I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Yog’larda erkin yog’ kislotalar miqdorining oshihi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet137/172
Sana22.06.2023
Hajmi5,01 Kb.
#952908
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   172
4.2.1. Yog’larda erkin yog’ kislotalar miqdorining oshihi 
Oziqaviy yog'lar uchun standart tomonidan uning tarkibidagi erkin yog' 
kislotalari miqdorini tavsiflovchi kislota soni ko’rsatkichi me’yorlashtiriladi. Bu 
ko’rsatkich belgilangan me'yordan oshib ketsa, usbu yog' texnik yog'lar toifasiga 
o'tkaziladi. Shu bilan birga, yog'da erkin yog' kislotalarining to'planishi har doim 
ham ta'm va hidning iste’mol uchun yaroqsiz bo'lib qoladigan darajasigacha qadar 
kuchli o'zgarishi bilan birga bo'lmaydi. 
Ma'lumki, erkin yuqori molekulyar yog 'kislotalari ta'm va hidga ega emas, 
shuning uchun yog’larda ularning miqdori ko'payishi usbu yog’larning ta'mi va 
hidi o'zgarishiga olib kelmaydi. 
Yog'da kichik molekulyar yog 'kislotalari mavjud bo'lsa, uning ta'mi va hidi 
sezilarli darajada o'zgaradi, lekin aksariyat hollarda bu o’zgarishlar yog’ning 
buzilishiga olib keladigan darajada chuqur bo’lmaydi. Bunga misol qilib sariyog' 
va kokos yog'larining engil gidrolizinini keltirish mumkin . Ularda o'ziga xos 
hidga ega bo'lgan C
8
-C
10
kislotalari mavjud. 
Yog'larda erkin yog' kislotalarining to'planishiga bir qator sabablar bo'lishi 
mumkin. Ulardan biri yog'dagi atsilglitserinlarning gidrolizidir. Bu albatta yog'da 
suv mavjud bo'lgandagina sodir bo’ladi. Agar yog' tarkibida 8 va undan kam 
sondagi uglerod atomlariga ega bo'lgan yog' kislotalari yetarlicha miqdorda 
mavjud bo'lmasa, unda erkin yog' kislotalarining bunday tabiati bilan yog’ning 
ta'mi va hidi o'zgarmaydi yoki o'zgarishi ahamiyatsiz bo'ladi. 
Atsilgliserinlarning gidrolizlanishi va saqlash paytida yog'da erkin yog' 


231 
kislotalarining to'planishi yuqori haroratlarda tezlashadi. Gidroliz, ayniqsa, yog' 
to'qimalarining hujayralari tarkibidagi yog'larga kiradigan fermentlar, ya'ni 
lipazalar ta'siri ostida tezlashadi. 
Molekulyar kislorod ta'sirida ham yog'lardagi erkin yog’ kislotalari miqdori 
ko'payishi mumkin. Ammo, yog' kislotaliligi oshishining bunday mexanizmida 
uning oziqaviy buzilishi belgilari paydo bo'lishiga erkin kislotalar asosiy sabab 
bo’lmay, balki boshqa oksidlanish mahsulotlari, masalan, peroksidlar, al’degidlar 
va ketonlar sabab bo’ladi. 
Yog'larda kislota sonining oshishi lipoksigenazalar deb ataladigan maxsus 
fermentlarning ta'siri tufayli atsilgliserinlarning to'yinmagan yog' kislotalari 
biokimyoviy oksidlanishi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. 
Yog' tarkibidagi erkin yog' kislotalari bunday yo’l bilan to'planishining oldini 
olish yog'larda rivojlanadigan va lipoksigenazalarni ajratib chiqaradigan 
mikroorganizmlarning hayot faoliyatini susaytirish bilangina mumkin . Bunga 
yog'ni yetarlicha qizdirish yo’li bilan quritish va undan mikroorganizmlar, asosan, 
mikozamburug'lar uchun ozuqaviy muhit bo'lgan oqsillar va mukuslarni (shilliq 
moddalarni) tozalash orqali erishiladi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish