Reja:
Kirish…………………………………………………………….2
1.Monopoliya tushunchasi va uning nazariy asoslari…………..4
2.Monopoliya turlari va ularning tasnifi………………………..8
3.Mamlakatimizda monopoliyaga qarshi kurashish va antimonopol qonunchilik…………………………………………………………27
4.O’zbekistonda monopol korxonalar faoliyati………………35
5.O’zbekistonda monopolyaga qarshi kurashish va raqobar muhitini yanada yaxshilash yo’nalishlari……………………………………45
Xulosa…………………………………………………………54
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..56
Kirish
O’zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan
siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida mulk egalari qo’liga topshirilgan taqdirda, ko’p tarmog’li iqtisodiyot va raqobatchilik muhiti vujudga keladi. Raqobatning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlarning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bunday shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda mavjud bo’lishi mumkin. I.A. Karimov raqobashing bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini qo'rsatib, «Raqobat bo'lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo'lmaydi. Raqobat —
bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»
1, deb yozadilar.
Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini ham bildiradi.
Iqtisodiy sub'ektlarning qulay mavqega ega bo’lish, daromad olishga intilishlari natijasida raqobat kelib chiqadi. Raqobat tarixiy taraqqiyot mahsuli bo’lganligi uchun uning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari mavjuddir. Raqobatda inson manfaatini aks ettiruvchi
barcha xususiyatlar, ya'ni ijtimoiy, siyosiy, huhuqiy, ma'naviy kabi qator boshqa jihatlar asos sifatida yuzaga chiqadi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr mobaynida o’z-o’zidan, evolyusion yo’l bilan vujudga kelgan.Bunday holat asta-sekin erkin raqobat muhitining tashkil bo’lishiga olib keldi.
Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi.Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat kam qatnashadi. Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. har
bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakterigacfgsrhdyjuyghmgfbfdhuygjhxdvsttyh qarab, bu siyosat erkin raqobat
muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda
qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga qaratiladi
Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi
qonunchilik, asosan,quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi: 1) ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqa ruvchi qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra, hech bir korxona (korporasiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishga haqli bo’lmaydi; 2) barcha yirik korporasiyalar ishtirokchilari boshqa korporasiyalar aksiyalarining ma'lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasligi kerak; 3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan
yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. Milliy iqtisodiyotda davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishga qaratiladi.