Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


«Vakillik  hokimiyatini  vujudga  keltirishning  jahondagi  eng  demokratik



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

«Vakillik  hokimiyatini  vujudga  keltirishning  jahondagi  eng  demokratik 

tizimlaridan  biri  tashkil  etildi.  O„zbekiston  Parlamenti–  Oliy  Majlis  ilk  marta 

ko„ppartiyaviylik asosida saylandi»,

 – dedi Prezident. 

Ko„ppartiyaviylik  tamoyili  asosida  tashkil  topganligi  va  shu  tamoyil  asosida 

faoliyat  ko„rsatayotganligi  Oliy  Majlisning  jamiyat  taraqqiyoti  keyingi  bosqichidagi 

o„ziga  xos  xususiyati  hisoblanadi.  Birinchi  sessiyada  O„zbekiston  parlamenti 

hokimiyat  vakillik  organlaridan  saylangan  120  kishidan  iborat  deputatlar  blokini, 69 

deputatdan  tarkib  topgan  Xalq  demokratik  partiyasi  fraksiyasini,  47  deputatni 

uyushtirgan  «Adolat»  sotsial-demokratik  partiyasi  fraksiyasini,  14  deputat 

ishtirokidagi «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasini ro„yxatga oldi. 

Ko„ppartiyaviylikni qaror toptirar ekan, Oliy Majlis parlamentda barcha masalalar 

turli blok va fraksiyalarning g„oyalari hamda fikrlarini taqqoslab ko„rish negizida hal 

etilajagiga,  siyosiy  jihatdan  o„zaro  murosaga  kelib  ishlash  esa  tamoyil  bo„lajagiga 

asoslandi. Shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo„yicha vakili instituti joriy 

etildi. 


«O„zbekiston  Respublikasining  Oliy  Majlisi  to„g„risida»gi  Konstitutsiyaviy 

Qonun,  «O„zbekiston  Respublikasida  deputatlarning  maqomi  to„g„risida»gi  Qonun, 

Oliy  Majlis  qo„mitalari  va  komissiyalari  to„g„risidagi  Nizom  hamda  parlamentning 

reglamentiga  muvofiq  parlament  ishini  tashkil  etish  uchun  Oliy  Majlis  Raisi 

rahbarligida  Oliy  Majlis  Kengashi  tuzilib,  uning  tarkibiga  Oliy  Majlis  Raisi 

o„rinbosarlari,  qo„mitalarning  raislari,  mandat  komissiyasi  raisi,  parlamentdagi 

deputatlar bloki va fraksiyalarning rahbarlari kirdi. 

Oliy Majlis faoliyatini zamon talablari asosida tashkil qilishga yo„naltirilgan mana 

shu  tadbirlarning  barchasi  parlament  ishini  yanada  rejali,  tashkiliy  jihatdan  puxta 

uyushtirish  imkonini  berdi.  Shuningdek,  sessiyalarning  kun  tartibini  Oliy  Majlis 

Kengashi majlislarida oldindan muhokama qilish, sessiyalarga tayyorgarlik ko„rish va 

ularni o„tkazish bo„yicha deputatlar ishchi guruhlari tashkil etish tajribasi qo„mitalar 

va komissiyalar faoliyatini takomillashtirish va qonunlarni tayyorlash ishining sifatini 

oshirishga xizmat qildi. 

Qonunlarni ishlab chiqish jarayonida amalda qo„mitalarning butun tarkibi ishtirok 

etadi. Qonun loyihalarini  tayyorlash bo„yicha  maxsus ishchi guruhlari tuzilib, ularga 

tegishli  loyihaga  doir  olimlar  va  mutaxassislarni  kengroq  jalb  etish  kabi  xalqaro 

tajriba ham qo„llana boshlandi. 

O„tgan  davr  shuni  ko„rsatdiki,  Oliy  Majlis  qabul  qilayotgan  qonunlar  sifatini 

oshirishda  ularning  loyihalarini  oldindan  matbuotda  chop  etib,  umumxalq 

muhokamasidan  o„tkazish  ijobiy  samara  berdi.  Qonunlar  loyihalarini  deputatlarga 

oldindan  yuborish  tartibi  joriy  qilindi  hamda  ularning  takliflari  va  fikr-mulohazalari 

har bir qonunni uzil-kesil ishlab chiqish chog„ida, albatta, e‟tiborga olinadigan bo„ldi. 



 

84 


Qonunlar  loyihalarini  nazariy  va  amaliy  jihatdan  yanada  teranroq,  puxtaroq  ishlab 

chiqish  maqsadida  ular  tegishli  vazirliklar  va  idoralar,  konsernlar,  uyushmalar  va 

mehnat  jamoalariga  yuboriladigan  bo„ldi.  Xalqaro  tashkilotlarning  ekspertizasidan 

o„tkazish yo„lga qo„yildi. 

Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyihalarini Oliy Majlis Raisi va 

uning  o„rinbosarlari  huzurida  tegishli  qo„mitalar,  Kotibiyat  bo„limlari  rahbarlari, 

ishchi  guruhlarining  a‟zolari  va  ekspertlar  ishtirokida  oldindan  sinchkovlik  bilan 

puxta  va  atroflicha  muhokama  etish  qonunchilik  ishidagi  maqbul  jihat  ekanligini 

ko„rsatdi. Ishning bu tarzda yo„lga qo„yilishi qabul qilinayotgan hujjatlarning sifatiga 

ijobiy ta‟sir eta boshladi. 

Ana  shunday  tadbirlar  natijasida  O„zbekistonni  ijtimoiy-siyosiy  va  ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlantirishning  yangi  bosqichiga,  yuz  berayotgan  yangilanish  va 

rivojlanish  jarayonlari  voqeligiga,  mamlakatni  yanada  taraqqiy  ettirishning  barcha 

ichki  va  tashqi  vazifalariga  monand  qonunlarni  ishlab  chiqish  va  qabul  qilishda 

deputatlarning faolligi va mas‟uliyati kuchaydi. 

Sessiyalar  ishida  O„zbekiston  Prezidentining  bevosita  ishtiroki,  uning  qonunlarni 

ishlab  chiqish  jarayonini  yanada  takomillashtirishga  muttasil  e‟tibor  berishi 

O„zbekiston  parlamenti  faoliyatining  ko„ngildagidek  bo„lishida  muhim  omil  bo„lib 

xizmat  qilmoqda.  Ma‟lumki,  Oliy  Majlisning  birinchi  chaqiriq  birinchi  sessiyasida 

I.A.Karimov  «O„zbekistonning  siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy  istiqbolining  asosiy 

tamoyillari»  mavzuida  keng  qamrovli  ma‟ruza  qilib,  unda  mamlakat  bosib  o„tgan 

o„zgarishlar  yo„lini  har  tomonlama  tahlil  etdi  va  «O„zbekiston  yangi  asr  boshida» 

degan  uzoq  muddatga  mo„ljallangan  Dasturni  ishlab  chiqish  vazifasini  qo„ydi  va 

uning asosiy yo„nalishlarini belgilab berdi. Prezident keyingi sessiyalardagi nutqlarida 

jamiyat rivojiga doir muhim qoidalarni yanada chuqurlashtirdi va aniqlashtirdi, yangi 

mazmun  bilan  boyitdi.  Jumladan,  u  Oliy  Majlisning  VI  sessiyasida  «Hozirgi 

bosqichda  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirishning  muhim  vazifalari»  mavzuida 

nutq  so„zlar  ekan: 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish