Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


-§. Milliy davlat tizimining barpo qilinishi, boshqaruvda yangi usullarning



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

2-§. Milliy davlat tizimining barpo qilinishi, boshqaruvda yangi usullarning 

qaror topishi 

 

Insoniyat  tarixidan  ma‟lumki,  har  qanday  jamiyatda  davlat  va  boshqaruv,  o„sha 



davlat  konstitutsiyasida  ko„zda  tutilganidek,  uning  tub  maqsadlariga  mos  bo„lishi 

kerak.  Buni  O„zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  keyingi  ijtimoiy  hayot  ham 

taqozo qila boshladi. 

1991-yil  sentabr  oyidayoq  Prezident  I.A.Karimov: 



«Biz  O„zbekiston  davlati 

milliy siyosatining aslida barcha yo„nalishlarini va strategiyasini qamrab oluvchi 

keng ko„lamdagi va istiqbolga mo„ljallangan dasturini ishlab chiqdik va amalga 

oshira  boshladik.  Bu  siyosatning  ustuvor  yo„nalishlaridan  biri  boshqarishning 

demokratik  shakliga,  umuminsoniy  qadriyatlariga  asoslanuvchi  real  mustaqil 

milliy davlatchilikni qaror toptirish», 

– deb ta‟kidlagan edi. 

O„zbekiston  Konstitutsiyasining  89-moddasida  qayd  qilinganidek,  «O„zbekiston 

Respublikasi Prezidenti O„zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat 

boshlig„idir». 

Konstitutsiyada  ko„zda  tutilganidek,  O„zbekiston  Respublikasi  ijroiya  hokimiyati 

oliy idoralari tizimiga respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi kiradi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  davlat  suvereniteti,  xavfsizligi  va  hududiy 

yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga 

oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko„radi. 

Ma‟lumki,  O„zbekiston  Prezidenti  lavozimining  ta‟sis  etilishi  1985-yil  aprelida 

sobiq  Ittifoqda  boshlangan  qayta  qurish  jarayonlari  bilan,  ayniqsa,  1988-89-

yillardayoq avj olib ketgan iqtisodiy va siyosiy islohotlar bilan bog„liq. 

Shu yillarda «yuqori»ning ko„rsatmalariga o„rganib qolgan markaziy va mahalliy 

boshqaruv idoralari qayta qurish jarayonida avvalgi ma‟muriy-buyruqbozlik ish uslubi 

uchun  qattiq  tanqidga  uchradi,  ular  yangi  sharoitga  mos  ish  uslubini  topishga 

qiynaldilar. Natijada davlat hokimiyati birmuncha kuchsizlandi. Belgilangan iqtisodiy 

va  ijtimoiy  rejalar  bajarilmay  qolaverdi.  Ishlab  chiqarishga  davlat  rahbarligi 

bo„shashib,  xalqning  moddiy  va  madaniy  turmush  darajasi  tobora  pasaya  bordi. 

Qonunlar  va  hukumat  hujjatlarining  ijrosi  ustidan  nazorat  kamaydi.  Xullas, 

mamlakatda  boshboshdoqlik  xavfi  orta  borib,  davlat  hokimiyatini  markazda  ham, 

joylarda  ham  kuchaytirishga  jiddiy  ehtiyoj  tug„ildi.  1990-yillar  boshlarida  iqtisodiy 

qiyinchiliklar  bilan  bir  qatorda  ijtimoiy  va  milliy  muammolar  ham  kuchaydi, 

boshqacha qilib aytganda  «markazdan qochirma  kuchlar»  faollashdi,  natijada  qonun 

chiqaruvchi  va  ijro  hokimiyatini  birlashtiruvchi,  ularning  jamiyat  uchun  nafini 

oshiruvchi yangi institutga ehtiyoj tobora sezila bordi. 

Bu  ehtiyoj  1990-yil  mart  oyida  SSSR  xalq  deputatlarining  navbatdan  tashqari 

uchinchi  Syezdida  atroflicha  muhokama    qilindi  va  SSSR  Konstitutsiyasiga  SSR 




 

96 


Ittifoqi Prezidenti lavozimini ta‟sis etish hamda uning vakolatlarini belgilash haqida 

muayyan  o„zgartirish  va  qo„shimchalar  kiritildi.  O„shanda  ba‟zilarda  ushbu 

lavozimning  joriy  etilishi  yakka  shaxsning  diktaturasini  keltirib  chiqarishi  mumkin, 

degan  xavf  va  cho„chishlar  ham  mavjud  edi.  Hatto,  unga  ko„r-ko„rona  qarshi 

chiqqanlar ham bo„ldi. Masalan, o„sha syezdda xalq deputati Y.N.Afanasyev «Regi-

onlararo  deputatlar  gruppasining  a‟zolari  prezidentlik  lavozimining  joriy  etilishiga 

salbiy  munosabat  bildirdilar  va  syezdda  Prezident  saylanishiga  qat‟iy  qarshi 

chiqmoqdalar», – dedi. 

Ittifoq  Konstitutsiyasiga  SSSR  Prezidentining  huquqiy  maqomini  belgilash 

yuzasidan  kiritilgan  qoidalarda  bu  lavozimning  demokratik  tabiatini  belgilash 

yuzasidan qator kafolatlar ham mustahkamlab qo„yildi. Jumladan: Prezidentning xalq 

tomonidan  saylab  qo„yilishi,  uning  ko„pi  bilan  ikki  muddatga  saylanishi,  qonun 

chiqaruvchi  idora  nazorati  ostida  bo„lishi  va  vaqti-vaqti  bilan  ichki  hamda  tashqi 

ahvol  haqida  unga  axborot  berib  turishi,  Prezident  vakolatlarining  Konstitutsiya  va 

qonunlar bilan aniq belgilanishi, uning qoshida maxsus kengashning mavjud bo„lishi 

va  boshqalar  ko„zda  tutildi.  Bu  kafolatlar  Prezident  yakka  hokimligining  kelib 

chiqishiga  yo„l  qo„ymaslik  uchun  muhim  vositalar  bo„ladi,  deb  hisoblandi.  Albatta, 

sobiq  mamlakatda  prezidentlik  lavozimining  kelib  chiqishi  haqida  bayon  etilgan 

yuqoridagi fikrlar O„zbekistonda shu institutning vujudga kelishiga ham bevosita va 

to„liq taalluqli. 

Ma‟lumki, 1990-yil 24-martida O„zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta‟sis etish 

hamda  O„zbekiston  SSR  Konstitutsiyasi  (asosiy  qonuni)ga  o„zgartirish  va 

qo„shimchalar  kiritish  to„g„risida  Qonun  qabul  qilindi.  Unga  ko„ra  respublikada 

Prezident  lavozimi  ta‟sis  qilindi.  Bunda  demokratiya  jarayonlarini  yanada 

rivojlantirish,  siyosiy  o„zgarishlarni  chuqurlashtirish,  konstitutsiyaviy  tuzumni, 

fuqarolarning  huquqlari,  erkinliklari  va  xavfsizligini  mustahkamlash,  respublika 

davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy idoralarining o„zaro aloqasini takomillashtirish 

ko„zda  tutildi.  Shu munosabat bilan  respublika  Konstitutsiyasi  respublika  Prezidenti 

haqidagi yangi – 12-bob bilan to„ldirildi. 

Ushbu  bobda  Prezidentlik  boshqaruvi  ta‟sis  etilishiga  bog„liq  quyidagi  qoidalar 

belgilandi.  

Dastlabki  konstitutsion  qoidada  Prezident  faoliyatining  demokratik  taomillari 

ko„rsatib  berildi.  Uning  huzurida  Prezidentlik  Kengashi  ishlaydi.  Kengashning 

vazifasi  davlat  ichki  va  tashqi  siyosatining  asosiy  yo„nalishlarini  amalga  oshirish, 

fuqarolar  xavfsizligini  ta‟minlash  choralarini  ishlab  chiqishdan  iborat  edi.  Kengash 

tarkibiga  Vazirlar  Kengashi  Raisi  ham  kiradi,  uning  ishida  O„zbekiston  va 

Qoraqalpog„iston Oliy Kengashlarining Raislari ham qatnashish huquqiga ega bo„ldi. 

Prezident  Respublika  Konstitutsiyasi  va  qonunlari  asosida  hamda  ularni  ijro  etish 

yuzasidan farmonlar chiqaradi. O„zbekistonda yangi jamiyat qurish borasida tajribalar 

orttirilishi bilan Prezidentlik boshqaruvi tobora takomillasha boradi. Jumladan, 1990–

1992-yillarda Prezidentlik Hokimiyati bilan Vazirlar Kengashining ijroiya boshqaruv 

hokimiyati  qo„shib  yuborilib  Vazirlar  Kengashi  Prezident  huzuridagi  Vazirlar 




 

97 


Mahkamasiga  aylantirildi.  1990-yil  15-noyabrida  Prezident  I.Karimov  «O„zbekiston 

SSR  Prezidenti  huzuridagi  Vazirlar  Mahkamasining  tarkibini  tasdiqlash  to„g„risida» 

Farmon chiqardi.  

Prezidentning ushbu farmoni asosida dehqonchilik sanoati, xalq iste‟moli mollari, 

qurilish-naqliyot,  mashinasozlik,  yoqilg„i-energetika,  umumiqtisodiyot,  moddiy-

texnika, madaniyat ishlari komplekslariga ajratilib, uning rahbarlari belgilandi va ular 

Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiritildi. Prezident ayni bir paytda Vazirlar Mahkamasi 

Raisi  bo„lib  qoldi.  Shunday  qilib,  Prezident  ikkinchi  bosqichda  respublikada  oliy 

ijroiya  va  boshqaruv  hokimiyatini  amalga  oshiruvchi  oliy  martabali  shaxsga  aylandi 

va ayni bir paytda davlat boshlig„i ham hisoblandi. Endilikda u faqat farmonlar emas, 

balki qarorlar va farmoyishlar ham qabul etadigan bo„ldi. 

Vitse-Prezident  lavozimi  ham  ta‟sis  etilib,  u  Vazirlar  Mahkamasiga  rahbarlik 

qiluvchi, uning ishini uyushtiruvchi shaxsga aylangan edi. Biroq, ikkinchi bosqichda 

joriy  etilgan  Vitse-Prezident  lavozimi  o„zini  oqlamadi.  Shu  boisdan  1992-yil  4-

yanvardagi  Qonun  bilan  u  tugatilib,  O„zbekiston  Respublikasining  Bosh  Vaziri 

lavozimi ta‟sis etildi. U Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qiladi va uning ishini tashkil 

etadi, deb belgilandi. Prezident ayni paytda Vazirlar Mahkamasiga Rais hisoblanadi. 

Shu  munosabat  bilan  O„zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  120-moddasi 

birinchi  qismiga  quyidagi  qoida  kiritildi.  «O„zbekiston  Respublikasining  hukumati 

Bosh  Vazirdan,  Bosh  Vazirning  birinchi  o„rinbosari  va  o„rinbosarlaridan,  mamlakat 

vazirlaridan, 

davlat  qo„mitalarining  raislaridan,  yirik  konsernlarning  va 

birlashmalarning rahbarlaridan iborat bo„ladi». 

O„zbekistonda prezidentlik institutining yuzaga kelishi va takomillashuvida 1991-

yil  18-noyabrida  qabul  qilingan  «O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi 

to„g„risida»gi  Qonun  katta  ahamiyatga  ega  bo„ldi.  Unda  fuqarolarning shu sohadagi 

saylov  huquqi,  saylovni  o„tkazish,  prezidentlikka  nomzodlar  ko„rsatish  va  ularni 

ro„yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlarini chiqarish tartibi o„z ifodasini topdi. 

O„zbekistonda prezidentlik boshqaruvining yanada takomillashuvida «O„zbekiston 

Respublikasining  Konstitutsiyasi»  muhim  ahamiyatga  ega  bo„ldi.  Chunki  yangi 

Asosiy  Qonunga  muvofiq,  Prezidentning  huquqiy  maqomi  yanada  takomillashdi  va 

ma‟lum  darajada  kengaydi.  Chunonchi,  Prezident  lavozimiga  35  yoshdan  kichik 

bo„lmagan,  davlat  tilini  yaxshi  biladigan,  bevosita  saylovgacha  kamida  10  yil 

O„zbekistonda  muqim  yashagan  respublika  fuqarosi  saylanishi  mumkin,  deb 

belgilandi.  

Prezident o„z vazifasini bajarib turgan davrda siyosiy partiyaga a‟zoligini to„xtatib 

turadi,  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug„ullanishi  mumkin  emas,  deb  ko„rsatildi.  Bu 

yerda  shuni  ta‟kidlash  kerakki,  Prezident  vakolatlarining  kengaytirilishi 

O„zbekistonning  davlat  mustaqilligiga  erishuvi  tufayli  sodir  bo„ldi.  Yangi 

Konstitutsiyada  belgilab  qo„yildiki,  Prezident  mustaqil  davlat  rahbari  sifatida 

muzokaralar  olib  boradi  va  respublika  shartnomalarini  imzolaydi,  ularning 

bajarilishini  ta‟minlaydi,  o„z  huzuridagi  akkreditatsiyadan  o„tgan  diplomatik  va 

boshqa  



 

98 


xalqaro  tashkilotlar  vakillarining  ishonch  va  chaqiruv  yorliqlarini  qabul  qiladi, 

viloyat,  tuman,  shahar  va  xo„jalik  sudlarining  sudyalarini  tayinlaydi,  lavozimidan 

ozod etadi, o„z vakolatiga berilgan boshqa ichki va tashqi siyosatga doir masalalarni 

hal qiladi. 

Shunday  qilib,  O„zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so„ng  mamlakat  ijtimoiy-

siyosiy  va  iqtisodiy  rivojlanishining  asosiy  yo„nalishlarini  belgilab  beruvchi, 

fuqarolarni  himoya  qiluvchi  oliy  darajadagi  ijroiya  hokimiyati  vujudga  keltirildi, 

milliy davlatchilikda jahon tan olgan o„ziga xos tajriba to„plandi.   

Ma‟lumki, I.A.Karimov milliy davlatchilikni shakllantirishga doir barcha nutq va 

asarlarida  kuchli  ijroiya  hokimiyatining  jamiyatda  yuz  berayotgan  yangilanishlar, 

yangicha  tafakkur,  tashabbus  va  islohotchilik  faoliyatini  o„tmish  illatlaridan, 

boqimandalik,  tekinxo„rlik  kasalligidan  asrash,  qonunning  to„la  quvvat  bilan 

ishlashini  ta‟minlash  zarurati  deb,  hisoblaydi.  Shuning  uchun  ham  u  «Ozodlik» 

radiostansiyasi  muxbiri  bilan  suhbatda: 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish