59
III-BOB. RADIOAKTIV NURLANISHLARNING
ODAM ORGANIZMIGA TA’SIRI
3.1. Nurlanish olish hodisasi. Nurlanish
olish oqibatiga ta’sir qiluvchi omillar.
Inson
uchun alfa, betta va gamma nurlanish ancha xavfli bo‘lib, ular ancha
jiddiy kasalliklarga (nur kasali, genni buzilishi, farzandsizlik va hatto o‘lim)
sabab
bo‘lishi mumkin. Inson sog‘ligiga ta’sir etadigan radiatsiya darajasi uning zararlanish
turi, vaqti va chastotasiga bog‘liq.
Insonni nurlanishi radioaktiv moddalar bilan bog‘liq ishlab chiqarishda, uylarda
saqlanadigan ayrim antikvar predmetlarni (ular radiatsion ishlov berish bilan
tayyorlanadi) saqlashdan, mahsulotlardan hatto kiyimlar orqali sodir bo‘lishi
mumkin.
Ionlashtiruvchi radiatsiyaning o‘ziga xos biologik ta’siri uning ko‘rinmasligi va
sezilmasligidir. Shuning uchun u xavfli hisoblanadi.
Odam uni aniqlolmasligi
mumkin. Odam radioto‘lqin va ma’lum darajadagi optik nurning ta’sirini
to‘qimalarni qizishi, issiqlikni sezilishi orqali bilishi mumkin.
Radiatsiyaning mohiyati nimada? Atom yadrosi proton va neytrondan iborat.
Ularning nobarqarorligi sodir bo‘ladi va ortiqcha energiyadan xoli bo‘lishga harakat
qiladi, uni quyidagicha ifodalash mumkin:
-ikkita proton va neytrondan (alfa parchalanish) kichik bo‘lakcha chiqaradi;
-yadroda proton neytronga aylanadi va teskarisi. Bunda beta zarracha chiqaradi,
u elektronlar sifatida yoki uning teskari ishorali sherigi-antielektronlar;
-yadrodan elektromagnit to‘lqin ko‘rinishida ortiqcha energiya chiqishi sodir
bo‘ladi (gamma parchalanish).
Bundan tashqari yadro protonlarni va neytronlarni
nurlantirishi mumkin va
to‘liq bo‘laklarga bo‘laklashi mumkin. Shunday qilib, radiatsiyaning har qanday turi
va hosil bo‘lishi katta tezlikdagi (o‘nlab, yuzlab km/sek) yuqori energetik zarrachalar
oqimidir. U organizmni bo‘g‘adi va hatto o‘ldiradi.
Odam radiatsiya okeanida yashaydi deb aytadi soha olimlari. Hamma joyda
tabiiy radioaktivlik mavjud. Uning miqdori hamma joyda bir xil bo‘lmasada ruxsat
etiladigan me’yorlardan past. Shu joyda doimiy yashaydigan odamlar organizmi shu
fonga ma’lum darajada moslashadi.
Tabiatda ko‘zga ko‘rinmaydigan
radiatsiya zarrachalari erda, suvda, havoda,
materiallarda, kiyimlarda, binolarda, oziq-ovqatda taqinchoq, o‘yinchoqlarda doimo
60
mavjud. Hatto odamning o‘zi ham ma’lum darajada radioaktivlikka ega, tanada kaliy,
rubidiy va ularning izotoplari mavjud, organizmda radiaktiv
parchalanish jarayoni
bo‘lib turishi to‘g‘risida ham ma’lumotlar mavjud.
Radiatsiyaning odam organizmiga ta’siri to‘qimalarni o‘zgarishi bilan
belgilanadi, ular zararlanadi. Radiatsiyaning organizmga ta’sir jarayoni nurlanish deb
tushuniladi. Bu shunday buzadigan kuchki uning ta’sirida to‘qimalar o‘zgaradi, ular
DNK larini deformatsiyalaydi, buzadi va genetik zararlaydi.
Bu buzilish jarayonini
radiatsiyaning bitta zarrachasi harakatga tushirishi mumkin.
Odam tirik ekan uning organizmida doimo ikkita qarama qarshi jarayon bo‘lib
turadi: to‘qimalarni o‘lishi va yangilanish jarayonlari. Odam tanasida o‘rtacha 60
trillion to‘qimalar mavjudligi aytiladi. Ulardagi o‘lish va yangilanish doimiy jarayon
hisoblanadi. To‘qimalardagi muvozanatni buzilishi odam tanasidagi to‘qimalarni
o‘limi asosida ro‘y beradi. To‘qimalar tirikligini ta’minlab turish uni asosan kislorod
bilan ta’minlash orqali bajariladi. Kislorodni tashuvchi bu qon. Qonning tarkibi
murakkab qismlardan iborat, asosini qon hosil qiluvchi to‘qimalar tashkil etadi, uning
asosi bu eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: