I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Savdo cheklovi va Monopoliyaga qarshi qonunlar



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

Savdo cheklovi va Monopoliyaga qarshi qonunlar 

 

Siyosat  hamkorlikni  rag`batlantirmasligini  bir  yo`li  umumiy  qonun  orqali 



hisoblanadi.  Odatda,  shartnoma  erkinligi  bozor  iqtisodiyotining  ajralmas  qismi 

hisoblanadi.  Korxonalar  va  uy  ho`jaliklari  o`zaro  manfaatli  savdo  tashkil  qilish 

shartnomalaridan  foydalanadi.  Bu  ishda,  ular  shartnomalarni  amalga  oshirish 

uchun sud tizimiga tayanadi.  

 

Monopoliyaga  qarshi  qonunchilik —  davlatning  Monopoliyaga  qarshi 

kurash  siyosati.  Dunyo  tajribasiga  ko`ra,  Monopoliyaga  qarshi  qonunchilik  

asosan,  quyidagi  yo`nalishlar  bo`yicha  shakllandi.  Birinchidan,  ishlab  chiqarish 

(tarmoq)ni  boshqaruvchi  qonunlar.  Bu  qonunlarga  binoan,  odatda,  hech  bir 

korxona  (korporatsiya)ning  biror  turdagi  mahsulot  ishlab  chiqarishning  yarmidan 

ortig`ini  nazorat  qilishga  huquq  berilmaydi.  Ikkinchidan,  barcha  yirik 

korporatsiyalar  ishtirokchilari  boshqa  korporatsiyalar  aksiyalarining  maʼlum 

cheklangan  miqdoridan  ortig`iga  ega  bo`la  olmasligi  belgilab  qo`yiladi. 




 

301 


Uchinchidan,  narxlarni  bozor  muvozanati  belgilagan  darajadan  yuqori  yoki  past 

turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy 

qilinadi. 

 

Davlatning  Monopoliyalarga  qarshi  siyosati  milliy  iqtisodiyotida  raqobat 



oddindan 

shakllanib 

bo`lgan 

mamlakatlarda 

raqobatchilik 

muhitini 

takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni 

shakllantirishga  qaratilgan.  Bozorda  Monopoliyani  o`rnatishga  urinishlar  va 

Monopol  mavqeni  suiste`mol  qilishni  taqikdaydigan  trestlarga  qarshi  birinchi 

qonun  —  Sherman  qonuni  AQShda  1890  yilda  qabul  qilingan.  Monopoliyaga 

qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan chora tadbirlar har 

bir  mamlakatda  sharoit  taqozo  etgan  shakllarda  amal  qiladi.  Rivojlangan  barcha 

davlatlarda sog`lom raqobat muhitini himoya  qilish maqsadida turli ko`rinishdagi, 

Monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. 

Masalan,  AQShda  Monopoliyaga  qarshi  davlat  siyosati  —  Federal  savdo 

komissiyasi  va  Adliya  departamentining  trestlarga  qarshi  boshqarmasi,  Rossiyada 

—  Monopoliyaga  qarshi  siyosat  va  tadbirkorlikni  qo`llabquvvatlash  vazirligi, 

Yaponiya  va  Janubiy  Koreyada  —  Halol  raqobat  bo`yicha  komissiya,  Yevropa 

Ittifoqida esa — Raqobat bo`yicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi. 

 

O`zbekistonda  Monopoliyaga  qarshi  organ  1992  yil  da  O`zbekiston 



Respublikasi  Moliya  vazirligining  Monopoliyaga  karshi  va  narx  siyosati  bosh 

boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996 yil 15 mayda ushbu boshqarma negizida 

Moliya  vazirligi  huzurida  Monopoliyadan  chiqarish  va  raqobatni  rivojlantirish 

qo`mitasi  tashkil  etildi.  2000  yil  2  avgustda  O`zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  "O`zbekiston  Respublikasi  Monopoliyadan  chiqarish  va  raqobatni 

rivojlantirish  Davlat  qo`mitasini  tashkil  etish  to`g`risida"gi  farmoniga  asosan 

Monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat 

qo`mitasiga aylantirildi.

26

 

                                                           



26

 

2000  yil  2  avgustdagi  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "O`zbekiston  Respublikasi 



Monopoliyadan  chiqarish  va  raqobatni  rivojlantirish  Davlat  qo`mitasini  tashkil  etish  to`g`risida"gi 

farmoni


 


 

302 


 

O`zbekiston  davlatining  raqobatchilik  muhitini  shakllantirishga  qaratilgan 

siyosatida  xususiylashtirish,  davlat  mulki  hisobidan  mulkchilikning  boshqa 

shakllarini  vujudga  keltirish  asosiy  o`rin  tutadi.  Xususiylashtirish  natijasida, 

birinchidan,  mulk  o`z  egalari  qo`liga  topshirilsa,  ikkinchidan,  ko`p  ukladli 

iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi. 

 

Raqobatni  shakllantirishda  iqtisodiyotning  davlat  korxonalari  saqlanib 



qolishi  kerak  bo`lgan  sohalardagi  korxonalar  uchun  ularning  bozor  sharoitlariga 

tarkiban  moslashuviga  imkon  beradigan  xo`jalik  yuritish  mexanizmini  ishlab 

chiqarish  muhim  o`rin  egallaydi.  Bu  mexanizm  davlat  korxonalari  iqtisodiy 

jihatdan erkin bo`lishini, ularning faoliyati tijoratlashgan bo`lishini nazarda tutadi. 

Bozor  iqtisodi-yotiga  o`tish  davrida  raqobatning  asosiy  usuli  narx  bo`lganligi 

sababli,  narxlarni  erkin  qo`yib  yuborish  raqobatli  muhitni  vujudga  keltirishning 

asosiy  talabi  hisoblanadi.  Shu  maqsadda  O`zbekistonda  "Monopolistik  faoliyatini 

cheklash  to`g`risida"gi  qonun  (1992  yil  3  avgusat)  qabul  qilindi  hamda  uning 

asosida  raqobatchilikni  rivojlantirishga  qaratilgan  bir  turkum  normativ  hujjatlar 

ishlab  chiqildi.  Mazkur  qonunga  ko`ra,  bozorda  ataylab  takchillik  yaratish, 

narxlarni  Monopollashtirish,  raqobatchilarning  bozorga  kirib  borishiga  to`sqinlik 

qilish, raqobatning g`irrom usullarini qo`llash man etiladi. 

 

Hozirgi  davrda  O`zbekistonda,  agar  korxona  ishlab  chiqargan  muayyan 



mahsulotlar  tovarlar  bozoridagi  shunday  mahsulotning  35%  dan  ortiq  bo`lsa,  bu 

korxona  Monopolist  korxona  sifatida  Davlat  reyestriga  kiritiladi  (oziqovqat 

tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan). 

 

Respublikada  Monopoliyalar  ro`yxatiga  kirgan  korxona  (tarmoq)larning 



bozordagi mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan:  

 

Monopol  mavqedagi  mahsulotlarga  narxlarning  eng  yuqori  darajasini  yoki 



rentabellik chegarasini belgilab qo`yish; 

 

o`z  Monopol  mavqeini  suiste`mol  qilgan  Monopolik  birlashmalarni  bo`lib 



tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi.  

 

O`zbekiston Respublikasining "Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish 



to`g`risida" (1996 yil 26 aprel)gi qonuni asosida g`irrom raqobatga, shu jumladan, 


 

303 


bozorlarga  belgilangan  talablarga  javob  bermaydigan  tovarlarning  kirishiga  yo`l 

qo`ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e`tibor berilgan. 

 

O`zbekiston  Respublikasining  "Tovar  bozorlarida  Monopolistik  faoliyatni 



cheklash  va  raqobat  to`g`risida"  qonuni  (1996  yil  27  dekabr)  Monopolistlar 

tomonidan  hukmronlik  mavqeini  suiste`mol  qilishning  oldini  olish  va  mo-

noAhmadiyadan  chiqarish  va  sog`lom  raqobat  muhitini  yaratish  maqsadlarini 

ko`zlaydi.  Iqtisodiyotning  ayrim  tarmoqdarida  raqobat  muhitini  shakllantirish 

iqtisodiy  jihatdan  maqsadga  muvofiq  emas.  Bu  tarmoqdagi  korxonalar,  odatda, 

"tabiiy  Monopoliyalar"  deb  ataladi.  O`zbekiston  Respublikasining  "Tabiiy 

Monopoliyalar to`g`risida"gi qonunida (1997 yil 25 aprel, yangi tahrirda 1999 yil 

19  avgust)  respublikada  tabiiy  Monopoliyalarga  nisbatan  davlat  siyosatining 

huquqiy  asoslari  belgilab  berildi.  O`zbekistonda  iqtisodiy  islohotlarning  tub 

mohiyatidan kelib chiqqan holda Monopoliyalarga qarshi va tabiiy Monopoliyalar 

to`g`risidagi  qonunchilik  takomillashtirilib,  ularning  Yevropa  Ittifoqi  va  boshqa 

rivojlangan qonunchilik andozalariga mos kelishi ta`minlab borilmoqda. 

 Bu qonunlar istalgan yolg`iz firmada birlashishni oldini olish uchun ortiqcha 

bozor hokimyatiga olib kelishda ishlatiladi. Bundan tashqari bu qonunlar birlashish 

ro`yxatidan  xususiy  Oligopoliyalarda  foydaianiladi,  o`shanda  ularning  bozorida 

kamroq raqobat bo`ladi. 




Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish