7. Aralashmadagi alkenning bromlanishi.
1. Propen, propan va butandan iborat 22,4 litr (n.sh.) aralashma 32 g bromni biriktiradi. Gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 25,3 ga teng bo'lsa, boshlang'ich aralashmadagi butanning massasini (g) hisoblang.
A) 29 B) 42,3 C) 50 D) 13,2
2. Propan, propen va etandan iborat 22,4 litr (n.sh.) aralashma 40 g bromni biriktiradi. Gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 18,95 ga teng bo'lsa, boshlang'ich aralashmadagi propanning og'irligini (g) hisoblang.
A) 6,2 B) 15,4 G) 12 D) 10,5
3. Butan, pentan va butendan iborat 5,6 litr (n.sh.) gazlar aralashmasi 12 g brom bilan reaktsiyaga kirishdi. Gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 29,4 ga teng. Aralashmaning foizlar bilan ifodalangan tarkibini aniqlang.
A) 65; 10; 25 B) 50; 20; 30 C) 60, 30, 10 D) 50; 30; 20 E) 60; 10; 30
4. Etilen, etan va propandan iborat 11,2 litr (n.sh) aralashma 16 gr bromni biriktiradi. Gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 8,1 ga teng bo`lsa, boshlang`ich aralashmadagi propanning massasini (g) hisoblang.
A) 2,8 B) 9 C) 4,4 D) 4,2
5. Propen, propan va etandan iborat 22,4 litr (n.sh) gazlar aralashmasi 32 g brom bilan reaksiyaga kirishdi. Gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 19,7 ga teng. Boshlang`ich aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushini (%) aniqlang.
A) 12,5; 37,5; 50 B) 60; 10; 30 C) 20; 50; 30 D) 25; 12,5; 62,5
6. Propen, propan va butandan iborat 22,4 litr (n.sh) aralashma 32 g bromni biriktiradi. Gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 25,3 ga teng bo`lsa, boshlang`ich aralashmadagi butanning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 29,3 B) 57,3 C) 59,3 D) 50,3
7. Etilen, etan va propandan iborat 11,2 litr (n.sh) aralashma 16 gr bromni biriktiradi. Gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 8,1 ga teng bo`lsa, boshlang`ich aralashmadagi propanning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 8,64 B) 17,28 C) 34,68 D) 30,68
8. Propilen va propandan iborat aralashma bromli suv orqali o`tkazilganda uning massasi 8,4 gramga ortdi. Xuddi shunday miqdordagi aralashma yondirilgan propilendan hosil bo`lgan uglerod (IV) oksidning miqdori propandan hosil bo`lgan uglerod (IV) oksidni miqdoriga nisbatan ikki marta ko`p bo`lsa, aralashmani massasini va undagi alkanning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 12,8; 34,4 B) 12,9; 34,4 C) 12,8; 33,4 D) 10,8; 34,4
9. 2,1 gramm propen va 8,8 propandan iborat aralashmani bromlash uchun necha gramm brom kerak bo`ladi?
A) 8 B) 40 C) 48 D) 34
10. Hajmi 11,2 litr (n.sh) propen va butandan iborat aralashma bromlanganda aralashmaning massasi 16 gramga ortdi. Boshlang`ich aralashmani massasini (g) aniqlang.
A) 25,4 B) 26,4 C) 24,4 D) 27,4
Do'stlaringiz bilan baham: |