Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


«biz  endi  o„z-o„zini  boshqaruv  usulini  keng  joriy  qilamiz.  Mahalla,  qishloqqacha



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

«biz 

endi  o„z-o„zini  boshqaruv  usulini  keng  joriy  qilamiz.  Mahalla,  qishloqqacha 

o„zini  o„zi  boshqarishi,  mustaqil  bo„lishi  zarur.  Bu  beboshlik,  bo„ysunmaslik 

degani  emas.  Bunda  har  qanday  rahbar...  xalq  oldida,  yurt  oldida  mas‟ul  va 

javobgardir,  degan  qoidadan  kelib  chiqishi  shart»

,  –  deb  uqtirdi.  Bunday 

ko„rsatma respublikada amalga oshiriladigan kadrlar siyosati uchun asos qilib olindi, 

qator chora-tadbirlar ko„rildi.  

Mamlakatda  eng  avvalo,  quyi  boshqaruv  organlari  kadrlarini  davr  talabiga  mos 

darajada mustahkamlashga kirishildi. Chunki 1980-yillar oxirlarida sobiq markazning 

safsata aralash ko„rsatmalari va tavsiyalari bilan boshqaruv tizimida boshboshdoqlik 

yuzaga kelgan edi. O„shanda ko„p yillik partiya hukmronligi yoniga sho„rolar, ya‟ni 

Kengashlar  hukmronligi  qo„shildi.  Ular  esa  ayni  paytda  xalq  deputatlari  ijroiya 

qo„mitalari  vazifasini  ham  bajara  boshladi.  Shu  bilan  birga,  hokimiyat  tarkibida 

ijroiya  qo„mitalar  ham  saqlab  qolindi.  Natijada  qo„sh  hokimiyatchilik  yuzaga  keldi. 

Bu  ma‟lum  darajada  bozor  iqtisodiyotiga  o„tish  jarayonida  boshqaruvda  bir-birini 

takrorlash,  ayni  chog„da  bir-biriga  xalaqit  berish  kabi  illatlarni  keltirib  chiqardi. 

Boshqacha  qilib  aytganda  joylarda  boshqaruvchi  ko„p  bo„lib,  javobgar  shaxs, 

mas‟uliyatni o„z bo„yniga oladigan rahbar kadr topilmay qoldi. 

Bu  hol  tabiiy  ravishda  joylarda  hokimlik  boshqaruvini  tashkil  qilishni  talab  qila 

boshladi.  Shuning  uchun  1994-yil  4-yanvarda  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Kengashi to„qqizinchi sessiyasida «O„zbekiston respublikasining mahalliy hokimiyat 

idoralarini qayta tashkil etish to„g„risida» qonun qabul qilindi. 

Oliy  Kengash  «Iqtisodiyotni  bozor  munosabatlariga  o„tkazish  sharoitida  ijroiya 

hokimiyatini mustahkamlash zarurligi munosabati bilan: 

1.  O„zbekiston  Respublikasining  viloyatlari,  tumanlari  va  shaharlarida  vakillik 

hokimiyatiga  hamda  ijroiya-boshqaruv  hokimiyatiga  boshchilik  qiladigan  hokimlar 

lavozimi ta‟sis etilsin: 

2. Belgilab qo„yilsinki: 



 

124 


–  viloyatlarning  hokimlari,  O„zbekiston  Respublikasining  Prezidentiga  va  Xalq 

deputatlari  tegishli  kengashlariga  hisob  beradilar.  Prezidentning  joylardagi  rasmiy 

vakillari bo„ladilar. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadilar va 

lavozimidan  ozod  qilinadilar.  Hamda  shundan  so„ng  tegishli  xalq  deputatlari 

kengashlari tomonidan tasdiqlanadilar; 

– tumanlar va shaharlarning (Toshkent shahri bundan mustasno)  hokimlari tegishli 

viloyat hokimi tomonidan tayinlanib, xalq deputatlari tegishli tuman, shahar kengashi 

tomonidan tasdiqlanadilar», – degan mazmunda qaror qabul qildi. 

Shuningdek,  ushbu  hujjatda  hokimlar  boshchiligida  xalq  deputatlari  viloyat, 

shahar,  tuman  Kengashlari  mahalliy  ahamiyatga  molik  barcha  masalalarni 

umumdavlat manfaatlariga mos tarzda, Kengash hududida yashayotgan fuqarolarning 

manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal qiladilar. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 

Farmonlarini, yuqori davlat idoralarining qarorlarini amalga oshiradilar, – deyiladi. 

Shundan  keyin,  qonun  talablari  asosida  joylarda  viloyat,  shahar  va  tuman 

hokimlarini  tanlash,  tayinlash  ishini  amalga  oshirish  uchun  tashkilotchilik  ishlari 

amalga  oshirildi.  Avvalo  bo„lajak  yangi  hokimlarning  bilim  darajasi,  tashkilotchilik 

va tadbirkorlik fazilatlari, xalq ichida obro„-e‟tiborga ega bo„lish, ishni uddaburonlik 

bilan  olib  borish  fazilatlari  hisobga  olindi.  Shu  ma‟noda  Prezident  devoni,  Vazirlar 

Mahkamasining  mas‟ul  xodimlari,  viloyatlarda,  shahar  va  tumanlarda  deputatlar  va 

mahalliy faollar bilan jonli, oshkora suhbat, maslahatlashuv olib bordilar.  

Hokimlarning ko„pchiligi rahbarlik ishida va katta hayot tajribasiga ega kishilarni 

tashkil  qilar  edi.  Ayni  paytda  hokimlar  safiga  yangi  kuchlar  ham  kelib  qo„shildi. 

Masalan,  50  dan  ortiq  hokimlar  birinchi  marta  tuman  va  shahar  rahbarligiga  kelgan 

kishilar edilar. Ular respublikada yashovchi turli millatlarning vakillari edi. Jumladan 

7 millat vakili hokim – ya‟ni birinchi rahbar qilib tasdiqlandi. 

Yangi sharoitda rahbarlik lavozimlariga ko„plab yangi, yosh kadrlar qo„shildi. Bu 

hol  mustaqillik  sharoitida  rahbarlikning  yangicha  ish  uslubini  ularga  o„rgatishni 

taqozo qila boshladi. Shu maqsadda 1992-yil 3-aprelda Toshkentda viloyat, shahar va 

tuman hokimlari bilan O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning birinchi 

uchrashuvi  bo„ldi.  Ushbu  uchrashuvda  mustaqillik  qo„lga  kiritilgandan  keyingi 

davrdagi  dastlabki  yutuqlar,  kadrlar  siyosatining  shakllanishi  va  uning  strategiyasi 

atroflicha  tahlil  qilindi.  Mavjud  kamchiliklar  va  galdagi  vazifalar  ko„rib  chiqildi. 

Chunki,  ayrim  joylarda  avvalgi  partiya  va  sovet  tashkilotlaridagi  eskicha  uslubdan 

hamon  voz  kechilmagan  edi.  Masalan,  fuqarolar  bilan  ishlash,  ularning  talab  va 

istaklarini  qondirish  borasida  joylarda  jiddiy  nuqsonlarga  yo„l  qo„yilayotgani 

uchrashuvda  tashvish  bilan  qayd  qilindi.  Masalan,  1992-yilning  yanvar  –  mart 

oylarida  mamlakat  Prezidenti  qabuliga  5000  ga  yaqin  kishi  murojaat  qilgani,  bu 

avvalgi yilga nisbatan ancha ko„p ekanligi aytildi. Eng ko„p shikoyat va arizalar bilan 

murojaat  qiluvchilar  Samarqand,  Toshkent,  Qashqadaryo  va  Farg„ona  viloyatlari 

fuqarolari  edi.  Xatlar  mazmunini  o„rganish  Prezidentning  nomiga  kelgan  umumiy 

shikoyat  va  arizalarining  80  foizini  joylarning  o„zida  hal  qilish  mumkinligini 

ko„rsatdi. 




 

125 


Masalan,  Xorazm  viloyatining  Hazorasp  tumanidan  yo„llangan  xatda  bir  guruh 

o„qituvchilar  1989-yildan  buyon  yer  uchastkasi  olisholmayotganligi  haqida 

Prezidentga  shikoyat  qilingan.  Bu  masala  tuman  va  viloyat  rahbarlari  huzurida  hal 

bo„lmagan.  Oqibatda  Prezident  devoni  aralashuvi  bilan  masala  ijobiy  hal  qilindi. 

Ikkinchi  jahon  urushining  nogironi  farg„onalik  M.Yo„ldoshev  uy-joy  sharoitini 

yaxshilash  yuzasidan  1991-yil  oxirida  Prezidentga  xat  bilan  murojaat  qiladi.  Biroq, 

Farg„ona  viloyati  ijroiya  qo„mitasi  bu  masalaga  mas‟uliyatsizlik  bilan  qarab 

«arizachining urush nogironi ekanligini inobatga olib tegishli hujjatlar bilan yashash 

joyidan  imtiyozli  navbatga  olinishi  taklif  qilindi»,  degan  mazmunda  javob  xati 

yo„llagan.  Vaholanki,  M.Yo„ldoshev  1988-yildan  buyon  imtiyozli  navbatda  turgan. 

Ushbu  ikki  misol  jamiyatda  tub  yangilanish  jarayoni  boshlanganiga  qaramasdan, 

joylardagi  hokimliklarda  fuqarolarning  talab  va  ehtiyojlariga  e‟tiborsizlik  bilan 

qaralayotganini  ko„rsatadi.  Boshqaruv  shakli  o„zgarsa-da,  eski  uslub  o„zgarmagani, 

bu  natijada  mahalliy  hokimiyat  tasarrufiga  tegishli  bo„lgan  ko„pdan-ko„p  masalalar 

idorama-idora  o„tib  yurishiga  olib  kelmoqda  edi.  Bunday  uslubdan  yangi  sharoitda 

mutlaqo voz kechish yangi jamiyatning qat‟iy talabi ekanligi ko„rsatib o„tildi. 

Uchrashuvda Prezident I.A.Karimov qanday tamoyillar va talablar asosida kadrlar 

tanlash lozimligi haqida fikr yuritib, quyidagi holatlarga alohida urg„u berdi: 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish