Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Uchinchidan,

  mustaqil  taraqqiyot  yo„lida  vujudga  kelayotgan  milliy  davlatchilik 

tizimi  har  qanday  mafkuraviy  ta‟sirdan  xoli,  xalqning  o„ziga  xos  tarixiy,  axloqiy-

ma‟naviy va ruhiy qadriyatlariga mos bo„lmog„i lozim edi.  

Bunday  vazifani  Konstitutsiyada  belgilanganidek,  qonun  chiqaruvchi  vakillik 

hokimiyati  –  Oliy  Majlis  uddalamog„i  kerak  edi.  Shuning  uchun  ham  Oliy  Kengash 

XVI  sessiyasidan  (1994-yil,  sentabr)  so„ng  O„zbekistonda  yangi  qonun  chiqaruvchi 

organ  Oliy  Majlisni  shakllantirish  uchun  amaliy  choralar  ko„rila  boshladi.  Sessiya 




 

82 


qaroriga  muvofiq  1994-yil  25-dekabrida  Oliy  Majlisga,  viloyat,  shahar  va  tuman 

kengashlariga saylovlar belgilandi. 

Saylov  kompaniyasini  muvaffaqiyatli  o„tkazish  uchun  zarur  sharoitlar  yaratildi. 

O„zbekistonda  saylov  kompaniyasi  qonunchilikka  qat‟iy  rioya  qilingan,  ijtimoiy 

barqarorlik va osoyishtalik to„la saqlangan holda olib borildi. Birgina misol: 1994-yil 

14-15-noyabrida  Toshkentda  Oliy  Majlisga  saylov  o„tkazuvchi  okrug  saylov 

komissiyalari  raislarining  uch  kunlik  seminari  bo„lib  o„tdi.  Seminar-kengashda 

mamlakat  hayotida  ham,  fuqarolar  hayotida  ham  ulkan  ahamiyatga  molik 

yangilanishlar olib kirilishi zarurligi ta‟kidlandi.   

O„zbekistonda  ro„y  berayotgan  demokratik  o„zgarishlar,  xususan  ko„p 

partiyalilikka asoslangan saylov kompaniyasi jahon hamjamiyatida ham katta qiziqish 

uyg„otdi.  Shu  bois  yuqorida  tilga  olingan  seminar-kengashda  Birlashgan  Millatlar 

Tashkilotining  O„zbekistondagi  vakili  Xolid  Malik,  AQSHning  O„zbekistondagi 

Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy, Turkiya 

elchisi  Erdugan  Aytun  va  boshqalar  ishtirok  etib,  saylovga  taalluqli  qimmatli 

tajribalari  bilan  o„rtoqlashdilar.  Jumladan,  Xolid  Malik  O„zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Majlisida  Okrug  saylov  komissiyalari  raislari  bilan  seminar-kengash  ishida 

uchrashish o„zi uchun yuqori martaba ekanini ta‟kidladi. U seminar-kengashni tarixiy 

sana  –  saylovlar  oldidan  O„zbekistonda  demokratik  jamiyat  barpo  qilish  yo„lida 

oldinga bosilgan qadam bo„ladi, deb baholadi. 

Saylovlarni qonun talablari asosida o„tkazish uchun mamlakat bo„yicha 250 okrug 

va 7192 uchastka saylov komissiyasi tuzildi. Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro„-

e‟tibor  va  hurmat  qozongan,  partiyasiz  bo„lgan  munosib  kishilar  kiritildi.  Saylovni 

ko„ppartiyaviylik  va  muqobillik  asosida  o„tkazishni  ta‟minlash  uchun  qonunda 

belgilangan  muddatlarda  tadbirlar  belgilandi.  139  saylov  okrugida  uchtadan,  106 

saylov  okrugida  ikkitadan  nomzod  ovozga  qo„yildi.  Saylovda  ro„yxatga  olingan  17 

million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi, ya‟ni 10 million 526 ming 654 kishi 

o„z konstitutsion huquqidan foydalandi. 

Vakillik  hokimiyati  organlari  tomonidan  Oliy  Majlis  deputatlariga  2  ming  850 

nomzod  hamda  viloyatlar,  Toshkent  shahri  kengashlarining,  Qoraqalpog„iston 

Jo„qarg„i Kengesining deputatligiga salkam 2 ming nomzod ko„rsatildi.  

Fuqarolarning  o„z-o„zini  boshqarish  organlari  shahar  va  tuman  kengashlari 

deputatligiga  salkam  6  ming,  siyosiy  partiyalardan  deputatlikka  jami  6  ming  110, 

jumladan, birinchi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga Xalq 

demokratik  partiyasidan  247,  «Vatan  taraqqiyoti»  partiyasidan  146,  hokimiyatning 

vakillik  organlaridan  250  nomzod  ko„rsatildi.  Hamma  joyda  saylovlar  qonun 

talablariga  muvofiq  umumiy,  teng,  to„g„ridan-to„g„ri  saylov  huquqi  asosida  yashirin 

ovoz  berish  yo„li  bilan  o„tkazildi.  1994-yil  25-dekabrida,  1995-yil  8  hamda  25-

yanvarda bo„lib o„tgan saylovlarda saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun 

yakdillik  bilan  ovoz  berdilar.  Bu  Oliy  Majlis  –  yangi  Parlamentni  demokratik  yo„l 

bilan shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo„ldi. 



 

83 


1995-yil  23-fevralida  o„z  ishini  boshlagan  yangi  tarkibdagi  O„zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi  sessiyasi  O„zbekiston  tarixida  o„ziga  xos 

sahifa  ochdi.  Sessiyada  I.A.Karimov  «O„zbekistonning  siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy 

istiqbolining asosiy tamoyillari» to„g„risida keng qamrovli ma‟ruza qildi.  




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish