78
Nazorat savollari
1.
Nur kasalliklariga tushuncha bering?
2.
Odam organizmining nurlanishga moyilligi to‘g‘risida nimani bilasiz?
3.
Nurlanishlarga solishtirma tushuncha bering?
4.
Ionlashtiruvchi nurlarni tavsiflang?
5.
Radioaktivlikning qon umumiy tashxisidagi asosiy belgilari?
6.
Qon to‘qimasining tarkibi to‘g‘risida nimani bilasiz?
7.
Odam organizmida to‘qimalar qanday joylashgan?
8.
Odam tanasida to‘qimalar muvozanati nima?
9.
Tabiy radioaktivlik nima?
10.
Qon hosil qiluvchi to‘qimalar?
11.
Proton va neytronlar nima?
12.
Odam qanday yo‘llar bilan radioaktiv zararlanadi?
13.
Qonda trombotsitlarni etishmasligi nimaga sabab bo‘ladi?
14.
Organizmda
erkin radikallar nima, qanday hosil bo‘ladi?
15.
Nurlanishning organizmga biologik ta’siri nima?
16.
DNK ni buzilishi nima?
17.
Qonda eritrotsit nima?
18.
Leykotsitlar qonda qanday vazifani bajaradi?
19.
Nur kasalliklari organizmda radiaktivlik qancha bo‘lganda boshlanadi?
20.
Odam tanasining holati va radiatsiya munosabati qanday bo‘ladi?
79
IV - BOB. DOZIMETRIYA ASOSLARI VA RADIOAKTIV MODDA
AKTIVLIGINI , IONLASHTIRUVCHI NURLANISH DOZASI VA DOZA
QUVVATINI DOZIMETRIK NAZORAT QILISH ASBOBLARI
4.1. Dozimetriyaning vazifasi.
Radiatsiyaviy nazorat metodlari
Dozimetriya –
yadro fizikasi va o‘lchov texnikalarining bo‘limi bo‘lib moddaga
nurlanishning ionlashtiruvchi ta’siri xususiyatini baholashdir hamda uning metodlari
va vositalaridir.
Dozimetriyaning asosiy vazifasi ionlashtiruvchi nurlanishning aholiga va boshqa
obyektlarga ta’sir darajasini va xavfsiz miqdorini aniqlash va baholashdan iborat.
Dozimetriya yordamida zararlanish o‘chog‘ida
qutqaruv va tezkor avariya-
tiklash ishlari vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish uchun;
turli obyektlarning
radioaktiv moddalar bilan zararlanish darajasini aniqlashda,
oziq-ovqat, suv va
boshqa mahsulotlarning iste’mol qilishga yaroqliligini aniqlash uchun, har hil obyekt
va subyektlarning nurlanib qolishining oldini olish uchun
radioaktiv nurlanishni
aniqlash va o‘lchash ishlari bajariladi. Dozimetriya ishlarini tashkil qilish bilan aholi
radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlash amalga oshiriladi.
Radioaktivlik
yadro
portlashlar,
radiatsiyaviy
xavfli
obyektlardagi
avariyalardagina emas u turli materiallarda ham uchrashi mumkin. O‘zbekiston
sharoitida turli xil qurilish materiallari ishlab chiqarish mavjud. Tog‘ jinslaridan
olinadigan qurilish materiallari
turli tekshiruvlarsiz, xususan, radioaktivlikka
tekshirilayotgani yo‘q. Aksariyat ko‘r-ko‘rona foydalanish tashkil etilgan.
Tashqaridan, respublika tashqarisidan keltirilayotgan
materiallar ham yuqoridagi
kabi. Ular bo‘yicha xavfsizlik ishlarini etarli deb bo‘lmaydi.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari turlicha bo‘ladi. Shu sababli dozimetriyada
ularni aniqlash, o‘lchash metodlari va vositalari ham turlichadir.
Do'stlaringiz bilan baham: