Birinchidan,
shu vaqtga qadar O„zbekistonda sobiq ittifoq davrida qabul qilingan
ayrim qonun va me‟yoriy hujjatlar hamon amalda bo„lib, ulardan butunlay voz
kechish vaqti yetgan edi. Chunki, ular mazmun va mohiyati yangilanayotgan davlat
va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas va hatto, yangi jamiyat oldida turgan tub
maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilar edi.
Ikkinchidan,
O„zbekiston o„z oldiga adolatli huquqiy demokratik davlat qurish,
taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo„lidan borish va insonparvar
fuqarolik jamiyatini shakllantirish vazifasini maqsad qilib qo„ygan edi. Bu borada
rivojlangan mamlakatlar, shuningdek, milliy ozodlik harakatlari orqali mustaqillikka
erishgan va taraqqiyot yo„liga kirgan boshqa qator davlatlar qonunchilik tajribasidan
foydalanish lozim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |