«mamlakatimizning
demokratik yangilanish va erkin ijtimoiy tuzumga xos bo„lgan barcha asosiy
qadriyatlarni o„zida mujassam etgan fuqarolik jamiyati barpo etish yo„lidagi
bosqichma-bosqich, izchil harakati hozirgi kunda hech qanday kuch to„xtata
olmaydigan muqarrar, qonuniy jarayonga aylandi»,
– deya baho berdi.
Darhaqiqat, istiqlolning o„tgan davri mobaynida mamlakatimizda izchillik bilan
amalga oshirilib kelinayotgan jamiyat hayotini erkinlashtirish, fuqarolik jamiyati
asoslarini barpo qilish, bir so„z bilan aytganda ijtimoiy hayotni tubdan yangilash
jarayonlarining tadrijiy rivojlanishi bugungi kunda o„zining shunday bir bosqichiga
erishdiki, endilikda bu jarayonga ta‟sir ko„rsatish tom ma‟noda faqat shu jamiyat
a‟zolari, ya‟ni O„zbekiston xalqi xohish-istagi orqaligina amalga oshishi mumkin.
Buni O„zbekistonning o„tgan davri tarixida qo„lga kiritilgan natijalar yaqqol
isbotlaydi.
O„tish davri va milliy davlatchilikni barpo etish sharoitida obyektiv zarurat bo„lgan
kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va bosqichma-bosqich o„tishga
erishish ushbu davrda davlat tizimini isloh etishning asosiy va hal qiluvchi vazifasi
bo„lishi darkor. Bu davrda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan
demokratik islohotlar natijasida mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi –
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatali parlamentga aylantirildi.
Bu boradagi asosiy vazifa quyi palata – Qonunchilik palatasini muntazam faoliyat
ko„rsatadigan professional organga aylantirish, yuqori palata – Senatni hududlar
manfaatlarini ifoda qiladigan vakillik organi sifatida shakllantirishdan iborat edi. Shu
tariqa qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining sifatli va asosli bo„lishiga erishish bilan
bir qatorda, o„zaro mutanosiblik va muvozanatni saqlash bo„yicha samarali tizimi
yaratilmoqda, umumdavlat va hududlar manfaatlarining o„zaro muvozanati
ta‟minlanmoqda, aholining mamlakatimiz ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki
ko„lamini yanada kengaytirish imkoni tug„ilmoqda.
Ikki palatali parlamentimizning huquq va vakolatlarini kengaytirish, qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat o„rtasidagi vakolatlarning yanada
muvofiqlashuvini ta‟minlash bilan bog„liq masalalarni hal etishda Prezident
95
vakolatlarining bir qismini yuqori palata – Senatga o„tkazish, shuningdek, Bosh vazir
huquq va vakolatlarini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |