Uchinchidan,
O„zbekiston taraqqiyot yo„lini ishlab chiqishda respublikaning
qulay jug„rofiy-siyosiy imkoniyati hisobga olindi.
Darhaqiqat, tarixan O„zbekistonning hozirgi hududi juda ko„hna savdo yo„li –
Buyuk ipak yo„li tutashgan, mag„rib-u mashriqni bir-biriga bog„lab turgan, turli
qarashlardagi xalqlarni yaqinlashtirgan, jo„shqin tashqi aloqalar va turli
madaniyatlarning bir-birini o„zaro boyitish jarayoni kechgan hududdir. Ana shu boy,
tarix sinovlaridan o„tgan tajribalarni davom ettirish, undan samarali foydalanish yo„li
tutildi. Demakki, mintaqalararo aloqalar, dunyoviy integratsiyani yo„lga qo„yishga
kirishildi.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |