Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


«Demokratlashtirish  va  turmushimizning  barcha  sohalarida



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

«Demokratlashtirish  va  turmushimizning  barcha  sohalarida 

tub  islohotlar  o„tkazish  jarayoni  uzoq  va  uzluksiz  davom  etadigan  jarayon 

ekanini  aniq  bilib  olishimiz  kerak...  Bugungi  kunda  gap,  eng  avvalo,  siyosiy 

islohotlarni  chuqurlashtirishning  vazifalari  va  Dasturi  to„g„risida  borishi 

kerak»,

 – deb ta‟kidladi. Shuning uchun ham  Oliy Majlisning navbatdagi vazifasi  – 

qonun  hujjatlarini  inson  huquqlari  sohasidagi  xalqaro  me‟yor  va  standartlarga 

muvofiq holatga keltirish, deb uqtirdi.  

Ana  shu  ko„rsatmalar  asosida  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvning  hamma 

organlari tomonidan katta-katta chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Jumladan, Oliy Majlis 

Kengashi  «O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  1996–1999-yillarga 

mo„ljallangan faoliyat dasturi» va respublika parlamenti huzuridagi Amaldagi qonun 

hujjatlari  monitoringi  institutini  tuzish  to„g„risida  qaror  qabul  qilindi.  Bunda 

belgilangan  chora-tadbirlar  Oliy  Majlis  faoliyatining  barcha  asosiy  yo„nalishlarini 

qamrab olishga, qonunchilikni yangi pog„onaga ko„tarishga qaratilgan. 



 

85 


O„zbekiston  parlamentining  birinchi  sessiyasida  ta‟sis  etilgan  Oliy  Majlis 

huzuridagi  Inson  huquqlari  bo„yicha  Vakil  institutining  vazifalari  O„zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasida  kafolatlangan  inson  huquqlari  va  erkinligiga  so„zsiz 

rioya etilishini, bu me‟yorlar muqarrar amalga oshirilishini ta‟minlashdan iborat qilib 

ko„rsatildi. 

Vakil  huzurida  tuzilgan  maxsus  komissiya,  Inson  huquqlari  bo„yicha  milliy 

Markaz  Prezident  nutqida  aytib  o„tilgan  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  himoya 

qilishning  samarali  mexanizmini,  yuksak  vakolatlarga  ega  bo„lgan  yaxlit  tizimini 

vujudga  keltiradi.  Inson  huquqlari  bo„yicha  vakil  instituti  hozirga  qadar  xalqaro 

amaliyotni  o„rganish  asosida  ishlab  chiqilib,  –  Oliy  Majlis  Kengashi  tomonidan 

tasdiqlangan  Nizom  asosida  faoliyat  olib  bormoqda.  Parlamentning  yettinchi 

sessiyasida  birinchi  o„qishda  kiritilgan  va  ma‟qullangan  «Inson  huquqlari  bo„yicha 

vakil  (ombudsman)  to„g„risida»gi  Qonun  loyihasi  –  Oliy  Majlisning  faoliyat 

Dasturida  mo„ljallangan  g„oyat  muhim  hujjatlardan  biri.  U  mamlakatda  insonning 

siyosiy,  iqtisodiy,  ekologik,  ijtimoiy  va  madaniy  huquqlari  puxta  himoya  qilinishini 

ta‟minlaydigan institutning qonuniy asosini shakllantirishga xizmat qiladi. 

O„zbekistonning  milliy  taraqqiyoti  va  uning  rivojlanish  strategiyasini 

muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  Oliy  Majlisdan  bu  jarayonni  zarur  qonunlar  bilan 

ta‟minlashni  talab  etadi.  Shunga  ko„ra  Dasturda  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar 

me‟yoriy  rivoj  topishini,  markazlashtirilgan  boshqaruvga  asta-sekin  barham 

berilishini,  fuqarolarning  ijtimoiy-siyosiy  jarayonda  va  davlat  ishlarida  bevosita 

qatnashishini ta‟minlovchi qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi qo„yildi. 

Oliy  Majlis  o„zining  ikki  yildan  ortiq  faoliyati  davomida  yettita  sessiya  o„tkazdi. 

Ularda  70  ga  yaqin  qonun  va  100  dan  ortiq  qaror  qabul  qildi.  Bular,  shubhasiz, 

jamiyatimiz oldida turgan vazifalarni huquqiy jihatdan ta‟minlashda muhim qadamlar 

bo„ldi. Umuman, qonunlarni ishlab chiqish bevosita iqtisodiy islohotlarning huquqiy 

negizini  takomillashtirish  va  bozor  munosabatlariga  o„tishni  jadallashtirish,  aholini 

ijtimoiy  himoyalashni  kuchaytirish,  jamiyatni  ma‟naviy  yangilash,  va  milliy 

davlatchilikni  mustahkamlashga  qaratilmoqda.  Masalan,  O„zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  vakolatlari  muddatini  2000-yilga  qadar  uzaytirish  to„g„risida 

referendum  o„tkazish  yuzasidan  1995-yil  23-fevralida  qabul  qilingan  qaror  va 

deputatlarning referendumga tayyorgarlik ko„rishdagi faol ishtiroki mamlakatimizdagi 

barcha ijtimoiy  kuchlarni  jipslashtirishda  alohida ahamiyat  kasb  etadi. Mazkur qaror 

mehnat  jamoalari  va  aholining  istiqomat  joylarida  o„tkazilgan,  olti  milliondan  ortiq 

fuqaro  ishtirok  etgan  22  mingdan  ortiq  yig„ilishda  qizg„in  qo„llab-quvvatlanganligi 

ham fikrimizni tasdiqlaydi. 

Keyingi  yillarda  sud  organlari  tizimini  yanada  takomillashtirish  masalalari  ham 

parlamentning  doimiy  diqqat  markazida  turibdi.  Oliy  Majlis  «O„zbekiston 

Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi  to„g„risida»gi  Qonunni  qabul  qilib, 

Konstitutsiyaviy  sud  Oliy  va  Oliy  xo„jalik  sudi  tarkiblarini  saylab,  respublikada 

mustahkam sud tizimini vujudga keltirish jarayonini asosan nihoyasiga yetkazdi.  



 

86 


Parlament  mamlakatning  davlat  milliy  xavfsizligini  ta‟minlash  bilan  bog„liq 

vazifalarni  hal  etishga  ham  doimiy  e‟tibor  berib  kelmoqda.  Shu  ma‟noda  1995-yili 

qabul qilingan harbiy doktrina davlatimizning tinchliksevar tashqi siyosiy yo„lini yana 

bir  bor  namoyon  etdi.  U  O„zbekistonning  xalqaro  obro„-e‟tibori  va  jahon 

maydonidagi mavqeini oshirdi. Oliy Majlisning 1996-yil aprel oyida bo„lib o„tgan V 

sessiyasida  «O„zbekiston  Respublikasining  davlat  xavfsizligi  to„g„risida»gi  qonun 

qabul  qilinganligi  bu  borada  muhim  qadam  bo„ldi.  Oliy  Majlisning  VII  sessiyasida 

(1996-yil,  dekabr)  qabul  qilingan  «O„zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosiy 

faoliyatining asosiy prinsiplari to„g„risida»gi Qonun mamlakatimizning tinchliksevar 

siyosatini belgilovchi, Xalqaro ahamiyatga molik bo„lgan muhim hujjat hisoblanadi. 

U  O„zbekiston  Prezidenti  rahbarligida  mamlakatimiz  tutayotgan  mustaqil,  odil 

yo„lning ifodasi sifatida jahon jamoatchiligi tomonidan e‟tirof etildi.  

Oliy  majlisda  Mehnat  kodeksi  (1995)  va  Fuqarolik  kodeksi  (1996)  birinchi  va 

ikkinchi  qismlarining  qabul  qilinishi  O„zbekistonning  demokratiya  yo„lidan  yanada 

dadil  borayotganidan,  inson  huquqlarini  himoya  qilish  va  kafolatlashning  huquqiy 

asoslarini  mustahkamlayotganidan  dalolat  edi.  Bu  kodekslar  –  fuqarolar  uchun 

hayotiy  jihatdan  muhim  ahamiyatga  ega  bo„lgan,  mehnatga,  mol-mulkka  doir  va 

boshqa  muammolarning  keng  doirasini  qamrab  oluvchi  murakkab,  ko„p  qirrali, 

jamlama  qonun  hujjatlar  hisoblanadi.  Bu  Kodekslarning  markazida  inson,  uning 

huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilish masalalari turadi. Oliy Majlis qabul 

qilgan  «Fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan  xatti-harakatlar  va 

qarorlar  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  to„g„risida»gi  Qonun  ham  shu  maqsadga 

yo„naltirilgan. 

Mazkur  qonunlarda  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  bilan  hamda  ishlab 

chiqarishdagi  ko„p  qirrali  munosabatlarda  insonning  ustuvorligi  huquq  amaliyotiga 

singdirilgan. Qonunlar hokimiyatning barcha institutlari insonni himoya qilish, uning 

huquqlarini  muhofaza  etish  va  kafolatlashdan  iborat  asosiy  maqsadga  bo„ysunishi 

tezisini amalda ro„yobga chiqarmoqda.  

Ko„ppartiyaviylik jamiyatimiz hayotida, parlamentchilikning demokratik asoslarini 

yanada  rivojlantirishda  muhim  o„rin  tutadi.  Shu  sababli  siyosiy  partiyalarning 

huquqiy  asosini  mustahkamlash  maqsadida  O„zbekiston  Respublikasining  «Siyosiy 

partiyalar  to„g„risida»gi  Qonuni  tayyorlanib,  Oliy  Majlisning  1996-yil  26-dekabrida 

bo„lgan  VII  sessiyasida  qabul  qilindi.  Qonun  jamiyatimizda  faoliyat  ko„rsatayotgan 

hamda  kelajakda  tuzilishi  mumkin  bo„lgan  siyosiy  partiyalarning  o„rnini  belgilab, 

ularning o„zaro munosabatlari, yangilanayotgan jamiyatda tutgan mavqeyi, vazifalari 

va huquqlarini kafolatlaydi. 

Oliy  Majlis  tomonidan  «Kichik  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishni 

rag„batlantirish  to„g„risida»gi  (1995,  dekabr),  «Konsessiyalar  to„g„risida»  (1995, 

dekabr),  «Erkin  iqtisodiy  zonalar»  (1996,  aprel)  «Aksiyadorlik  jamiyatlari  va 

aksiyadorlar  huquqlarini  himoya  qilish  to„g„risida»gi  qonunlarning  qabul  qilinishi 

iqtisodiy  islohotlarni  huquqiy  jihatdan  ta‟minlash  yo„lidagi  jiddiy  hodisa  bo„ldi. 

Mazkur hujjat, shuningdek, Oliy Majlisning «Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat 




 

87 


tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishning  ba‟zi  masalalari  to„g„risida»gi  qarori 

mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko„lamlarini kengaytirdi, bu 

jarayonga  amalda  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlari  va  sohalariga  qarashli  o„rta  va 

yirik  korxonalarni  ham  kiritishni  tezlashtirdi,  monopol  ishlab  chiqarish  va  xo„jalik 

tuzumlarini  maydalashtirish,  raqobatli  bozor  muhitini  yaratish  uchun  huquqiy  shart-

sharoitlarni  vujudga  keltirdi.  Shu  maqsadda  «Mulk  to„g„risida»gi,  «Chet  el 

investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to„g„risida»gi, «Garov 

to„g„risida»gi va boshqa bir qator qonunlarga o„zgartirishlar kiritildi.  

Oliy  Majlis  qo„mitalari  Vazirlar  Mahkamasi  bilan  hamkorlikda  amaldagi  qonun 

hujjatlarini  ijtimoiy  rivojlanish  voqeligiga  va  iqtisodiy  islohotlarning  ehtiyojlariga 

muvofiqlashtirish borasida aniq maqsadga qaratilgan katta ishlarni amalga oshirdi. 

Ma‟lumki,  ijtimoiy-siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotni  jamiyatning  ma‟naviy 

va  madaniy  rivojisiz  tasavvur  etib  bo„lmaydi.  Buyuk  ajdodlardan  bizga  asrlar  osha 

yetib  kelgan  bebaho  ma‟naviy-axloqiy  qadriyatlar  tabiiyki,  ma‟naviy  merosni 

avaylab-asrash, uni yanada ko„paytirib, milliy va umuminsoniy madaniyatning yangi 

yutuqlari bilan boyitishni taqozo etadi. 

Oliy Majlis «Lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida»gi 

qonunga  o„zgartirishlar  va  qo„shimchalar  kiritdi,  «Davlat  tili  haqida»gi  qonunni 

(1995,  dekabr)  yangi  tahrirda  qabul  qildi.  Til  amaliyotidagi  mavjud  jarayonlar  va 

imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini bosqichma-

bosqich joriy etishni 2005-yilga borib uzil-kesil yakunlashga qaror qilindi. Qonunning 

yangi  qoidalari  davlat  tilining  maqomini  shak-shubhasiz  mustahkamlashga, 

respublikaning  jahon  kommunikatsiya  tizimiga  kirishiga,  mamlakatning  barcha 

fuqarolari o„zbek tilini yanada chuqur, puxta tayyorgarlik ko„rgan holda, asta-sekinlik 

bilan  egallab  olishlarini  ta‟minlashga,  ayni  chog„da  O„zbekistonda  g„uj  bo„lib 

yashayotgan boshqa millatlarning o„z tillaridan erkin foydalanishiga ham qaratilgan. 

O„zbekiston mustaqillikka erishganidan so„ng dastlabki odimlardanoq o„z eshiklari 

butun  dunyo  uchun  ochiqligini,  jahon  xo„jalik  munosabatlariga  teng  huquqli  sherik 

sifatida  kirish  istagini,  xalqaro  me‟yorlar  va  qoidalarni  ro„yobga  chiqarish  yo„lidagi 

amaliy  harakatlarni  kuchaytirishini  e‟lon  qildi.  1995-yili  parlament  o„n  sakkiz 

shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi. O„zbekistonning yigirma besh konvensiyaga 

qo„shilishi  haqidagi  qarorlar  qabul  qilindi,  «O„zbekiston  Respublikasining  xalqaro 

shartnomalari  to„g„risida»gi  Qonun  qabul  qilindi.  U  mamlakatimizning  xalqaro 

shartnomalarni  tuzish,  bajarish,  bekor  qilish,  to„xtatib  qo„yish  hamda  denonsatsiya 

qilish tartibini belgilaydi. 

Respublika parlamentining faoliyati jahon hamjamiyatida borgan sari keng qiziqish 

uyg„ota  bordi.  Oliy  Majlis  sessiyalarida  diplomatiya  korpuslarining,  xalqaro 

tashkilotlarning vakillari, chet el axborot vositalarining O„zbekistonda akkreditatsiya 

qilingan jurnalistlari qatnashmoqdalar. 

Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalari 

kengaydi  va  chuqurlashdi.  O„zbekiston  Milliy  parlament  guruhi  tuzildi, 

respublikaning  Parlamentlararo  Ittifoqdagi,  Yevropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik 




 

88 


Tashkilotining  Parlament  Assambleyasidagi  va  Yevroparlament  bilan  aloqalar 

bo„yicha  parlament  guruhlarining  rahbarlari  tasdiqlandi.  Oliy  Majlis  vakillari 

Parlamentlararo Ittifoq 93 va 94-konferensiyalarida ishtirok etdi. 

Oliy  Majlis  Kotibiyati  va  uning  bo„limlari  ishi  Oliy  Majlisning  Kengashi, 

qo„mitalari,  komissiyalari  faoliyatining  samaradorligini  oshirishga,  parlament 

sessiyalarini  puxta  va  tashkiliy  jihatdan  uyushqoqlik  bilan  o„tkazishga  muayyan 

darajada  xizmat  qilmoqda.  Ular  qo„mitalar  bilan  hamkorlikda,  olimlar, 

amaliyotchilarni, xorijiy  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlarning  ekspertlarini  jalb  qilib, 

qonun  loyihalarini  tayyorlash  va  oldindan  ishlab  chiqishda  faol  ishtirok  etib 

kelmoqdalar.  

Fuqarolarning  so„rovlarini  ko„rib  chiqish  hamda  fuqarolar  qabulini  tashkil  etish 

masalalari ham parlament ishida muhim o„rin tutadi. Birgina 1995-yilning o„zida Oliy 

Majlis  rahbarlari,  qo„mitalar  raislari  va  Kotibiyat  xodimlari  tomonidan  ikki  yarim 

mingdan ortiq fuqaro qabul qilindi. Oliy Majlis nomiga kelgan qariyb ikki ming xat, 

ariza  va  murojaat  ko„rib  chiqildi.  Ular  Oliy  Majlis  rahbarligida,  qo„mitalar  va 

Kotibiyatda  har  tamonlama  tahlil  etildi,  taklif  va  mulohazalar  normativ  hujjatlarni 

ishlab chiqishda hisobga olindi. Fuqarolar tomonidan qo„yilgan asosli masalalarning 

aksariyat qismi ijobiy hal qilindi. 

Shu  tariqa,  demokratik  yo„l  bilan  saylangan  Oliy  Majlis  –  yangi  parlament  o„z 

faoliyatining  ikki  yili  mobaynida  qonun  ishlab  chiqish  va  nazorat    qilish  faoliyatini 

izchillik  bilan  takomillashtirdi,  hokimiyat  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud 

tarmoqlarining  O„zbekiston  demokratik  islohotlar  yo„lidan  yanada  dadil  olg„a 

borishida  o„zaro  ijobiy  hamkorlik  olib  borishlariga  yaqindan  faol  ko„maklashdi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  shu  davr  mobaynida  o„z  faoliyati  davomida 

mazmun mohiyati bilan avvalgi Oliy Kengashdan butunlay farq qiluvchi oliy vakillik 

davlat  organiga  aylanib  bordi. 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish