98-modda
quyidagi tahrirda bayon etildi: «O„zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatini amalga oshiradi. O„zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o„rinbosarlari,
vazirlar, davlat qo„mitalarining raislaridan iborat. Qoraqolpog„iston Respublikasi
hukumatining boshlig„i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o„z lavozimi bo„yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
shakllantiriladi. O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining palatalari tomonidan ko„rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar
Mahkamasining a‟zolari O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma‟naviy sohaning samarali
faoliyatiga rahbarlikni, O„zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari,
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
ijrosini ta‟minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O„zbekiston
Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarlishi majburiy bo„lgan
qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil
etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar
bo„ladi. Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorini imzolaydi,
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig„iga binoan xalqaro munosabatlarda
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko„radi. O„zbekiston
Respublikasi qonunlarida, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va
farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
O„zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik
qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul
qilishga, shuningdek, ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asosan
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O„zbekiston respublikasi Bosh
vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli».
Mustaqillikning o„tgan davri shuni ko„rsatdiki, Konstitutsiya mamlakatimizda
siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy sohalarda amalga oshirilgan ishlarning huquqiy asosi
sifatida o„zini namoyon qildi. Xalqimiz shu bois ham uni muhim hayotiy qo„llanma
deb hisoblaydi. O„zbekistonda istiqomat qilayotgan millati, dini va tilidan qat‟i nazar
barcha fuqaro uchun mustahkam qalqon bo„lib xizmat qilmoqda.
Shuning uchun ham O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o„rganishni, uning
mohiyatini chuqurroq o„zlashtirishni hayot taqozo qila boshladi.
Shu nuqtai nazardan Prezident 2001-yil 4-yanvarda «O„zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasini o„rganishni tashkil etish to„g„risida» farmoyish chiqardi. Ushbu
farmoyishga asosan, Konstitutsiyaning jamiyatdagi o„rni va ahamiyatini, mazmuni va
78
mohiyatini o„rganish, yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, talaba va o„quvchi
yoshlarda mustahkam bilimlarni shakllantirish talablari qo„yildi.
Mamlakatimizda uzluksiz ta‟lim tizimida, maktabgacha ta‟lim muassasalaridan to
oliy ta‟limning yuqori bosqichi – magistraturagacha, yoshlarning huquqiy bilimlarini
oshirishning yaxlit va izchil tizimi vujudga keldi. Ushbu tizimga fan sohasidagi
doktoranturagacha bo„lgan bosqich ham kiradi.
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezidenti bir paytning
o„zida ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham ekanini belgilaydigan normalarning
o„zgartirilishi muhim siyosiy-huquqiy qadam bo„ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga
muvofiq O„zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo„lib, davlat hokimiyati
organlarining o„zaro uyg„un va hamjihat faoliyat yuritishini ta‟minlaydi.
«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to„g„risida»gi
konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, hech shubhasiz, demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o„ynadi.
Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini
oshirish, aholining ayniqsa saylov jarayonlarida xohish-irodasi va fikrni ifodalash,
markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta‟sir
o„tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifani hal
etish maqsadida parlamentdagi ko„pchilik parlamentdagi muxolafat maqomini
qonuniy tarzda belgilash, siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik
palatasi Spikerining o„rinbosari etib saylash bo„yicha tashkiliy-huquqiy choralar
ko„rildi.
Qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy partiyalarning mamlakat
parlamenti faoliyatini tashkil etishda, shuningdek, vakillik va ijro hokimiyati
organlarini shakllantirish, ularning faoliyatini nazorat qilishdagi roli va ahamiyatini
tubdan kuchaytirdi.
Xususan, Bosh vazir lavozimiga nomzod bo„yicha siyosiy partiyalar fraksiyalari
bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiqlanishining qat‟iy
belgilangan tartib va mexanizmining joriy etilgani davlat qurilishi sohasida
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo„lidagi muhim qadam bo„ldi.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi
fraksiyalariga Bosh vazirni iste‟foga chiqarish, mahalliy kengashlardagi partiya
guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste‟foga chiqarish to„g„risida tashabbus bilan
chiqish huquqining berilishi ham mutlaqo muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning
barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi o„rni va ta‟siri ortib bora-
yotganidan dalolat beradi.
Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini,
avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, budjet tashkilotlarini,
kommunal xo„jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarni ish bilan
ta‟minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo„yicha vakolatlarini mahalliy
79
hokimiyat, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-
bosqich o„tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |