I adabiyot p65



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/20
Sana14.07.2022
Hajmi2,03 Mb.
#797757
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
I Adabiyot

Ahm oq kishining tili o‘ziga dushman, ko‘p kishilarning qoni 
tili tufayli to‘kildi. K o ‘p so‘zlaganlar ichida o‘kingan ko‘pdir, tilni 
tiyganlar orasida o‘kingan bormi, qani?
Nekim kelsa erga tilitin kelur,
Bu tiltin kim edgu, kim aqir bo‘lur.
Eshit but bu so‘zga qamug‘ teng-da teng
Q o ‘dub tilga yuk(a)nub tazarru qilur.
Kishi boshiga tushgan har qanday ish uning tili tufayli sodir 
bo‘ladi, bu til sababli ayrimlar yaxshilik, ayrimlar yomonlik ko‘radi. 
Bu so‘z (o ‘git-nasihat) barchaga teng, (ular so‘zni) tilga jo qilib 
sig‘inadilar.
Kudazgil tilingni, kel oz qil so‘zung,
Kudazilsa bu til kudazlur o‘zung.
Rasul erni o‘tqa yuzin otquchi,
Til o‘l tedi yig‘ til yul o‘ttin o‘zung.
Tilingni tiy, so‘zingni qisqa qil, bu til tiyilsa, o‘zing ham 
saqlanasan. Rasul kishini o‘tga tashlovchi tildir, deb aytdi, shuning 
uchun tilingni tiy, o‘zingni o‘tdan tort.
Iki neng biriksa bir erdi qoli,
Bukandi ul erga muruvvat yo‘li.
93


Bir ul yangshar ersa keraksiz so‘zin,
Ikkinch yalg‘on ersa ul erning tili.
Bir kishida ikki narsa bo‘lsa, u kishiga muruvvat yo‘li yopildi. 
Birinchidan, behuda so‘zlar bilan vaysasa, ikkinchidan, bu kishining 
so‘zlari yolg‘on bo‘lsa... (u n d ay ).
Tili yalg‘on ertin yiroq tur teza,
Kechur sen-ma umrung ko‘nilik uza.
O g ‘ iz til bezagi ko‘ni so‘z turur,
K o‘ni so‘z-la so‘zni, dilingni beza.
Yolg‘onchi kishidan o‘zingni uzoq tut, umringni sen to‘g‘rilik 
bilan kechir. O g ‘iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, so‘zni to‘g‘ri 
so‘zla, dilingni beza.
K o‘ni so‘z asal tek, bu yalg‘on basal,
Basal yeb achitma ag‘iz, ye asal.
Yo yalg‘on so‘z yigtek, ko‘ni so‘z shifo,
Bu bir so‘z o‘zag‘i urulmish masal.
To' g‘ri so‘z asal kabidir, yolg'on (so‘z ) sarimsoq piyozdir, 
sarimsoq piyoz yeb, og'izni achitma, asal yegin. Yolg'on so‘z 
kasallik kabidir, shirin so‘z shifodir, bu so‘z to‘g‘risida shunday 
masal to'qilgan:
K o‘ni bo‘l, ko‘ni qil, otin ko‘ni,
K o‘ni teyu bilsun xaloyiq seni.
K o‘nilik to‘nin kiy, qo‘yub egrilik,
Kedim to‘n to‘lusi ko‘nilik to‘ni.
To' g‘ri bo‘l, to‘g‘ri ish qil, to‘g‘ri deb nom chiqar; xaloyiq 
seni to‘g‘ri deb bilsin. To‘g‘rilik to'nini kiy, egrilik to'nini yech, 
kiyadigan (k iy im ) to'nning yaxshisi to‘g‘rilik to'nidir.
94


Qatig‘ kizla rozing kishi bilmasun,
So‘zungtin o‘zungga o‘kunch kel(a)masun. 
Qamug‘ yashru ishing bo‘lub oshkora,
Bu ko‘rgan eshitkan senga kul(a)masun.
Siringni mahkam tut, (u n i) kishi bilmasin, so‘zingdan o‘zingga 
o‘kinch (pushaymon) kelmasin. Barsha yashirin ishlaring oshkora 
bo‘lib, ko‘rgan, eshitgan (kishi)lar senga kulmasin.
Eshim teb inonil sir ayma saqin,
Necha ma inonchliq esh ersa yaqin.
Serib senda rozing singib turmasa,
Serurmu eshingda muni ked saqin.
D o ‘stim deb, ishonib sir aytma, ehtiyot bo‘l, garchi qanchalik 
yaqin, ishonchli do‘sting bo‘lsa ham. Siring (rozing) o‘zingda 
saqlanib, singib turmagach, u do‘stingda saqlanmaydi, buni yaxshi 
o‘ylab ko‘r.
Uchinchi bo‘lim: dunyoning o‘zgarib 
turishi haqida
Bu ochun rabot ul tushub ko‘shguluk,
Rabotqa tushukli tushar ko‘shguluk.
O ‘ng arkish uzadi qo‘pup yo‘l tutub,
O ‘ngi qo‘pmish arqish necha ko‘shguyluk.
Bu dunyo qo‘nib yana ketadigan rabotdir, bu rabotga tushib 
o‘tuvchilar qo‘nib keta beradi. Oldingi karvon yo‘l bosib o‘zib 
ketdi, (s h u ) oldingi karvon necha manzilni (bosib) o‘tdi.
Bu dunyo so‘ngida yugurmak necha,
Xasis nengtin o‘tru(v) tep o‘zung kusha.
Neluk molg‘a muncha ko‘ngul bog‘lamoq,
Bu mol kelsa arta borur boz kecha.
95



Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish