I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/124
Sana20.03.2022
Hajmi3,29 Mb.
#503828
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124
Bog'liq
dozimetriya kitob

Yadroviy yoqilg‘i sikli. 
Yadroviy yoqilg‘i sikli atom elektrostansiyalarini yadroviy yoqilg‘i bilan 
ta’minlash, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘ini qayta ishlash, chiqarib tashlash va 
radioaktiv chiqindilarni ko‘mib tashlash bo‘yicha barcha qurilmalarni va jarayonlarni 
o‘z ichiga oladi (2.5-rasm). Aniqroq aytganda bu jarayon sikl emas spiral shakliga 
o‘xshaydi, chunki yoqilg‘i siklining barcha jabxalarida radioaktiv chiqindilar – 
radioaktiv moddalar рosil bo‘lib ular keyinchalik ishlatishga yaramaydi. 
Yoqilg‘i sikli konlardan uran rudasini qazib olish va uni boyitishdan boshlanadi. 
Uran ancha kamyob element bo‘lib, uning er qobig‘idagi umumiy zaxirasi taxminan 
1,3×10
14
t ni tashkil etadi. Uranni sanoat asosida ko‘plab qazib olishni uning juda 
xam tarqoq xolda joylashganligi qiyinlashtiradi. U tog‘ jinslarida, tuproqlarda, dengiz 
suvlarida va xatto inson organizmida xam mavjud bo‘lib, uranga boy minerallar 
kamdan kam uchraydi. U smolyanoy obmanka (uranovaya smolka) va uraninitning 


50 
tarkibida eng ko‘p miqdorda uchraydi. Bunda karnotit, evksenit, fergyusonit, 
samarskit va boshqa shu kabi minerallar katta ahamiyatga egadir. Qazib olish 
jarayonida 1 t radioaktiv material olishda 10...15 t chiqindi hosil bo‘ladi, qayta 
ishlash jarayonida esa 100 t gacha chiqindi hosil bo‘ladi. 
Zanjirli reaksiya ushbu yadro reaksiyasiga qodir bo‘lmagan boshqa 
izotoplarning 
miqdori 
materialda 
belgilangan 
darajadan 
oshib 
ketmagan 
sharoitdagina rivojlanishi mumkin bo‘lganligi bois uran izotoplari aralashmasida 
235

miqdorini qisman ko‘paytirish zarur. Izotoplarni ajratish uchun kimyoviy usullarni 
qo‘llash samara bermaydi, chunki 
235
U va
238
U kimyoviy xossalari mutlaqo bir xil. 
Shuning uchun izotoplarning massalari farqidan foydalanadilar. 
Oldin uranni kimyoviy qayta ishlash uskunasida u uran geksaftorid (UF
6

shakliga o‘tkaziladi. So‘ngra olingan engil uchuvchan birikmaning bug‘larini maxsus 
kichik g‘ovakli filtr orqali o‘tkazadilar. Tarkibida 
235
U bo‘lgan UF
6
molekulalari filtr 
orqali tarkibida 
238
U bo‘lgan molekulalardan tezroq o‘tadi. Ushbu jarayonni uranni 
boyitish uskunasida 
235
U ning tarkibiy miqdori 3 %ga etgunga qadar qaytarilaveradi. 
Keyingi bosqichda boyitilgan urandan atom elektrostansiyalarda foydalanish 
uchun issiqlik ajratuvchi element (IAEL)lar tayyorlanadi. Taxminan uch yildan so‘ng 
qisman yonib bo‘lgan yoqilg‘ili issiqlik ajratuvchi elementlarni olib atom 
elektrostansiya tarkibidagi basseyin-sovutgichlarga joylashtiradilar. U erda ular 
taxminan bir yilgacha saqlanadi. Bu vaqt mobaynida ularning faolligi pasayadi, 
parchalanish vaqtida ajraladigan issiqlik esa tarqaladi. Shundan so‘ng esa ishlab 
bo‘lgan issiqlik ajratuvchi elementlar oraliq saqlagich omborlarga so‘ngra esa ko‘mib 
tashlash yoki qayta ishlash uchun jo‘natiladi. 
Atom elektrostansiyasida ishlatib bo‘lingan issiqlik ajratuvchi element 
(IAEL)larni qayta ishlash korxonalarida ular mexanik usulda maydalanib, 
keyinchalik yadroviy reaktorda hosil bo‘lgan plutoniyni va xali ishlatib bo‘ladigan 
uranni boshqa radioaktiv chiqindilardan kimyoviy usulda ajratib olish uchun azot 
kislotasida eritiladi. 
Issiqlik ajratuvchi elementlarni kesib maydalaganda va eritilganda ungacha 
yoqilg‘ida mavjud bo‘lgan va yoqilg‘i sterjenlarining qobig‘i ichida qamalib turgan 
barcha radioaktiv gazlar va uchuvchi moddalar ajralib chiqadi. Ko‘pchilik jarayonlar 
bir metr qalinlikdagi beton devorlar ortida to‘liq avtomatlashtirilgan holatda 
bajarilgani bilan, filtrlash uskunalari esa radioaktiv moddalarni atrof muhitga 
tushishini oldini olishi lozimligiga qaramay ularni yuz foiz ushlab qolinishi 
amaliyotda mumkin emas. 


51 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish