MUNDARIJA
3- BOB. MS Excelda matematik masalalarni yechish 1
KIRISH 1
1-BOB. MICROSOFT EXCEL DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI 4
l.l.Microsoft Excel muharriri va uning qulayliklari 4
1.2.MS.Excelni ishga tushirish ,ma’lumotlar ustida qayta ishlash vositalari 7
1.3.MS.Excelning standart funksiyalarini ishlatilishi 11
1.4.Excelda ob’yekt va tasvirlarni joylashtirish. 14
2-BOB. MICROSOFT EXCELDA FORMULA VA FUNKSIYALAR BILAN ISHLASH 2.1. MS.Excelda formulalar yozilishi haqida 15
2.2Matematik shakllarni tasvirlash. 21
2.1.MS.Excelda formulalar yozilishi haqida 23
2.2Matematik shakllarni tasvirlash. 23
2.3Matematik bog’lanishlarni tasvirlash. 23
us, 26
3.3.Geometrik masalalarni yechish Prizmaning yon sirtini topish 30
MS.Excelda formulalar yozilishi haqida
Matematik shakllarni tasvirlash.
Matematik bog’lanishlami tasvirlash.
3- BOB. MS Excelda matematik masalalarni yechish
MS Excelda matematik masalalarni yechish haqida
Geometrik masalalarni yechish
Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish
XULOSA 65
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 67
KIRISH
“Men XXI asr ma’naviyat asri, ma’rifat asri, ilm-fan va madaniyat va axborot asri bo’lib
qolishiga ishonaman ”
I.A.Karimov
Ta’lim tizimidagi chuqur va keng ko’lamli islohotlarning mazmuni va amalga oshirish muddatlari O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to,g,risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’z ifodasini topgan. Jumladan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’kidlanganidek, “Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish” lozim.
Ma’lumki, jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zahiralaridan foydalanishni tashkil etish, intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko’proq ta’sir ko’rsatadi.
Jamiyatning barcha sohalarini axborotlashtirish jadal rivojlanib bormoqda. Ushbu yo’nalishda O’zbekiston Respublikasida ham yuqorida belgilab berilgan tamoyillar amalga oshirilishi orqali axborotlashgan jamiyat sari shaxdam qadamlar bilan borilmoqda.
Buning yorqin dalili sifatida 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning 2002 yil 30 maydagi PF-3080-sonli «Komp'yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarorlari va vazirliklarning ko'rsatma hamda tavsiyalari va 2001 yilning may oyida Respublikamizda birinchi marta o’tkazilgan Internet festivalini aytib o’tish mumkin.
Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xo’jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya , sohasi, savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to’plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va xizmatlaridan foydalanish yuqori darajada shakllanmoqda.
Zamonaviy jamiyatda insonnning ishlab chiqarish faoliyati umumlashgan ishlab chiqarish doirasida kechmoqda. Umumlashgan ishlab chiqarish bir-biri bilan uzviy bog’liq fizik(moddiy) hamda axborot-mantiqiy qismlardan iborat. Ishlab chiqarishning axborot -mantiqiy qismiga kuch bergan mamlakatlar yuqori ish unumdorligi va zamonaviy, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishga erishganliklari ma’lum. Axborot-mantiqiy ishlab chiqarishning resurslari asosini, mehnat vositalarini esa hisoblash texnikasi, uning dasturiy ta’minoti, axborot texnologiyalari va boshqalar tashkil etadi. Mehnat vositalari hamda aqliy mehnatni sarf qiluvchi, tajriba va bilimga ega insonlar axborot-mantiqiy ishlab chiqarishning kuchlarini tashkil qiladi.
Axborot-mantiqiy ishab chiqrishning mahsuloti abstract ob’yekt (axborot, model) iste’mol predmeti sifatida namoyon bo’ladi.
Ayni vaqtda o’quvchilarda axborot texnogiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash imkonyatlarini va ko’nikmalarini hosil qilish asosiy ahamiyatga ega. Masalan:
Ma’lumotlar banki haqidagi bilimlarga ega bo’lish;
Reja tuzishda va kutilayotgan natijarni olish;
Ishci o’rilarga tegishli hujjatlarini tuzish va tartibga keltirish;
Tashkilot yoki guruh taqdimot marosimini o’tkazish;
Reklamalarni loyihasini tuzish va reklama materiallarini tayinlash, hisobotlar va shartnomalar tayyorlash;
Mijozlar haqidagi ma’lumotlar ro’yxatini saqlash va u bilan ishlash;
Mijozlarga xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish;
Telefon yoki Internet orqali xizmatni yo’lga qo’yish;
Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlardan foydalanish.
Shu bois mehnat unumdorligi ko’p jihatdan informatikaga bog’liqdir.Bu borada yaratilgan bir qator amaliy dasturlar mavjuddir.Ulardan biri Elektron jadval deb ataluvchi MS .Excel dasturidir.
Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy dasturiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi MS Excel dasturidir. Excel WINDOWS operatsion qobig’i boshqaruvida electron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo’ljallangan.
Elektron jadvalllar asosan matematik masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohalarga tegishli masalallarni yechishga ham, masalan, formulalar yordamida hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun EXCEL dasturini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan EXCEL bilan ishlay olish ko’nikmasiga ega bo’lish talab etiladi. Bu esa mazkur muammoning dolzarbligini bildiradi.
Ushbuga oid A.Abduqadirov, M.Lutfillaev, E.Bidaybekov, M.Aripov, R.Aloev, V.Kapteilinin, V.Lapaev kabi etuk olimlar tomonidan dasturlash tillari imkoniyatlari va ularning amaliyotdagi o’rni haqida qator ishlar amalga oshirilgan. Biroq qaralayotgan muammo yuzasidan mavjud manbalarda MICROSOFT EXCEL dasturi matematik formulalari va funkciyalari yordamida o’quvchilarda amaliy masalalar yechish usullari to’laqonli ochib berilmagan. Shu sababli, ushbu masala tadqiqot ob'ekti sifatida tajribalar tahliliga asoslangan holda o’rganildi.
Inson o’z ish faoliyati davomida ko’pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo’lgan ishlarni bajarishga majbur bo’ladi. MICROSOFT EXCEL dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.
BOB. MICROSOFT EXCEL DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI
Microsoft Excel muharriri va uning qulayliklari
Kompyuterlarda ma’lumotlarni jadval ko’rinishda
tasvirlash ,ularni tahlil qilish , hisob -kitob ishlarini olib borish uchun maxsus amamliy dasturlar -Super Calc, Excel yaratilgan bo’lib,ular electron jadvallar yoxud, jadval protsessori deb ataladi. Ayni vaqtda electron jadvallarning qollaniladigan sohalari ko’p, xususan, buxgalteriya, bank va soliq sohalari, iqtisodiy masalalarni yechishda qo’llanilib kelinmoqda.Ana shu dasturlardan bugungi kunda eng ommmaviy ravishda qo’llanilayotgan dastur MS.Excel dasturidir.
MS.Excel Microsoft Office paketiga kiruvchi hamda Windows operatsion qobiq dastur boshqaruvida ishlovchi ma’lumotli jadvalllarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan dasturdir.Excelda tayyorlangan har bir hujjat ixtiyoriy ism va .XLS kengaytmadan iborat fayl bo’ladi.Har bir faylda bittadan 255 tagacha elektron yacheykalar joylashishi mumkin.Ularning har biri ish varag’i deb yuritiladi.Microsoft Excelning asosiy ish maydoni bu “ish kitobi” bo’lib,u bir yoki bir nechta ish varaqlardan iborat bo’ladi.Ish varag’ida buxgalter kitobi kabi sonlar, matnlar, arifmetrik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Excelning buxgalter ish kitobidan asosiy farqi barcha ishlarini unung o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasiga qoladi. MS.Excel dasturida quyidagi ishlar ko’lami bajariladi:
Excelni yuklash
Jadval mavzusini kiritish
Ustun va satrlar kengligini aniqlash
Ustun nomini berish
Jadvalga ma’lumot yozish
Ma’lumotli jadvallarni fayl ko’rinishda diskka yozish
Diskdan faylni ekranga chiqarish
Jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil qilish
Shriftlar bilan ishlash
Formula funksiyalar bilan ishlash
Jadval yacheykalarida hisob-kitob ishlarini bajarish
Ma’lumotni saralash
Jadvalni chop etish
Ustun va satrlardagi ma’lumotlarni o’chirish
Diagrammalar hosil qilish
Natijaviy hisobotlarni chop etish
Excel menyusi bilan ishlash
Exceldan chiqish
Qayd etilgan ishlar ko’lami Excelning asosiy imkoniyatlarini belgilaydi.Excel electron jadvali 16384 ta qator va 256 ustundan iborat.Qatorlar Ida 16384 gacha raqamlangan ,ustunlar esa lotin
alifbosining bosh harflari
(A,B,....,AA,AB, IV) bilan belgilangan.Qator va ustunlar kesishmasida
elektron jadvalning tarkibiy asosiy elementi-yacheyka joylashgan. Har bir yacheykaga son ,matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi.Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish ham mumkin.
Elektron jadvalning tanlangan yacheykasiga o’tish uchun aniq manzil ko’rsatilishi shart.
Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi EXCEL dastiridir.EXCEL WINDOWS operatsion qobiq boshqaruvida electron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo’ljallangan .
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsada,uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi.Shuning uchun Excel dasturini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan EXCEL bilan ishlay olish ko’nikmasiga ega bo’lishni talab etadi.
Inson o’z ish faoliyati davomida ko’pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli,ba’zida esa murakkab bo’lgan ishlarni bajarish gato’g’ri keladi. MICROSOFT EXCEL dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.
Microsoft Excel electron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib , iqrisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay,balki har kuni xarid qilinadigan oziq ovqatlar,uy-ro’zg’or buyumlari hamda bankgagi hisob raqamlari hisob-kitobvini olib borish yordam beruvchi tayyor dasturdir.
MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma’lumotlar jadval ko’rinishda namoyon bo’lib, bunda jadval yacheykalarining ma’lumqismiga boshlang’ich va birlamchi ma’lumotlar kiritiladi.Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar natijalaridan iborat bo’lgan axborotlardir.Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma’lumotlarni kiritish mumkin:
Matnli ma’lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o’z ichiga oladi.Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.Formulalar kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiytmatlarni hisoblaydigan ifodalardir. Formulalar har doim “=” belgisini qo’yish bilan boshlanadi.Formula yacheykaga kiritilganadan so’ng shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo’ladi.Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o’zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar bo’yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hoosil qilib beradi.Elektron jadvalning asosiy elementi yacheyka va diapazonlar.
Yacheyka - bu jadvaldagi manzili ko’rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig’ida joylashgan elementdir.Yacheyka kesishmalarida hosil bo’lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi.Masalan, A-ustun, 4-qator kesishmasida joylashgan yacheyka A4 deb ataladi.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapozon deb ataladi.Diapazon manzilini aniq ko’rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va o’ng quyi yacheykalar manzillari olinib,ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi.Masalan:A1:A4
Ishchi jadvallarni ko’rib chiqishda yoki yacheykalarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.
MS.Excelni ishga tushirish ,ma’lumotlar ustida qayta ishlash vositalari
MICROSOFT EXCEL dasturini bir necha usul bilan ishga tushirish mumkin1.Ish stolida menyusida quyidagilarni bajarish orqali: ПУСК- ПРОГРАММЫ-Microsoft Excel
MICROSOFT EXCEL da yozilgan ixtiyoroy hujjatni ochish yordamida, bunda Excel dasturi avtomatik ravishda ishga tushiriladi.
Microsoft Excel ishga tushirilgandan so’ng ekranda quyidagilar hosil bo’ladi:
9
3
E2 Mir.rnnnft Гxr.nl
|
|
■JJJ *|
|
файл Правка Виц Вст
|
авка Формат С'ирвис Данный Окно Справка
|
I
|
□ & га ^ | ft a
|
A 4s № <f | ■ ’ А г Л «1 Я | Ц|Я юоч
|
- щ.р
|
J Ariel Су г
|
.10 - ж к а * * * Щ ® % ODD Td8 Л
|
|