tizimi har qanday mafkuraviy ta‟sirdan xoli, xalqning o„ziga xos tarixiy, axloqiy-
Bunday vazifani Konstitutsiyada belgilanganidek, qonun chiqaruvchi vakillik
hokimiyati – Oliy Majlis uddalamog„i kerak edi. Shuning uchun ham Oliy Kengash
XVI sessiyasidan (1994-yil, sentabr) so„ng O„zbekistonda yangi qonun chiqaruvchi
organ Oliy Majlisni shakllantirish uchun amaliy choralar ko„rila boshladi. Sessiya
82
qaroriga muvofiq 1994-yil 25-dekabrida Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman
kengashlariga saylovlar belgilandi.
Saylov kompaniyasini muvaffaqiyatli o„tkazish uchun zarur sharoitlar yaratildi.
O„zbekistonda saylov kompaniyasi qonunchilikka qat‟iy rioya qilingan, ijtimoiy
barqarorlik va osoyishtalik to„la saqlangan holda olib borildi. Birgina misol: 1994-yil
14-15-noyabrida Toshkentda Oliy Majlisga saylov o„tkazuvchi okrug saylov
komissiyalari raislarining uch kunlik seminari bo„lib o„tdi. Seminar-kengashda
mamlakat hayotida ham, fuqarolar hayotida ham ulkan ahamiyatga molik
yangilanishlar olib kirilishi zarurligi ta‟kidlandi.
O„zbekistonda ro„y berayotgan demokratik o„zgarishlar, xususan ko„p
partiyalilikka asoslangan saylov kompaniyasi jahon hamjamiyatida ham katta qiziqish
uyg„otdi. Shu bois yuqorida tilga olingan seminar-kengashda Birlashgan Millatlar
Tashkilotining O„zbekistondagi vakili Xolid Malik, AQSHning O„zbekistondagi
Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy, Turkiya
elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok etib, saylovga taalluqli qimmatli
tajribalari bilan o„rtoqlashdilar. Jumladan, Xolid Malik O„zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisida Okrug saylov komissiyalari raislari bilan seminar-kengash ishida
uchrashish o„zi uchun yuqori martaba ekanini ta‟kidladi. U seminar-kengashni tarixiy
sana – saylovlar oldidan O„zbekistonda demokratik jamiyat barpo qilish yo„lida
oldinga bosilgan qadam bo„ladi, deb baholadi.
Saylovlarni qonun talablari asosida o„tkazish uchun mamlakat bo„yicha 250 okrug
va 7192 uchastka saylov komissiyasi tuzildi. Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro„-
e‟tibor va hurmat qozongan, partiyasiz bo„lgan munosib kishilar kiritildi. Saylovni
ko„ppartiyaviylik va muqobillik asosida o„tkazishni ta‟minlash uchun qonunda
belgilangan muddatlarda tadbirlar belgilandi. 139 saylov okrugida uchtadan, 106
saylov okrugida ikkitadan nomzod ovozga qo„yildi. Saylovda ro„yxatga olingan 17
million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi, ya‟ni 10 million 526 ming 654 kishi
o„z konstitutsion huquqidan foydalandi.
Vakillik hokimiyati organlari tomonidan Oliy Majlis deputatlariga 2 ming 850
nomzod hamda viloyatlar, Toshkent shahri kengashlarining, Qoraqalpog„iston
Jo„qarg„i Kengesining deputatligiga salkam 2 ming nomzod ko„rsatildi.
Fuqarolarning o„z-o„zini boshqarish organlari shahar va tuman kengashlari
deputatligiga salkam 6 ming, siyosiy partiyalardan deputatlikka jami 6 ming 110,
jumladan, birinchi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga Xalq
demokratik partiyasidan 247, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 146, hokimiyatning
vakillik organlaridan 250 nomzod ko„rsatildi. Hamma joyda saylovlar qonun
talablariga muvofiq umumiy, teng, to„g„ridan-to„g„ri saylov huquqi asosida yashirin
ovoz berish yo„li bilan o„tkazildi. 1994-yil 25-dekabrida, 1995-yil 8 hamda 25-
yanvarda bo„lib o„tgan saylovlarda saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun
yakdillik bilan ovoz berdilar. Bu Oliy Majlis – yangi Parlamentni demokratik yo„l
bilan shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo„ldi.
83
1995-yil 23-fevralida o„z ishini boshlagan yangi tarkibdagi O„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi O„zbekiston tarixida o„ziga xos
sahifa ochdi. Sessiyada I.A.Karimov «O„zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolining asosiy tamoyillari» to„g„risida keng qamrovli ma‟ruza qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: