Karbonsuvlarning me’yorlashtirilishi. Zamonaviy ovqatlanishda, karbonsuvlarning umumiy chegaralanishidan boshqa mezonlar ularning me’yorlashtirilishi to’g’risida nazariyalar yaratilmagan. SHuni aytishimiz joizki, katta odamlarning kunlik ovqat ratsioni tarikbida karbonsuvlarning miqdori 55 %ni tashkil etishi kerak. Boshqa karbonsuvlar va ualrning qiymatiga yaqinlarning nisbati quyidagicha bo’lishi kerak, kraxmal –75 %. shakar – 20 %,pektinlar.
Organizmning energiya sarfini aniqlash organizmning sog’lom hayot faoliyatini ta’minlashda rivojlanishning har qanday darajasida aniqlovchi bo’lib xizmat qiladi.Organizmning energiya sarfini o’rganish ko’’ maqsadli yo’nalishga va katta ijtimoiy-gigienik ahamiyatga ega, chunki alal oqibat alimentar asoslipatologiya mehnat layoqatiningpasayishiga va inson hayotining davomiyligi qisqarishiga olib keladi.Yuqorida bayon etilganlar bilan bog’liq holda ovqatlanish ratsionini tuzishga bo’lgan gigienik talablarning belgilari va organizmning energiya hamda oziq-ovqat moddalariga ehtiyojini aniqlash usullari alohida ahamiyat kasb etadi. [6-8]
Nisbatlashgan ovqatlanishni tashkillashtirish bo’yicha amaliy tadbirlar tashkiliy jamoalarda bo’lgani kabi alohida shaxslarda ham energiya sarfini aniqlashdan boshlanadi. Organizmda energiya uglevod, yog’ va oqsil singari ovqat mahsulotlarining biokimyoviy jarayonlar natijasida o’zgarishidan hosil bo’ladi. Inson energiya sarfini issiqlik o’lchovi birligi bo’lgan kilokaloriyada ifodalash qabul qilingan. Organizmda energiya sarflari bajarilgan ishning tavsifiga, maishiy-yashash sharoitlariga, atrof muhitning iqlim sharoitlariga, qabul qilinadigan ovqat tarkibiga, shuningdek organizmning o’ziga xos xususiyatlariga (og’irlik, jins, yosh, moddalar almashinuv jarayonining faolligi) bog’liq. Bir sutka mobaynidagi inson energiya sarfini turli usullar bilan aniqlash mumkin: bevosita va bilvosita kalorimetriya usuli (gaz almashinuvi bo’yicha), spirografiya metodi, ovqat ratsionining kaloriyaviyligi va dinamik holatdagi tana og’irligi, shuningdek hisoblab chiqish usullari yordamida Ushbu usullarning bir qanchasi bilan talabalar normal (tabiiy) fiziologiyani o’rganish davrida tanishgan edilar (gaz almashinuvi, s’irografiya metodi), boshqa usullar esa maxsus qo’llanmalarda keltirilgan Vrach-gigienistning amaliy faoliyatida ko’’roq holatlarda energiya sarfini hisob-kitob usulida aniqlashdan foydalanishga to’g’ri keladi.
Organizmning kunlik quvvat sarfi insonlarning yoshiga, jinsiga, bajaradigan ishiga, yashash sharoitiga hamda milliy xususiyatlariga bog’liq.
Organizmning kunlik quvvat sarfi 3 turdan iborat.
1. asosiy modda almashinuviga ketgan quvvat sarfi
2. ovqat xazm bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan quvvat sarfi (ovqatni spetsifik dinamik ta’siri - OSDT)
3. turli faoliyatlarga sarf bo’lgan quvvat sarfi.
Shulardan asosiy modda almashinuviga ketgan quvvat sarfi va ovqat xazm bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan quvvat sarfi boshqarib bo’lmaydigan quvvat sarfi hisoblanadi.
Turli faoliyatlarga ketgan quvvat sarfi bu boshqarib bo’ladigan quvvat sarfi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |