Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


Yangi yil.   8 mart –  Xalqaro xotin-qizlar kuni



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Yangi yil.

 

8 mart – 



Xalqaro xotin-qizlar kuni.

 

21 mart – 



Navro„z bayrami.

 

9 may – 



Xotira va qadrlash kuni.

 

1 sentabr – 



Mustaqillik kuni.

 

1 oktabr – 



O„qituvchilar va murabbiylar kuni.

 

8 dekabr – 



Konstitutsiya kuni.

 

Ro„za Hayiti

 (Iyd al-Fitr) – Diniy bayramning birinchi kuni. 

Qurbon Hayiti

 (Iyd al-Adha) – Diniy bayramning birinchi kuni. 

Ko„ppartiyaviylik  negizda  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  davlatimizning 

jamiyatni  bosqichma-bosqich  isloh  qilish  strategiyasidan  kelib  chiqib,  demokratik 

o„zgarishlarning huquqiy bazasini izchillik bilan mustahkamlay bordi. Shunday qilib 

Oliy  Majlisning  1995–1999-yillarda  15  ta  sessiyasi  bo„lib, ularda  10  ta  kodeks,  2  ta 

milliy dastur, 145 ta qonun, 460 dan ortiq qaror qabul qilindi, amaldagi deyarli barcha 

qonun  hujjatlarining  qo„llanish  amaliyoti  o„rganildi,  qonunlarga  200  dan  ortiq 

o„zgartish va qo„shimchalar kiritildi. 

O„zbekiston  jahon  hamjamiyatiga  integratsiyalashuvni  tezlashtirish  tarafdori 

ekanligini tasdiqlab, parlament 95 ta xalqaro bitim va shartnomani ratifikatsiya qildi, 

43 ta xalqaro konvensiyaga qo„shilish to„g„risida qaror qabul qildi. 

Chaqiriq  mobaynida  Oliy  Majlisning  xalqaro  aloqalari  anchagina  kengaydi, 

parlamentlarda  delegatsiyalarining  almashinuvi  o„sdi.  O„zbekistonga  200  dan  ortiq 

chet  el  delegatsiyasi,  shu  jumladan  Avstriya,  Belgiya,  Bolgariya,  Buyuk  Britaniya, 

Rossiya,  AQSH,  Turkiya,  Xitoy,  Shveysariya,  Yaponiya  va  boshqa  qator 

mamlakatlarning delegatsiyalari tashrif buyurdi. 



 

92 


O„zbekiston  parlamentida  Germaniya,  Turkiya,  Latviya,  Pokiston,  Italiya, 

Vengriya, Qozog„iston, Qirg„iziston, Tojikiston, Moldova va Bolgariya davlatlarining 

boshliqlari,  Litva,  Ukraina,  Qozog„iston,  Turkiya  va  Belgiya  hukumatlarining 

rahbarlari,  Gruziya,  Latviya,  Rossiya  Federatsiyasi  parlamentlarining  spikerlari, 

shuningdek,  Yevropa,  Osiyo,  Afrika  va  Amerika  qit‟alarining  50  dan  ortiq 

mamlakatlaridan taniqli jamoat va siyosat arboblari qabul qilindi. 

Oliy  Majlis  deputatlari  xalqaro  konferensiyalar,  simpoziumlar  va  seminarlarda 

qatnashdilar,  Oliy  Majlis  delegatsiyalari  30  dan  ortiq  mamlakat,  shu  jumladan 

Germaniya,  Daniya,  Hindiston,  Polsha,  AQSH,  Fransiya,  Shvetsiya  va  boshqa 

mamlakatlarning parlamentlari ishi bilan tanishdilar. 

Chaqiriq  mobaynida  parlamentda  fuqarolarning  murojaatlarini  ko„rib  chiqish 

yuzasidan katta ish olib borildi. Hisobot davrida Oliy Majlisga jami 18 mingdan ortiq 

ariza va shikoyatlar tushdi. Chaqiriq mobaynida e‟lon qilingan har bir qonun loyihasi 

yuzasidan 500 tadan 2000 ga qadar taklif kelib tushdi va ular o„rganib chiqildi. 

1999-yil  5  va  19-dekabr  kunlari  ikkinchi  chaqiriq  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisiga  deputatlar  saylandi.  Saylangan  deputatlardan  O„zbekiston  Parlamentining 

yangi  tarkibi  shakllandi.  Ma‟lumki,  jahon  miqyosida  qaror  topgan  xalqaro 

andozalarga  ko„ra,  Parlamentda  o„rin  olish  uchun  kurash  olib  borgan  siyosiy 

partiyalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar saylovlardan so„ng mamlakatning qonun 

chiqaruvchi  oliy  organida  o„z  g„oyalari  hamda  maqsadlarini  ifoda  etuvchi  va 

yoqlovchi deputatlik fraksiyalarini tuzadilar. 

2000-yil  11-yanvar  kuni  bir  qator  siyosiy  partiyalardan  saylangan  deputatlar  o„z 

yig„ilishlarini o„tkazdilar. 

Markaziy  saylov komissiyasi  raisi  N.Komilov boshqarib borgan bu  yig„ilishlarda 

siyosiy  partiyalarning  Oliy  Majlisdagi  deputatlik  fraksiyalarini  tuzish  va  ularning 

rahbarlarini saylash masalalari ko„rib chiqildi. 

O„n bir kishidan iborat «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasiga deputat 

T.Daminov, yigirma kishidan iborat «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasiga deputat 

A.Tursunov,  o„n  kishidan  iborat  «Milliy  tiklanish»  partiyasi  fraksiyasiga  deputat 

I.G„afurov,  o„ttiz  to„rt  kishidan  iborat  «Fidokorlar»  milliy  demokratik  partiyasi 

fraksiyasiga deputat E.Norbo„tayev rahbar etib saylandi. 

2000-yil 11-fevral kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo„lib 

o„tdi.  25-26-may  kunlari  bo„lib  o„tgan  ikkinchi  sessiyada  «Vatan  taraqqiyoti»  MD 

partiyasi  va  Fidokorlar  partiyasi  fraksiyalari  birlashtirildi,  fraksiya  raisi  etib  esa 

A.Tursunov tasdiqlandi. 

O„zbekiston  XXI  asrga  jamiyat  rivojida  tez  sur‟atlar  bilan  o„zgarishlar  yuz 

berayotgan,  odamlarning  siyosiy  ongi  va  dunyoqarashi  o„sib  borayotgan, 

mamlakatimiz  jahon  hamjamiyatidan  munosib  o„rin  olib  borayotgan  davrda  qadam 

qo„ydi. 

Mana shu jarayonlarni chuqur tahlil qilgan davlatimiz rahbari 2000-yil II chaqiriq 

Oliy  Majlisi  ikkinchi  sessiyasida  qilgan  «O„zgarish  va  yangilanish  –  hayot  talabi» 

nomli  ma‟ruzasida  ikki  palatali  parlament  tuzish  g„oyasini  ilgari  surdi.  Bu 




 

93 


mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  bosqichma  -  bosqich  amalga  oshirish 

tamoyiliga to„la mos edi. 

Shu bois ham 2001-yil 6-7-dekabr kunlari bo„lib o„tgan Oliy Majlisning yettinchi 

sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g„oyasi muhokama qilindi va buning uchun 

zarur  omillar  –  yuqori  malakali  siyosatshunoslar,  yuristlar,  iqtisodchilar  korpusi 

shakllanganligini,  shuningdek,  ko„ppartiyaviylik  tizimi  qaror  topganligini  hisobga 

olib  mamlakatda  ikki  palatali  parlament  tuzish  zarur,  degan  xulosaga  keldi.  Oliy 

Majlisning yettinchi sessiyasi 2002-yil 27-yanvar kuni keyingi chaqiriqda ikki palatali 

parlamentni shakllantirish masalasi bo„yicha O„zbekiston Respublikasi referendumini 

o„tkazish  to„g„risida  qaror  qabul  qildi.  Referendumda  ovoz  berish  byulleteniga  «Siz 

kelgusi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga 

rozimisiz?» degan savol kiritildi. 

Referendum  2002-yil  27-yanvar  kuni  demokratik  asosda,  ochiq  va  oshkora,  keng 

jamoatchilik  vakillari,  xorijiy  davlatlar,  xalqaro  tashkilotlar,  ommaviy  axborot 

vositalari vakillari ishtirokida bo„lib o„tdi. Referendumda ovoz beruvchilar ro„yxatiga 

kiritilgan  13266602  nafar  fuqarolarning  12113070  nafari  yoki  91,58  foizi  ishtirok 

etdi. 

«Siz  kelgusi  chaqiriq  O„zbekiston  Respublikasi  parlamenti  ikki  palatali  qilib 



saylanishiga  rozimisiz?»  degan  masala  yuzasidan  ovoz  berishda  qatnashganlarning 

11344242  nafari  yoki  93,65  foizi  yoqlab  ovoz  berdi.Saylovchilar  ikki  palatali 

parlament tuzish masalasini qo„llab - quvvatladilar. 

Referendum  yakunlari  xalqimizning,  bir  tomondan,  damokratik  davlat  va  ochiq 

fuqarolik  jamiyati  qurish,  erkin  bozor  iqtisodiyotiga  o„tishdan  iborat  O„zbekiston 

yo„lini qo„llab - quvvatlayotganini ko„rsatdi. Ikkinchi tomondan, islohotlarni izchil va 

qat‟iylik  bilan  davom  ettirish  va  yanada  chuqurlashtirishni  katta  umid  bilan 

kutayotganligini bildirdi. 

2002-yil  4-5-aprel  kunlari  bo„lib  o„tgan  ikkinchi  chaqiriq  O„zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari hamda 

davlat  hokimiyati  tashkil  etishning  asosiy  prinsiplari  to„g„risida»  Konstitutsiyaviy 

qonun  va  «2002-yil  27-yanvarda  o„tkazilgan  O„zbekiston  Respublikasi 

referendumining  yakunlari  bo„yicha  amalga  oshiriladigan  qonunchilik  ishlarining 

asosiy yo„nalishlari to„g„risida» qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki palatali parlament 

tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo„lib xizmat qilmoqda. 

Bundan  keyin  ham  O„zbekiston  Respublikasining  oliy  davlat  vakillik  organi  – 

parlamentining nomi Oliy Majlis deb atalaveradi. Uning tarkibida ikki palata tuziladi. 

Quyi  palata  –  qonunchilik  palatasi,  yuqori  palata  –  Senat  deb  ataladi.  Biroq  ikki 

palatali  parlament  darhol  tuzilmaydi.  Ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisi  bir  palatali 

parlament  sifatida  u  saylangan  muddatda  2000–2004-yillarda  faoliyat  yuritadi. 

Natijada  ikki  palatali  parlament  2004-yilning  dekabr  oyida  o„tkaziladigan  saylovlar 

asosida shakllantiriladi. Quyi palataga 120 deputat saylandi. Senat 100 ta senatordan 

iborat  bo„ldi.  Senatga  Qoraqalpog„iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylandi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16 




 

94 


nafar  el-yurtda  obro„  -  e‟tibor  qozongan  kishilar  Senatning  a‟zosi  bo„lishadi.  Bu 

mamlakatimizda  milliy  davlatchiligimiz  taraqqiyotida  yangi  bosqich  boshlanganini 

bildirar edi. 

2005-yil  28-yanvarda  Oliy  Majlis  qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo„shma 

majlisi  bo„lib  o„tdi.  Unda  davlatimiz  rahbari  I.A.Karimov 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish