO’NALISHI
217-a GURUH TALABASI
SAYFULLAYEV ADHAMJONNING
MIKROBIOLOGIYA FANIDAN
TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Disbakterioz va disbakteriozning
zamonaviy bakteriologik
Diagnostikasi.
Chaqalogʻini aravachada aylantirib yurgan onalar orasida keng tarqalgan dolzarb va qizgʻin muhokama qiladigan mavzular bu chaqaloq necha mahal uxlashi va kuniga necha mahal ichi yengillashishi. Hattoki ishdan qaytgan otalarga onalar birinchi yetkazadigan xabarlaridan biridir. Bu ikki koʻrsatkich, yaʼni uyqu va ich kelishi, avvaldan bolalarning hol ahvolini va rivojlanishini koʻrsatuvchi belgi boʻlib qolgan. Shuning uchun bu koʻrsatkichlarda nojoʻya oʻzgarish boʻlsa, ota-onalarning qattiq bezovtalanishiga sabab boʻlishi mumkin.
Bolalar disbakteriozi oʻzi nima?
Disbakterioz bu - ichak mikroflorasining tarkibini va meʼda - ichak funksiyasini buzi-lishi hisobiga rivojlanadigan holat ekanini esda tutish kerak.
Disbakteriozning asosiy sabablari:
ovqatlanish tartibining buzilishi, notoʻgʻri ovqatlanish, antibiotiklarni va boshqa dori vositalarni suiisteʼmol qilish, oʻtkir yuqumli kasalliklar - diareya (ich ketish) va uning asoratlari, immunitetning susayib ketishidir.
Disbakteriozning har qanday darajasini davolash uchun avvalambor yuqorida keltirib oʻtilgan sabablarni bartaraf etish yoki imkon qadar ularning organizmga nojoʻya taʼsirini kamaytirish kerak.
Ichak mikroflorasining tez tiklanishi va ichak funksiyasini normallashishi uchun bir nechta qoidalarga rioya qilish kerak:
Birinchi qoida: Bolalar oʻynashi, dam olishi va oʻqishi uchun yaxshi sharoit yaratib berish kerak. Shu bilan birga bolalar bilan birga toza havoda koʻproq boʻlish tavsiya etiladi.
Ikkinchi qoida: Qayday mahsulotlarni bolalarga berish kerak?
Avvalambor, bolalarga yogʻsiz sut-qatiq mahsu-lotlari (qatiq, kefir), yirik tortilgan unga joʻxori va javdari qoʻshilgan mahsulotlar, yangi sabzavot va mevalar, mevali sharbatlar, yogʻsiz va konservalanmagan goʻsht va baliq, oz miqdorda oʻsimlik yogʻi berish kerak.
Uchinchi qoida: Normal ichak mikroflorasini tiklash va fiziologik muvozanatini saqlash.
Normal mikroflora millionlab bifido va laktobakteriyalardan iborat, disbakteriozda esa ularning soni oʻzgaradi, shu sababli, normal mikroflorani tiklash uchun, tarkibiga tirik bakteriyalar kiradigan dori vositalari kerak. Farmakologiyada tarkibida tirik bakteriyalar boʻlgan dori vositalari probiotik (“hayotga koʻmaklashuvchi”) deb nomlanadi.
Probiotiklarni qoʻllaganda ichak mikro-florasining tiklanishi va ich buzilishining alomatlarini bartaraf boʻlishi kuzatiladi. Vitamin va minerallarning soʻrilishi yaxshi-lanadi, patogen mikroorganizmlarning rivoj-lanishi uchun qiyin sharoit yaratiladi.
Shu qatorda prebiotiklar ham muhim - bu tabiiy polisaxaridlar - frukto-oligosa-xaridlar, ular ichak bakteriyalari - eubiotik-larning koʻpayishi, kolonizatsiyasi va yashash faoliyati uchun qulay muhit yaratadi.
Lakto-G bu - disbakteriozni davolash uchun dori vositasi boʻlib, oʻz tarkibida ham prebiotik va probiotikli qismlardan iborat.
Lakto-Gda 5 milliard tirik lakto va bifidobakteriyalari (Lactobacillus acidophilus, Bifidobacterium longum, Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium infantis), hamda ozuqa moddalari (fruktooligosaxaridlar) - shaxsiy ichak mikro-florasining oʻsishi va koʻpayishi uchun zarur boʻlgan moddalar bor.
Foydali bakteriyalar va ozuqa moddalarining Lakto-G tarkibidagi kombinatsiyasi, oqsillar almashinuvini normallashtiradi, vitaminlar soʻrilishini yaxshilaydi, ichak mikroflorasining tiklanishiga yordam beradi.
LAKTO-Gni qoʻllanilish hollari:
ichak mikroflorasi muvozanatining buzilishi – disbakteriozni (taʼsirlangan ichak sindromi) oldini olish va davolash;
antibiotiklar preparatlar bilan davolash vaqtidagi bolalar va kattalarda rivojla-nadigan disbakteriozlar;
diareya, meteorizm, qabziyat;
kolitlar, gastroentrokolitlar (oʻtkir va surunkali).
LAKTO - G ni qoʻllash usuli:
- 2 yoshgacha boʻlgan bolalarga bir kapsula ichidagisini koʻp boʻlmagan miqdordagi suyuqlik (sharbat, shirin suv) bilan aralashtirib, ovqatdan oldin qabul qilish buyuriladi.
- 2-12 yoshli bolalarga sutkada 1-2 kapsuladan ovqat qabul qilishgacha koʻp boʻlmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi.
- Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga sut-kada 2-3 kapsuladan nahorga yoki ovqatdan oldin koʻp boʻlmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi.
Davolashning davomiyligi disbakteriozning rivojlanish sababi va organizmning shaxsiy xususiyatlariga bogʻliq boʻladi.
Shuni aytib oʻtish kerak-ki, oʻz vaqtida va sifatli disbakteriozni davolash, meʼda – ichak kasalliklarining oldini oladi hamda notoʻgʻri ovqatlanish sababli va vitamin yetishmov-chiligi sababli rivojlanadigan kasallik-larning oldini oladi. Yosh bolalarda uchraydigan disbakteriozning davolanishiga maxsus eʼtibor qaratish kerak, chunki, ularda ichak disbakteriozi kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblarga qarshilik koʻrsatish qobilyatining susayishi asosiy sabab boʻlib, infeksion kasalliklar koʻpayishiga olib keladi.
Oddiygina ovqatlanish ratsionini o’zgartirish, suv kimyoviy tarkibining o’zgarishi (boshqa joyga ko’chib o’tish tufayli), iqlim o’zgarishi, stress, ovqatlanish — ichakning shartli patogen mikroflorasida o’zgarishlarga olib kelishi va disbakterioz belgilari sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, disbakteriozga oziq-ovqatdan zaharlanish, antibiotiklardan foydalanish yoki oshqozon-ichak trakti kasalliklari sababchi bo’lishi mumkin. Eng muhimi, ichak mikroflorasi buzilishining alomatlaridan xalos bo’lish uchun, birinchi navbatda bunday holatning paydo bo’lishiga sababchi bo’layotgan omillar bilan kurashish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |