I. A. Karimov o‘zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q" asarida tarixchilar oldida turgan vazifalar haqida gapirib shunday deydi: "Biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni millatimizni ana shu tarix bilan q



Download 3,57 Mb.
bet2/4
Sana30.06.2022
Hajmi3,57 Mb.
#719932
1   2   3   4
Bog'liq
Botirov Bobur Mirzo amaliyot

I Bob. O’zbekiston Milliy Arxivi
1.1. O’zbekiston Milliy Arxivi tarixi va uning asosiy jamg’armalari
O‘zbekiston Milliy Arxivi respublika ahamiyatidagi tashkilot hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga bo‘ysunadi. Arxiv O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. U o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi yo‘riqnomalari, qoidalari va ko‘rsatmalariga amal qiladi.
Arxiv 1958-yili O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivi hamda O‘z SSR oktabr inqilobi va sotsialistik qurilish Markaziy davlat arxivining (1931-yilda tashkil topgan) qo‘shilishi natijasida tashkil topdi. Arxiv binosi maxsus loyiha asosida 1964-yilda qurilgan bo‘lib, arxiv hujjatxonalarining maydoni 5608,1m. 1991-yildan esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb nomlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini saqlovchi muassasa sifatida
2003-yil 22-yanvarda Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi respublikadagi eng katta arxiv bo‘lib, 2867 ta fond, 5141 ta yig‘majildlar ro‘yxati, 1 mln. 600 mingdan ortiq yig‘majild, 18 ta hujjat saqlovxonada XIII asrdan (ma’lumotlarning eng qadimiysi IX asrga tegishli) bugungi kungacha bolgan hujjatlar saqlanadi. Ulardan 167 mingdan ortiq saqlov birligi va 15 mln.dan ortiq kadrdan iborat sug‘urta nusxalari mavjud.2010-yilgi shtatlar jadvali bo‘yicha arxivda 9 ta bo‘lim va 92 ta xodim (Pullik xizmat ko‘rsatishdan olingan foyda hisobiga hujjatlarni jamlash, idoralarga qarashli arxivlar va ish yuritish bo‘limidan tashqari) faoliyat yuritadi.
Arxivda milliy bo‘linishga qadar Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistonning bir qismi kirgan Turkiston tarixiga oid hamda O‘zbekiston tarixini aks ettiruvchi hujjatlar saqlanadi.
Harbiy gubemator va Turkiston viloyati qo‘shinlar qo'mondoni hamda markaziy viloyat mahalliy aholisini boshqaruvchisining Turkiston generalgubernatorligi shakllanishidan avvalgi davrga taalluqli bo‘lgan davrga qarashli (1865-1868 yillar) jamg‘armalarida ma’muriy tuzilma va aholini boshqarish, Turkiston viloyati haqida ma’lumotlar bor.
Turkiston general-gubernatori devonxonasi, Turkiston general gubernatoriga qarashli diplomatik amaldori, Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi jamg‘armalarida Rossiyaning g‘arbiy Xitoy, Afg‘oniston, Buxoro, Xiva, Eron bilan bo‘lgan diplomatik va iqtisodiy aloqalari haqidagi materiallari to‘plangan. Turkiston general-gubernatorining O‘rta Osiyo hokimiyatlari bilan tuzilgati shartnomalari, O‘rta Osiyoning Rossiyaga biriktirilishi tarixi to‘g‘risida, Rus qo‘shinlari G‘o‘lja tumanini egallashi (1871-yil) va uni Xitoyga (1881-yil) qaytarilishi, Pomir tumanini Rossiyaga biriktirilishi (1895-yil), Turkistonga qo‘shni bo‘lgan davlatlarning siyosiy va iqtisodiy hayotiga oid hujjatlar mavjud. Hujjatlar Turkiston o‘lkasining ma’muriy tuzilishi, uning alohida mintaqalarini ta’riflaydi, shaharlar tuzilishi va shahar nizomini kiritilishi, madrasa va masjidlaming holati va soni haqida guvohlik beradi.
Turkiston general-gubernatori devonxonasi, Turkiston tuman qo‘riqlash bo‘limi, viloyat boshqaruvi, uyezd boshliqlari, mahkama organlari hujjatlari va boshqa jamg‘armalarda O‘rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik kurashlari aks ettirilgan. Hujjatlarda Farg‘onadagi qo‘zg‘olon (1885-yil), Buxorodagi g‘alayon (1910-yil), Turkiston o‘lkasidagi qo‘zg‘olonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bor.
Turkiston o‘lkasi moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy-xo‘jalik muassasalari, tashkilotlari va korxonalari, Turkiston general-gubematori devonxonasi jamg‘armalari hujjatlarida aks ettirilgan. Tog‘-kon qazib olish, paxta qayta ishlash sanoati, sanoat korxonalarini, temir yo‘llarini barpo etish, rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar, paxtani qayta ishlash, xarid qilish va sotish, savdo-sanoat va Turkiston o‘lkasi davlat mulki va dehqonchilik boshqarmasi hujjatlarida mavjud.
Hujjatlar dehqonchilik, yerdan foydalanish masalalari, vaqf masalalarini hal etish, paxta va boshqa texnik o'simliklarni yetishtirish, bog‘dorchilikni, pillachilik, uzumchilik, tamakichilikni rivojlantirish masalalarini yoritadi, ekin va turli boshoqli ekinlar hosildorligi, xalqaro va Rossiya ko‘rgazmalarida namoyish etish haqida malumotlarga ega. Sug‘orish inshootlarini barpo etish va ularni o‘zgartirish,
ya’ni yerlarga suv chiqarish, o‘rmonzorlar yaratish va qum to‘sish ishlari haqida, zakot, mirabon va boshqa soliqlar haqida ma’lumotlar Turkiston generalgubernatori devonxonasi, dehqonchilik va davlat mulki boshqaruvi jamg‘armalari hujjatlarida aks topgan.
Turkistonning madaniy hayoti o‘quv va madaniy-yoritish ilmiy ekspeditsiya va tadqiqotchilar haqidagi hisobotlar va yozishmalar, Rossiya jo‘g‘rofiya jamiyatining Turkiston bo‘limi, kutubxonasi, muzeylar, arxeologik izlanish va tarixiy yodgorliklami saqlash ishlari haqida, shuningdek ilmiy jamiyatlar kengashlarida so‘zlagan ma’ruzalaming qo‘lyozmalari, olimlar xatlari saqlangan. Viloyat boshqaruvi jamg‘armalarida vabo, o‘lat, chechak kasalligi epidemiyalariga qarshi kurash haqidagi ma’lumotlar mavjud.
Xiva xonligining devonxonasi (1874-1917-yil) va Buxoro amirining Qushbegi Arxivi jamg‘armalari Buxoro va Xiva xonliklarining siyosiy va iqtisodiy holatini, mahalliy aholining tarkibi va mulkchiligini, beklar ya musulmon dini peshvolarini, O‘rta Osiyo xalqining madaniyati, urf va odatlarini tariflaydi. 1917-yil fevraldan oktabrgacha bo‘lgan davrdagi Vaqtli hukumatning siyosatini ta’riflovchi hujjatlar Turkiston qo‘mitasi Vaqtli huqumat, ishchi va soldat deputatlarining O‘lka soveti jamg‘armalarida mujassamlashgan.
Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (MIQ), Xalq Komissarlari Soveti (XKS) va Turkiston ASSR xalq komissariatlari jamg‘armalaridagi hujjatlarida Sovet hukumatining o‘matilishi va uning xo‘jalik va madaniy qurilishdagi faoliyatini aks ettiruvchi hodisa va voqealar yoritib berilgan. Shuningdek, Turkiston Respublikasi deb e’lon qilinishiga oid, ishlab chiqarish korxonalarini, mahalliy boylaming yerlarini milliylashtirish, ishlab chiqarishga ishchilar nazoratini joriy etish, frontlardagi ahvol haqida tezkor ma’lumotlar, milliy ozodlik harakatlariga qarshi qilingan operatsiyalar haqidagi hujjatlar ham bor. 1924-yilda O‘rta
Osiyoda milliy-hududiy chegaralash ishlarini o‘tkazishga tayyorgarlik O‘zbekiston va Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR, Qirg‘iziston avtonom viloyatini tashkil topish va sovet davri O‘zbekiston tarixining keyingi davriga oid voqealar haqidagi hujjatlar Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (TurMIQ), 0 ‘zSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Soveti (MIQ va XKS 0 ‘zSSR) jamg‘armalarida mavjud. Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining birinchi raisi Y. Oxunboboyevning faoliyati haqidagi hujjatlar ham bor.
Arxivda Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining markaziy va mahalliy tashkilotlarining hujjatlari saqlanadi (1920-1924-yiliar).O‘rta Osiyo, shu jumladan O‘zbekistoh xalq xo‘jaligining rivojlanishi masalalari haqidagi hujjatlar xalq xo‘jaligi markaziy kengashi, iqtisodiy kengash, Davlat rejasi, Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi idoralari, O‘z SSR Davlat rejasi, O‘rta Osiyo iqtisod kengashi va O‘rta Osiyo davlat rejasi jamg‘armalarida mujassamlangan. Og‘ir mashinasozlik, kon qazish, paxta tozalash, yengil sanoat, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarining shakllanishi va rivojlanishi Ikkinchi jahon urushi, urushdan keyingi davr haqidagi ma’lumotlar sanoat va korxonalar jamg‘armalarida mavjud.
Qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish 1925-1926-yillardagi yer-suv islohotini o‘tkazilishi, Qo‘shchi birlashmasining tashkil topishi, qishloq xo‘jaligining qayta tuzilishi, paxtachilik, ipakchilik, o‘rmon xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, chorvachilik, suv inshootlarining rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar yer masalalari bo‘yicha xalq qo‘mitasi va uning boshqarma va bo‘limlari jamg‘armalari hujjatlarida aksini topgan. Qo‘riq yemi o‘zlashtirish va sug‘orish bosh rejasi ham saqlangan. Hujjatlarda yig‘im-terim va paxta tayyorlash mavsumi, agronomlik tarmoqlarini tashkil qilish, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurash, tuproq-ni o‘rganish tadqiqotlari, melioratsiya va gidrotexnika ishlari, jamoa xo‘jaligi faoliyatini tashkil qilish, MTSlar haqida ma’lumotlar bor.
O‘rta Osiyo respublikalari hududida davlat va kooperativ savdoni boshqarish haqida, qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq ishlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va boshqa tovarlar bilan xalqni ta’minlash, O‘rta Osiyo respublikalarining butun ittifoq yarmarkalarida ishtirok etishi, hunarmandchilik va iste’molchilik kooperatsiyalari haqidagi hujjatlar, savdo muassasalari, kooperativ tashkilotlar, aksionerlik jamiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bojxona jamg‘armalarida mavjud.
Madaniy qurilish, ilm-fanning shakllanishi va rivojlanishi, xalq ta’limini tashkil qilish, ilmiy muassasalar tarmog‘i, bolalar turmushini yaxshilash masalalari, sog‘liqni saqlash haqidagi ma’lumotlar Madaniyat vazirligi, maorif, sog‘liqni saqlash va ulaming muassasalari jamg‘armalarida yoritilgan.Nashriyot va nashriyot ishlari, adabiyot va san’atning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar Madaniyat Vazirligi, nashriyot tahririyatlari, ijodiy uyushmalar jamg‘armalarida mavjud.
O‘rta Osiyoda huquq me’yorlarini o‘rnatish, musulmon xalq sudlarini tuzish haqidagi ma’lumotlar sud prokuratura organlari jamg‘armalari hujjatlarida aks ettirilgan. Kasaba uyushmalari va jamoa tashkilotlarining faoliyatlari, mehnatni muhofaza qilish, mehnatkashlami sog‘lomlashtirish va boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumotlar Turkiston byuro VTSSPS, O‘zbekiston kasaba uyushmasi, markaziy, respublika va mahalliy kasaba uyushmasi qo‘mitalari, Markaziy ixtiyoriy jamiyatlar qo‘mitalari jamg‘armalarida yoritilgan.
Arxivda shaxsiy kelib chiqish jamg‘armalari ham mavjud. Ular orasida: P.A. Kobozev (Turkiston Markaziy ijroiya qo‘mitasining raisi) va D.I. Manjara
(TurMIQ raisi o‘rinbosari); fan arboblaridan: qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor A.I. Belov, O‘z SSR fanlar akademiyasi prezidenti H.M .Abdullayev; adabiyot va sanat namoyondalaridan - yozuvchilar D.M. Abdullaxanov, S. Abduqahhorov, A. V. Almatinskaya, O‘z SSR xalq rassomi L. A. Abdullayev, arxeolog Ya.G. Gulyamov, akademik-etnograf K. Shoniyozov, akademiksharqshunos S.A. Azimjonova, tarixchi A. Karimov, rassom J. Xasanova, texnika fanlari doktori, samolyotsoz X.G. Sarimsoqov, yozuvchi-tarjimon G.A. Jahongirov, seleksioner olim S.N. Alimuhamedov va boshqalaming shaxsiy jamg‘armalari bor.
Arxiv ishini boshqaruv idoralari o‘zining faoliyati yakunlari va ulaming qaramog‘idagi arxiv tashkilotlari ishi haqida umumlashma yig‘ma yillik hisobotlar tuzadilar.Shuni aytib o‘tish kerakki, arxivni muntazam ravishda arxiv hujjatlari bilan jamlashni tashkil etish, tizimli hisobga olish va tegishli sharoitda saqlash, arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish istiqbolli rejalami amaiga oshirish kabi ishlarni amaiga oshirib arxiv ishini rivojlanishini tezlashtirish zarur.


Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish