Birinchidan,
ilgari davlat boshqaruvi sohasida juda katta va hal qiluvchi masalalar
Ittifoq idoralari vakolatida edi. Mustaqillik sharoitida bu vakolatlar to„liq ravishda
O„zbekiston Respublikasi tegishli markaziy idoralariga – Prezident, Vazirlar
Mahkamasi, vazirliklar va boshqa mahkamalarga o„tdi.
Avval respublika hukumati, vazirliklari va davlat qo„mitalarining 80-90 foizi
markazning tegishli idoralariga itoat etgan bo„lsa, endilikda ular mustaqil davlat
idoralariga aylandi. Demak, respublikada markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi
vazifasi nihoyatda kengaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |