2. Alkinlarning izomeriyasiga oid.
1. Tarkibi C5H8 bo’lgan ochiq zanjirli uglevodorodlarning izomerlari nechta bo’lishi mumkin? A) 12 B) 10 C) 6 D) 11 E) 8
2. Pentin molekulasi uchun ochiq zanjirli izomerlar soni nechta bo’ladi?
A) 9 B) 3 C) 5 D) 7 E) 4
3. Quyidagi uglevodorodlarning qaysilari izomer hisoblanadi?
1) divinil; 2) butadien-1,2; 3) propilen; 4) asetilen; 5) dimetilasetilen; 6) propin 7) buten-1
A) 3,4,6 B) 1,3,6 C) 2,5,7 D) 1,5,7 E) 1,2,5
4. Qaysi gomologik qator uglevodorodlari o’zaro izomer bo’ladi ?
A) alkanlar va alkinlar B) sikloalkanlar va alkenlar
C) alkenlar va arenlar D) sikloalkanlar va alkinlar E) alkinlar va arenlar
5. Tarkibi C5H6 bo’lgan ochiq zanjirli uglevodorodning bitta qo’sh bog’ va bitta uch bog’ga ega bo’lgan nechta izomeri bor?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta E) 6 ta
6. Tarkibi C6H10 bo’lgan molekulalarda bitta uchlamchi uglerod atomiga ega bo’lgan alkinlar soni nechtaligini aniqlang.
A) 3 B) 5 C) 4 D) 2 E) 6
7. Butil asetilenning ochiq zanjirli izomerlar soni nechta.
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
8. Etil propil asetilenning nechta ochiq zanjirli izomeri bor.
A) 11 B) 12 C) 13 D) 14
9. C4H6 formulaga nechta uglevodorod to`g`ri keladi.
A) 2 B) 3 C) 5 D) 4
10. (CH3)3 CCC(CH3) formulaga yana nechta alkin to`g`ri keladi.
A) 13 B) 12 C) 11 D) 10
3. Alkinlarning oksidlanish darajasi va gibridlanishiga oid.
1. 3,3-dimetilbutindagi to’rtlamchi uglerod atomining oksidlanish darajasi va gibrid holatini ko’rsating.
A) 0; sp3 B) -4; sp2 C) +4; sp D) 0; sp2 E) -3; sp3
2. Butin-2 molekulasida uglerod atomlari qanday gibridlanish holatida bo’ladi?
A) sp B) sp va sp3 C) sp va sp2 D) sp2 va sp3
3. Metilasetilen (propin) molekulasidagi uglerod atomlarining elektronlari qanday gibridlangan holatda bo’ladi?
A) hamma C-atomida sp-gibridlangan B) hamma C-atomida sp2 gibridlangan
C) hamma C-atomida sp3 gibridlangan
D) 2ta atomda sp-, va bittasida sp2-gibridlangan
E) 2ta atomda sp-, va bittasida sp3-gibridlangan
4. To’yinmagan uglevodoroddagi uglerod CH3CHCHCCH atomlarining gibridlanish turini aniqlang.
A) sp3, sp2, sp2, sp, sp B) sp, sp, sp, sp2, sp 3
C) sp, sp, sp2, sp2, sp3 D) sp3, sp, sp, sp2, sp E) sp, sp2, sp2, sp2, sp3
5. Alkinlarda uchlamchi uglerod atomlari qanday gibridlangan holatda bo`ladi va oksidlanish darajasi qanday bo`lishi mumkin.
A) sp, 0 B) sp, 0 yoki -1 C) sp3 0 yoki -1 D) sp3, -1
6. C2H5C(CH3)2CCC2H5 tarkibli uglevodoroddagi uglerod atomlarining umumiy oksidlanish darajasi yig`indisini aniqlang.
A) 0 B) -13 C) -16 D) -9
7. (C2H5)(CH3)CH CCC (CH3)2(C2H5) tarkibli uglevodorodda gibridlanishning qanday turlari bor.
A) sp B) sp3 C) sp va sp3 D) sp2
8. Alkinlarda birlamchi uglerod atomi qanday oksidlanish darajalariga ega bo`lishi mumkin.
A) -1 B) -2 C) -3 D) A va C
9. (CH3)3 CCCC (CH3)3 tarkibli moddaning uglerod atomlari oksidlanish darajalar yig`indisini toping.
A) 0 B) -6 C) -9 D) -18
10. Birlamchi uglerod atomlari alkinlarda qanday gibridlangan holatda bo`ladi.
A) C va D B) sp2 C) sp D) sp3
Do'stlaringiz bilan baham: |