Sutga sodani qo’shilganligini aniqlash usuli.Probirkaga 3-5 ml sut solinib, xuddi shu miqdorda 0,2 %li razol kislotasi va 96 %li spirt solnib aralashtiriladi. Sut tarkibida soda bo’lsa, aralashma och qizil rangga bo’yaladi, agar soda bo’lmasa to’q ko’k ranga bo’yaladi.
Kraxmalni aniqlash.Probirkaga 2 ml sut solinib, ustiga 2-3 tomchi Lyugol eritmasi quyiladi va aralashtiriladi. Aralashma ko’k rangga kirsa sutga kraxmal qo’shilganligini bildiradi.
Vodorod peroksidni aniqlash. Probirkaga 2 ml sut solinib, ustiga 5 tomchi 1 %li vanaddiy kislotani sulьfatli eritmasi qo‘shiladi. Sut tarkibida vodorod peroksid mavjud bo‘lsa, aralashma qizil rangga kiradi.[2,3,26]
Do'stlaringiz bilan baham: |