I adabiyot p65



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana14.07.2022
Hajmi2,03 Mb.
#797757
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
I Adabiyot

Bu dunyo (boyligi) orqasidan qancha (kishilar) yugurmoqda, 
xasis ham narsa (boylik) foydali deb o‘zini qiynaydi (o ‘ziga zo‘r 
beradi). Buncha ham moyaga ko'ngil qo'ymoq ne kerak. Bu 
boylik kelsa ko'payadi, ozayadi va yo‘q bo'ladi.
K o‘ngultin chiqarqil tavor suqluqin,
Kedim birla teb tut qorin to‘qluqin.
Bu boyliq shig‘oyliq ozuq yo‘qlug‘i,
Chig‘oyliq tep ayma ozuq yo‘qlug‘in.
Ko'ngildan molga bo'lgan suqlikni chiqar, faqat kiyim bilan 
qorin to'qligini ko‘zla.
Boylik, kambag'allik
bu yemish-ozuq yo‘qligidir (aslida), 
oziq-ovqat yo'qligini qashshoqlik deb aytma.
Bu dunyo nengitin yegu kedguluk,
O ‘l ortuq tilama vabal yutguluk.
Toriqliq tep aydi ochunni rasul,
Toriqliqda qot(i)lan tori edguluk.
Bu dunyo boyligidan yegulik, kiygulik bo‘lsa yetarli, ortiqcha 
tilama, uning oshiqchasi ziyon va ofat keltiradi. (R asul dunyoni 
ekinzor deb atadi. Ekinzordan pishgan yaxshilik urug'ini ter.) 
Dehqonchilik bilan shug‘ullangan kishilarning ozuqasi yaxshilanadi, 
deb aytdi.
Baqosiz erur bu ochun lazzati,
Kechar yel kechartek maza muddati.
Yigit qo‘ja bo‘lur yangi eskirur,
Qavi ersa qamlur, qochar quvvati.
Bu dunyo lazzati bebaqo, uning mazali kechgan payti yeldek 
o‘tib ketadi. Yangi eskiradi, yigit qariydi, (b e li) quvvatli bo‘lsa 
bukiladi, kuchi ketadi.
96


Bu kun bor yorin yo‘q bu dunyo nengi,
Mening demishing neng odinlar o‘ngi.
Qamug‘ to‘lg‘an eslur tugal eksilyur,
Qamug‘ obodonning xarob o‘l so‘nggi.
Bu dunyo boyligi bugun bor bo‘lsa, ertaga yo‘q bo‘ladi, sen 
meniki degan narsalar birovlarga qoladi.
Barcha to‘lgan narsalar ozayadi, yemiriladi, butun obod yerlar 
oqibatda xarob bo‘ladi.
Necha yer bor erdi sig‘ishmaz eri,
Eri bardi, qoldi qurug‘ tek yeri.
Necha dono erdi nesha faylasuf,
Qani bu kun anlar minginda biri.
Qancha obod yerlar bor edi, xalqi sig‘ishmas edi, xalqi yo‘q 
bo‘ldi, joylari bo‘sh, egasiz bo‘lib qoldi.
Qanchadan qancha dono, faylasuflar bor edi endi ularning 
mingdan biri yo‘q.
Ochun kulsherar boz elin qosh chetar,
Bir elkin tutib shahd biri zahar qotar.
Asal tatrub elkin tamog‘ tatirtib,
Kedingi qadahqa sunub zahr qotar.
Dunyo kulib boqadi yana, qosh va manglayi bilan xo‘mrayadi; 
bir qo‘li bilan bol tutsa, ikkinchi qo‘li bilan zahar qo‘shadi. Q o ‘li 
bilan asal yedirib, taomni lazzatli qilib, keyingi qadahga esa 
zahar qo‘shib beradi.
Suchuk tatting ersa achiqqa anun,
Birin kelsa rohat, kelur ranj o‘nun.
Ayo ranj qatig‘siz so‘rur umg‘ushi,
Bu ochun qachon ul umunchqa o‘run.
7 — Adabiyot, I
97


Shirinlik totisang achiqqa yo‘y, kishiga bir yo‘l rohat kelsa, 
orqasidan o‘nlab qiyinchilik keladi.
Ey, ranj va qiyinchiliksiz rohat istovchilar, dunyoda umid 
qachon amalga oshgan.
Yilontek bu ochun yilon o‘g‘lag‘u,
Y o‘moqqa yumshoq ishi bo‘r og‘u.
Yilon yumshoq erkan yovuz fe’l tutar,
Yiroq turg‘u, yumshoq teb inonmag‘u.
Bu dunyo avraydigan ilon kabidir, (u n i) yuvosh, yumshoq 
deb yo‘ysang, ichi achchiq ichimlik kabi og‘udir. Ilon yumshoq, 
yuvosh bo‘lib ko‘rinsa ham, yomon fe’llidir: yuvosh deb 
inonmasdan, undan uzoq turish kerak.
Bu ochun ko‘r erga ko‘rumluk toshi,
V a lekin ichinda hazor noxushi.
Boqip tosh bezakin ko‘rup sen munga,
K o‘ngul bog‘lamoq bil xatolar boshi.
K o ‘rgin, bu dunyo sirtdan kishiga juda ko‘rkamdir, ichki 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish