I. A. Karimov o‘zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q" asarida tarixchilar oldida turgan vazifalar haqida gapirib shunday deydi: "Biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni millatimizni ana shu tarix bilan q


O’zbekiston Milliy Arxivi tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar va fuqarolarni qabul qilish



Download 3,57 Mb.
bet3/4
Sana30.06.2022
Hajmi3,57 Mb.
#719932
1   2   3   4
Bog'liq
Botirov Bobur Mirzo amaliyot

1.2. O’zbekiston Milliy Arxivi tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar va fuqarolarni qabul qilish
O’zbekiston Milliy Arxivi o‘z faoliyatini arxiv direksiyasi ishining va arxiv rivojlantirish rejalari asosida amalga oshiradi.
Arxivning asosiy vazifalari:

  •  arxiv yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlar bilan jamlash;

  •  arxivning hisobga olish tizimi va ilmiy-ma’lumot apparatini rivojlantirish va takomillashtirish;

  •  arxivda saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi jamg‘armasi hujjatlari saqlovini ta’minlash;

  •  arxivning axborot bazasini kengaytirish;  amaliy yordam ko’rsatish.

Arxiv arxiv hujjatlarming davlat hisobini amaiga oshiradi va arxiv ishi bo‘yicha yuqori boshqaruv organiga MAF hujjatlarining markazlashgan hisobini yuritish uchun hisob ma’lumotlarini taqdim etadi. Arxiv tashkilotlari hisobot ham tayyorlaydilar. Hisobot bu shunday hujjatki, unda ma’lum davrga mo’ljallangan rejaning bajarilishi bo‘yicha tashkilot faoliyatining yakuni aks ettiriladi. Hisobotni tuzish jarayoni bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi. Tashkilot xodimlari shaxsiy ish rejasini bajarish to‘g‘risida hisobot yozadi.
Tashkilotning har bo‘limi yuqoridagi hisobotlar asosida bo‘limning umumiy hisobotini tayyorlaydi, Bo‘limlar hisobotlari asosida butun tashkilot hisoboti tuziladi. Davlat arxivlari yuqori arxiv idoralariga yozma hisobot va statistik hisobotlardan tashkil topgan yillik hisobot topshiradilar. Yozma hisobot yillik rejaning barcha bo‘limlari bo‘yicha va uning shakliga muvofiq tuziladi. Yozma hisobotda yillik rejaning bajarilishi tahlil etiladi, uning ba’zi ko‘rsatkichlari bajarilmay qolgan ayrim tadbirlar boshqalar bilan o‘zgartirilgan hollarda uning sabablari sharxlab beriladi. Davlat arxivlarini butlash qaysi tarmoqlar bo‘yicha bo‘lganligi, qaysi tugatilgan tashkilotlardan hujjatlar qabul qilinganligi qayd etiladi. Ilmiy-ma’lumot apparatini qaysi yo‘nalishlari bo‘yicha takomillashtirish ishlari amaiga oshirilgani, qayta ishlangan fondlar ro‘yxatlari nomeri ko‘rsatiladi. Hujjatlardan foydalanishning barcha turlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar mavzusiga batafsil to'xtaladi va arxiv ishida duch kelingan qiyinchiliklar yoritiladi.
Yil davomida arxiv ishining rivojlantirish haqidagi hisobotni taqdim etish tartibi, muddati va ilovalar tarkibini arxiv ishining rivojlantirish bo‘yicha yuqori boshqaruv organi belgilaydi.Tuzilmaviy bo‘linma rejasini xodimning shaxsiy rejasini bajarilishi haqidagi hisobotlar rejalar shakliga ko‘ra tuziladi va rejalash- tirish davriyligiga va arxiv direktori o'matgan muddatlarga muvofiq bo‘ladi.
Barcha foydalanuvchilar arxiv hujjatlaridan foydalanishda teng huquqlarga ega. O‘quv xonalariga qatnaganligi, arxiv hujjatlaridan foydalanganligi uchun haq olinmaydi.Ilmiy-tadqiqot muassasalarining rejalariga muvofiq ilmiy ish olib borayotgan yoki xizmat topshirig‘ini bajarayotgan foydalanuvchilar o‘zlarini yuborgan tashkilotlaming xatlarini taqdim etadilar. Shaxsiy tashabbusi bilan tadqiqot olib borayotgan foydalanuvchilar o‘quv xonalariga shaxsiy arizalari asosida qo‘yiladi. Xatlarda yoki shaxsiy arizalarda foydalanuvchilaming familiya, ismi, otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, ilmiy darajasi, unvoni, tadqiqot mavzusi xronologik doirasi, maqsadi ko‘rsatiladi.
O‘quv xonada ishlash uchun ruxsat arxivlar rahbariyati tomonidan foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan muddatga, odatda rasmiylashtirish kunidan boshlab 1 yilga beriladi. Zarurat tug‘ilgan taqdirda muddatini uzaytirish masalasi arxiv rahbariyati bilan kelishib olinadi. 16 yoshga yetmagan shaxslar hujjatlar bilan ishlashga qo‘yilmaydi. O‘quv xonalariga ruxsatnomalami rasmiylashtirish foydalanuvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Milliy Arxivi hujjatlami nashr qilish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatadi, bu tashkilotlarga respublika davlat arxivi hujjatlaridan ilmiy, amaliy, ijtimoiy-madaniy va boshqa maqsadlarda foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar yetkazib beradi.Bundan tashqari, O’zbekiston Milliy Arxivi tashkilotlar va jismoniy shaxslarning davlat arxivi hujjatlari bo‘yicha tematik so‘rovlariga javob beradi; davlat arxivida mavjud hujjatlami tematik guruhlarga ajratadi; tashkilot va muassasalaming tashabbuslariga ko‘ra arxiv hujjatlari bo'yicha ko‘rgazmalar, ekskursiyalar o‘tkazadi.
O’zbekiston Milliy Arxivi o‘rta ta’lim muassasalariga ham xizmatlar ko‘rsatadi, ya’ni arxiv hujjatlaridan foydalangan holda maktablarda darslar uyushtiradi.O’zbekiston Milliy Arxivi shartnoma asosida arxiv yo‘nalishlari bo‘yicha pullik xizmatlarini taklif qiladi. Fuqarolami qabul qilish ishini hujjatlardan foydalanish va nashr etish bo‘limi tashkil qiladi, u ijtimoiy-huquqiy so‘rovlami bajaradi va fuqarolarni qabul qiladi. Shuning uchun foydalanuvchi tomonidan so‘rov varaqasi to‘ldiriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, ish joyi (tashkilotning to‘g‘ri nomi), u yoki bu tashkilotda ishlagan vaqti, murojaat qiluvchining manzili va uning telefoni. Fuqarolaming so‘rovlarini bajarish muddati - 1 oy hisoblanadi.



Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish