I – mavzu. Sоtsiоlоgiya fаn sifatida rеjа



Download 1,17 Mb.
bet106/159
Sana05.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#638988
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   159
Bog'liq
Sotsiologiya M.matni 2014

E.Dyurkgeym sotsiologik tizimida ham jamiyatdagi differentsiatsiya va integratsiya jarayonlariga e`tibor bergan. U differentsiatsiyani aholi zichligining oshishi va shaxslararo hamda guruhlararo muloqatlar sur`atiga bog’lab tushuntirgan. Odatda, differentsiatsiya tushunchasi «tafovut» so’zining sinonimi sifatida ishlatiladi. Bu holda u rollar, statuslar (maqomlar), institut va tashkilotlarni turli mezonlar yordamida klassifikatsiya qilishga yordam beradi.
Strukturaviy funktsionalizm va sistemali yondashuv tarafdorlari (Parsons, Ettsoni va b.) sotsial differentsiatsiya bilan sotsial sistemaning o’z-o’zini saqlashini shart deb qaraydilar. Bunda sotsial differentsiatsiyaning yaxlit jamiyat, uning ostki tizimlari, guruhlari darajasida ko’rinishlari qat`iy farqlanadi. Ularnig fikricha, quyidagi hayotiy muhim vazifalar - muhitga moslashish, maqsadlarini qo’ya bilish, ichki ixtiloflarni bartaraf etish (integratsiya) va hokazolar bajarilgandagina muayyan tizim mavjud bo’la olishi mumkin. Bu vazifalar esa faqat ozmi-ko’pmi maxsuslashgan institutlar tomonidangina bajarilishi mumkin. Demak, bunga muvofiq sotsial tizimlar ozmi-ko’pmi differentsiatsiyalashgan (tabaqalashgan) bo’ladi. Sotsial differentsiatsiya o’sishi bilan faoliyatlar ham maxsuslashib boradi, shaxsiy va oilaviy aloqalar o’z o’rnini borgan sari odamlar o’rtasidagi shaxssiz norasmiy munosabatlarga bo’shatib beradi. Bu munosabatlar ko’proq ramziy vositalar bilan boshqariladi (masalan, iqtisodiy munosabatlar uchun bunday vositachi asosan - pul).
Ijtimoiy harakat
«Sotsial harakat» kategoriyasi nazariy sotsiologiyaning muhim va asosiy tushunchalaridan biridir. Hech bir ijtimoiy tizim harakatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Jamiyat hayotida yuz beradigan o‘zgarish, ya'ni ijtimoiy harakat umuman harakat turlarining ichidagi eng murakkabidir. Chunki bunda nafaqat ob'ektiv ijtimoiy qonuniyatlar, balki sub'ektiv, ya'ni insonlarga bog‘liq omillar ham mavjud bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy harakatning o‘zi ham tizim xususiyatiga ega bo‘ladi. Uni to‘laligicha o‘rganish ijtimoiy harakatning turli tomonlari ijtimoiy-ruhiy, strukturali-funksional, qadriy-normativ jihatlarini tadqiq etishni, ijtimoiy harakatni o‘rganishga kompleks yondashuvini talab qiladi.
Ijtimoiy harakatning falsafiy tushunchasiga nisbatan uning sotsiologik tushunchasi o‘rtasidagi farqni ajrata bilish zarur. Ma'lumki, falsafada ijtimoiy harakat keng ma'noda, ijtimoiy faoliyat sifatida tushuniladi. Sotsiologiyada ijtimoiy harakat tushunchasi ijtimoiy faoliyatning eng oddiy birligi sifatida talqin qilinadi. Bunda ijtimoiy individning hayotiy muammolarni va ziddiyatlarni hal etishga qaratilgan va boshqa kishilarning javob xatti-harakatlari nisbatan ongli ravishda yo’naltirilgan harakati tushuniladi.
Ijtimoiy harakat ijtimoiyligining asosiy belgisi - individning kishilar xatti-harakatidagi ijtimoiy yo‘nalishlarni sub'ektiv anglashidir.
Sub'ektning xatti-harakatiga nisbatan o‘zaro munosabatlarning boshqa qatnashchilarining javobini «kutish» tushunchasida ifodalanadi. Bunday «kutish»ni o‘z ichiga olmagan, harakat sotsial harakat hisoblanmaydi (masalan, behosdan qilinadigan harakatlar). Bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy harakat — bu moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish jarayonida amalga oshiriladigan va shu orqali yangi ijtimoiy aloqalar, munosabatlar, institutlar yaratishga olib keluvchi harakatidir.
Ijtimoiy harakat tushunchasini ishlab chiqishga g‘arb sotsiologiyasida katta e'tibor berilgan. Ijtimoiy harakat nazariyasi kishilarning jamiyatdagi o‘zaro aloqalari va munosabatlari majmuini izohlash imkonini beradigan maxsus ijtimoiy omilni qidirishdan boshlangan. «Ijtimoiy harakat» tushunchasini izohlash uchun dastlabki bosqich sifatida harakatning ideal holatini olib ko‘rish zarur. Bu holda harakat maqsadi va harakat qiluvchining maqsadi bir-biridan ajratilmaydi. Buni maqsadli-ratsional harakat tushunchasi bilan izohlash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, «maqsadli ratsional harakat» tushunchasi individlarning ijtimoiy harakatlarini o‘rganish metodi sifatida qaraladi. Bu tushuncha orqali jamiyatni o‘rganishda xalq, jamiyat, davlat, iqtisod va boshqa tushunchalar mohiyati ochib beriladi. Individning o‘zi esa qandaydir ijtimoiy organizmning hujayrasi sifatida qaralmaydi. Harakatni uning mazmunidan, onglilikdan mahrum etib bo‘lmaydi. Ijtimoiy harakatning zamonaviy sotsiologik modeliga ko‘ra onglilik bunday harakatning zaruriy sharti hisoblanadi Umumiy bir yaxlitlik emas, balki alohida individga tayanish talab etiladi. Biz individ xatti-harakatini tushunamiz, lekin hujayraning xatti-harakatini tushunmaymiz. Shu kabi xalqning harakatini tushunmaymiz, lekin xalqni tashkil qiluvchi individlarning xatti-harakatini tushunamiz. Sotsiologiyaning vazifasi-harakat turlarini tushunarli harakat ko‘rinishiga keltirish, yakka individlarning harakatini o‘rganish. Individual maqsadli-ratsional harakat ideal tip sifatida inson harakatiga onglilik ruhini beradi. Sotsiologiya ijtimoiy harakatni tushunishga, uning sabablarini va oqibatlarini ham izohlashga urinadi, bunda u alohida individ yoki individlar guruhining xatti-harakatini o‘z tadqiqotlarida boshlangich atom sifatida oladi. Sotsiologiya ma'lum bir mazmunga ega bo‘lgan harakatgina qiziqtiradi. Ijtimoiy harakatni o‘rganayotganda biz nimaga asosiy e'tiborni qaratishimiz harakat ma'nosigami yoki harakat qiluvchigami? Masalan, bozorda bir odam biror narsa xarid qilayotganini ko‘rsak biz uni o‘zi uchun olayapti, sovg‘a uchun olayapti, kimningdir iltimosini bajaryapti va shu kabi ko‘plab xulosalar chiqarishimiz mumkin. Shunday tarzda fikrlashdan ko‘rinib turibdiki, harakat ma'nosini tushunishga intilyapmiz, lekin buning yordamida harakat qilayotgan individni ham tushunsa bo‘ladi. Agar sotsiologiya individning o‘zini tushunishga ko‘p e'tibor berganda, ko‘p qiyinchiliklar yuzaga kelgan bo‘lardi.
Chunki individ uchun har qanday harakat nimaningdir belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Aslida esa butunlay teskarisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda ko‘pgina hollarda individ tasavvurga ega bo‘lmaydi, bo‘lganda ham yashirishga harakat qiladi, ko‘proq harakat ma'nosi qiziqishiga molikdir. Hozirda sotsiologiya fanida ijtimoiy harakatning to‘rt xili ajratib ko‘rsatiladi, bular: maqsadli-oqilona, qadriyatli-oqilona, affektiv va an'anaviy.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish