* * *
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-bo„limining XIX bobida O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti maqomi belgilab berildi. Unga ko„ra O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo„lmagan, davlat tilini yaxshi
biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O„zbekiston hududida muqim
yashagan O„zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O„zbekiston
Respublikasining Prezidenti O„zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan
umumiy, teng va to„g„ridan-to„g„ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo„li
bilan yetti yil muddatga saylanadi. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
nomzodlar soni cheklanmaydi. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida
saylovchilarning kamida 50 foizi qatnashgan taqdirda saylov haqiqiy deb
hisoblanadi. Umuman O„zbekiston Respublikasi bo„yicha ovoz berishda qatnashgan
saylovchilar ovozlarining yarmidan ko„pini olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
Prezidentni saylash tartibi O„zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul
qilingan «O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to„g„risida»gi Qonuni bilan
belgilanadi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat qurilishi sohasidagi
tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi munosabati bilan
42
iste‟foga chiqqan Prezident umrbod Oliy Majlis yuqori Palatasi– Senati a‟zosi
lavozimini egallashi ko„zda tutilgan.
O„zbekiston Respublikasining Prezidenti o„z vazifasini bajarib turgan davrda
boshqa haq to„lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo„lishi,
tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
O„zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimni ijro etishga kirishish chog„ida
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qasamyod qiladi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya tomonidan davlat, xo„jalik,
ijtimoiy-madaniy qurilish, xalqaro munosabatlar sohasida unga berilgan vakolatlarini
amalga oshirish maqsadida Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro
etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo„lgan
farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O„zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o„z vazifasini bajara
olmasligi Oliy Majlis tuzgan davlat tibbiy komissiyasi xulosasi bilan tasdiqlangan
taqdirda o„n kun muddat ichida Oliy Majlisning favqulodda yig„ilishida deputatlar
orasidan O„zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi
saylanadi. Bu holda uch oy muddat ichida O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
umumxalq saylovi o„tkazilishi shart.
Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
tub
islohotlarning
natijasini,
davlatimizning xalqaro maydondagi obro„-e‟tiborini, jahon taraqqiyotiga
qo„shayotgan munosib hissasini mamlakat fuqarolari ham xorijdagi siyosatdonlar va
davlat arboblari ham tan olmoqdalar.
Tarixan g„oyat qisqa muddatda qo„lga kiritilgan yutuqlar mazmun-mohiyati va
butun ko„lami bilan bir necha o„n yilliklarga teng. Zotan, qisqa fursatda jamiyatni
tubdan o„zgartirish, huquqiy demokratik davlatni vujudga keltirish turmushimizga
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida katta ishlar amalga oshirildi.
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, jamiyatni takomillashtirish, aholi dunyoqarashi
va tushunchalarini yangi g„oyalar bilan boyitish uzoq muddatli jarayon. Yoki
boshqacha qilib aytganda O„zbekistonning yangi asrdagi dasturiy faoliyatidir. O„tish
davridek hozirgi murakkab, ziddiyatli, keng miqyosli islohotlar avj olgan bir paytda
esa Davlat boshqaruvidagi izchillikning saqlab turilishi, boshlangan og„ir va xayrli
ishlarni bir me‟yorda olib borish va oxiriga yetkazish jamiyat hayotida ham, fuqarolar
hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakatda Prezident
vakolatini 2000-yilgacha cho„zish yuzasidan umumxalq referendumini o„tkazish
to„g„risida qabul qilingan qarori shu qaror asosida o„tkazilgan referendum katta
siyosiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Qolaversa, mazkur qaror va uning sharhlarida
boshqa yana bir qator o„ta muhim, har bir fuqaro hayotiga daxldor masalalar aniq
ko„rsatib berilgan.
Shu yerda kitobxon e‟tiborini bir narsaga tortmoqchimiz. Rivojlangan
mamlakatlarda (deylik, Amerika Qo„shma Shtatlari, Germaniya, Fransiya, Koreya va
43
boshqalar) Prezident almashinuvi yoki saylovlari va boshqa siyosiy hodisalar oddiy
fuqarolar yoki umuman jamiyat hayotida keskin burilishlarga sabab bo„lmaydi.
Chunki, ular uchun aniq qonunlar asosida o„zlarini o„zlari boshqarish hayot tarziga
aylanib qolgan. Demak, amaldagi qonunlar bo„yicha faoliyatlarini davom
ettiraveradilar. Prezident esa jamiyat taraqqiyotining umumiy yo„nalishlarini, davlat
siyosatining asosiy tamoyillarini yangi tarixiy sharoitlarda, yangicha ehtiyojlar nuqtai
nazaridan boyitib boradi, xolos.
O„tish davrida esa vaziyat boshqacha – ancha murakkab. Har qanday davlat
siyosatida, endigina shakllanayotgan boshqaruv tizimi va qonunchilikda izchillikning
saqlab turilishi tabiiy va samarali hodisa sifatida baholanadi. Qolaversa, ta‟bir joiz
bo„lsa, xalq iborasi bilan aytganda, «kechuvda otlar almashtirilmaydi». Chunonchi,
qo„shni mamlakatlarda yuz berayotgan noxush voqealar bunga yaqqol misol bo„la
oladi. Masalan, shundoq ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat chigal bo„lgan Gruziya,
Ozarbayjon, Armaniston, Tojikistonda davlat rahbarlari to„rt marta, Ukraina, Belorus,
Moldova, Boltiq bo„yi mamlakatlarida 3-4 martadan almashdi. Har qanday
mamlakatda siyosiy barqarorlik mavjud bo„lgan sharoitdagina ishlab chiqarishdagi
muvozanat, iqtisodiy va ijtimoiy, umuman har tomonlama barqarorlik to„la saqlanishi
mumkin.
Majlisda qayd etilganidek, 2000-yilning 9-yanvari mustaqil O„zbekistonimiz
tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo„lgan, davlatimizning XXI asrdagi taqdiriga
va taraqqiyotiga jiddiy ta‟sir ko„rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib
qoladi. O„zbekiston fuqarolarining aksariyati hozirgi davlat boshlig„ining rahbarligi
ostida va tashabbusiga ko„ra amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
o„zgarishlarni qo„llab-quvvatlagan holda Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi.
Bo„lib o„tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar
asosida o„tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular o„z xohish-
irodasiga binoan, o„zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubhasiz, bu hol
jamiyatimizda fikrlar xilma-xilligi va qarashlarning turlicha bo„lishi uchun katta turtki
beradi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotining yanada erkinlashtirilishiga
zamin hozirlaydi.
2000-yil 11-yanvarda O„zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
navbatdagi majlisi bo„lib o„tdi. Majlis kun tartibi bitta masalaga – 2000-yil 9-yanvar
kuni bo„lib o„tgan O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga
bag„ishlandi.
O„zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov
komissiyalaridan kelib tushgan bayonnomalar asosida shuni aniqladiki, 9-yanvarda
bo„lib o„tgan saylovda ro„yxatga olingan 12 million 746 ming 903 saylovchidan, 12
million 123 ming 199 saylovchi ishtirok etdi. Bu esa ro„yxatga olingan
saylovchilarning umumiy miqdorining 95,10 foizini tashkil etadi. Fidokorlar milliy
demokratik partiyasining nomzodi ko„rsatilgan Islom Karimov uchun 11 million 147
ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,90 foizi ovoz berdi. O„zbekiston Xalq
44
demokratik partiyasidan nomzodi ko„rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming
161 saylovchi yoki 4,17 foiz saylovchi ovoz berdi.
O„zbekiston Respublikasining «O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to„g„risida»gi Qonunining 35-moddasiga muvofiq, O„zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug„aniyevich Karimovning O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to„g„risida qaror qabul qildi.
2007-yil 23-dekabr kuni O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo„lib o„tdi.
Saylov muqobillik asosida mamlakatimiz Konstitutsiyasi va saylov qonunchiligida
belgilangan demokratik tamoyillarga to„la muvofiq tarzda o„tdi. Unda O„zbekiston
Xalq demokratik partiyasi, O„zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi,
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O„zbekiston Liberal-dekmokratik partiyasi,
shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhidan nomzodlar ishtirok etdi.
14 ta saylov okrugi, 8266 ta saylov uchastkasi aloqa vositalari, kompyuter va
orgtexnika, saylov qonunchiligi me‟yorlariga oid adabiyotlar bilan ta‟minlandi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida okrug va uchastka saylov komissiyalari
a‟zolari uchun o„quv seminarlari tashkil etildi. Saylovchilar, avvalo, birinchi marta
ovoz berayotgan saylovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida saylov
komissiyalari tomonidan ko„plab uchrashuvlar, seminarlar, jumladan, televideniye va
bosma ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda o„tkazildi.
Shuningdek, saylov jarayonining qariyb 23 ming 300 nafar kuzatuvchi ishtirokida
kuzatib borilishi ham saylovning ochiq va oshkora o„tishini ta‟minladi. Beshta
xalqaro tashkilot – MDH, EXHT, SHHT, YevrAzES, IKT, 30 dan ortiq xorijiy
mamlakatlardan kelgan kuzatuvchilar, shuningdek, O„zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga nomzod ko„rsatgan siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor
guruh vakillari saylovni kuzatib bordi. Bundan tashqari, saylov jarayonini yoritishda
300 nafarga yaqin mamlakatimiz va xorijiy jurnalistlar ishtirok etdi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga ko„ra, Islom Karimov 13
million 8 ming 357 yoki saylovda qatnashgan saylovchilar umumiy sonining 92,1
foizi ovozini oldi. Asliddin Rustamov 468 ming 64 ovoz – ovoz berishda ishtirok
etgan saylovchilar umumiy sonining 3,17 foizi, Akmal Saidov 420 ming 815 ovoz –
2,85 foizi, Dilorom Toshmuhamedova 434 ming 111 ovoz – 2,94 foizi miqdorida
ovozga ega bo„ldi. Bunda byulletenlarning 2,94 foizi haqiqiy emas, deb topildi.
O„zbekiston mustaqilligining tarixan qisqa davri mobaynida erishilgan yutuqlar
bevosita Islom Abdug„aniyevich Karimov nomi bilan bog„liq. Buni quyidagilarda
ko„rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |