Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

98-modda

  quyidagi  tahrirda  bayon  etildi:  «O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi  ijro  etuvchi  hokimiyatini  amalga  oshiradi.  O„zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi  O„zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri,  uning  o„rinbosarlari, 

vazirlar,  davlat  qo„mitalarining  raislaridan  iborat.  Qoraqolpog„iston  Respublikasi 

hukumatining boshlig„i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o„z lavozimi bo„yicha kiradi. 

Vazirlar  Mahkamasining  tarkibi  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan 

shakllantiriladi.  O„zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  nomzodi  O„zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  binoan  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining  palatalari  tomonidan  ko„rib  chiqiladi  va  tasdiqlanadi.  Vazirlar 

Mahkamasining  a‟zolari  O„zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  taqdimiga  binoan 

O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 

Vazirlar  Mahkamasi  iqtisodiyotning,  ijtimoiy  va  ma‟naviy  sohaning  samarali 

faoliyatiga  rahbarlikni,  O„zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  Oliy  Majlis  qarorlari, 

O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari 

ijrosini ta‟minlaydi. 

Vazirlar  Mahkamasi  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  O„zbekiston 

Respublikasining  butun  hududidagi  barcha  organlar,  korxonalar,  muassasalar, 

tashkilotlar,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  tomonidan  bajarlishi  majburiy  bo„lgan 

qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 

O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil 

etadi  va  unga  rahbarlik  qiladi,  uning  samarali  ishlashi  uchun  shaxsan  javobgar 

bo„ladi. Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorini imzolaydi, 

O„zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig„iga binoan xalqaro munosabatlarda 

O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  nomidan  ish  ko„radi.  O„zbekiston 

Respublikasi  qonunlarida,  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarorlari  va 

farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi. 

O„zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  Vazirlar  Mahkamasi  majlislarida  raislik 

qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul 

qilishga,  shuningdek,  ushbu  Konstitutsiyaning  89-moddasi  va  93-moddasiga  asosan 

Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari  va  farmoyishlarini,  O„zbekiston  respublikasi  Bosh 

vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli». 

Mustaqillikning  o„tgan  davri  shuni  ko„rsatdiki,  Konstitutsiya  mamlakatimizda 

siyosiy,  iqtisodiy,  ma‟naviy  sohalarda  amalga  oshirilgan  ishlarning  huquqiy  asosi 

sifatida o„zini namoyon qildi. Xalqimiz shu bois ham uni muhim hayotiy qo„llanma 

deb hisoblaydi. O„zbekistonda istiqomat qilayotgan millati, dini va tilidan qat‟i nazar 

barcha fuqaro uchun mustahkam qalqon bo„lib xizmat qilmoqda. 

Shuning uchun ham O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o„rganishni, uning 

mohiyatini chuqurroq o„zlashtirishni hayot taqozo qila boshladi. 

Shu  nuqtai  nazardan  Prezident  2001-yil  4-yanvarda  «O„zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasini  o„rganishni  tashkil  etish  to„g„risida»  farmoyish  chiqardi.  Ushbu 

farmoyishga asosan, Konstitutsiyaning jamiyatdagi o„rni va ahamiyatini, mazmuni va 




 

78 


mohiyatini o„rganish, yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, talaba va o„quvchi 

yoshlarda mustahkam bilimlarni shakllantirish talablari qo„yildi.  

Mamlakatimizda uzluksiz ta‟lim tizimida, maktabgacha ta‟lim muassasalaridan to 

oliy ta‟limning yuqori bosqichi – magistraturagacha, yoshlarning huquqiy bilimlarini 

oshirishning  yaxlit  va  izchil  tizimi  vujudga  keldi.  Ushbu  tizimga  fan  sohasidagi 

doktoranturagacha bo„lgan bosqich ham kiradi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasidagi  mamlakat  Prezidenti  bir  paytning 

o„zida  ijro  etuvchi  hokimiyat  rahbari  ham  ekanini  belgilaydigan  normalarning 

o„zgartirilishi muhim siyosiy-huquqiy qadam bo„ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga 

muvofiq O„zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo„lib, davlat hokimiyati 

organlarining o„zaro uyg„un va hamjihat faoliyat yuritishini ta‟minlaydi. 

«Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish,  mamlakatni 

modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalar  rolini  kuchaytirish  to„g„risida»gi 

konstitutsiyaviy  qonunning  qabul  qilinishi,  hech  shubhasiz,  demokratik  islohotlarni 

chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o„ynadi.  

Hozirgi  sharoitda  siyosiy  partiyalar  fuqarolarning  siyosiy  va  ijtimoiy  faolligini 

oshirish,  aholining  ayniqsa  saylov  jarayonlarida  xohish-irodasi  va  fikrni  ifodalash, 

markazda  va  joylarda  davlat  hokimiyati  organlarini  shakllantirishning  muhim  ta‟sir 

o„tkazuvchi  vositasiga  aylanishi  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Mazkur  vazifani  hal 

etish  maqsadida  parlamentdagi  ko„pchilik  parlamentdagi  muxolafat  maqomini 

qonuniy  tarzda  belgilash,  siyosiy  partiyalar  fraksiyalari  rahbarlarini  Qonunchilik 

palatasi  Spikerining  o„rinbosari  etib  saylash  bo„yicha  tashkiliy-huquqiy  choralar 

ko„rildi. 

Qabul  qilingan  ushbu  huquqiy  mexanizmlar  siyosiy  partiyalarning  mamlakat 

parlamenti  faoliyatini  tashkil  etishda,  shuningdek,  vakillik  va  ijro  hokimiyati 

organlarini  shakllantirish,  ularning  faoliyatini  nazorat  qilishdagi  roli  va  ahamiyatini 

tubdan kuchaytirdi. 

Xususan,  Bosh  vazir  lavozimiga  nomzod  bo„yicha  siyosiy  partiyalar  fraksiyalari 

bilan  maslahatlashish  tartibi,  uning  parlament  tomonidan  tasdiqlanishining  qat‟iy 

belgilangan  tartib  va  mexanizmining  joriy  etilgani  davlat  qurilishi  sohasida 

demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo„lidagi muhim qadam bo„ldi.  

Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi 

fraksiyalariga  Bosh  vazirni  iste‟foga  chiqarish,  mahalliy  kengashlardagi  partiya 

guruhlariga  esa  viloyat  hokimlarini  iste‟foga  chiqarish  to„g„risida  tashabbus  bilan 

chiqish  huquqining  berilishi  ham  mutlaqo  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bularning 

barchasi  siyosiy  partiyalarning  mamlakat  hayotidagi  o„rni  va  ta‟siri  ortib  bora-

yotganidan dalolat beradi.  

Davlat  hokimiyati  markaziy  organlarining  bir  qator  vakolat  va  vazifalarini, 

avvalambor  iqtisodiy  va  ijtimoiy  masalalarni  hal  etish,  budjet  tashkilotlarini, 

kommunal xo„jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarni ish bilan 

ta‟minlash  va  aholi  manfaatlarini  himoya  qilish  bo„yicha  vakolatlarini  mahalliy 



 

79 


hokimiyat,  fuqarolarning  o„zini  o„zi  boshqarish  organlari,  mahallalarga  bosqichma-

bosqich o„tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda. 

 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish