38
4-§. Islom Karimov – mustaqil O„zbekistonning
birinchi Prezidenti
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi,
zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshlandi. Boshqaruvning Prezidentlik shakli
mazkur tizim o„zagini tashkil etdi.
1991-yil oxirida O„zbekiston hayotida tom ma‟noda ulkan tarixiy voqea sodir
bo„ldi. 29-dekabrda xalqimiz uzoq yillik mustamlakachilikdan so„ng tom ma‟nodagi
mustaqillik ramzi sifatida birinchi bor umumxalq xohish irodasi bilan mustaqil
O„zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. O„zbekistonda demokratik
jarayonlarning yangi bosqichi shu sanadan boshlanadi, desak mubolag„a bo„lmaydi.
Bu tarixiy voqea juda katta mehnat, siyosiy faollik, milliy birlik, g„oyalar va
maqsadlar mushtarakligi mahsuli bo„ldi. Bu sharafli ishni Markaziy saylov
komissiyasi, 13 saylov okrugi va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyasi amalga
oshirdi. Asosiy vazifa O„zbekiston Respublikasi referendumi to„g„risidagi va
O„zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash haqidagi qonunlar talablarini
og„ishmay amalga oshirish – bir tomondan millionlab fuqarolarga o„z konstitutsion
huquqidan foydalanishda, xohish-irodalarini erkin bildirishda, ikkinchi tomondan
prezidentlikka nomzodlarga ularning saylovoldi kurashida teng sharoit yaratib
berishdan iborat edi.
Referendum va saylovga tayyorgarlik jarayonida Markaziy saylov komissiyasi eng
avvalo saylovga doir barcha hujjatlarni markazlashtirilgan holda tayyorlash va
joylarga o„z vaqtida yetkazish choralarini ko„rdi. Bu vazifa muvaffaqiyatli hal etildi.
Xususan referendum va Prezident sayloviga doir byulletenlar barcha saylovchilarga
yetadigan miqdorda – o„n bir million nusxada chop etildi.
Prezidentlikka nomzodlar har birining saylovoldi dasturlari aks ettirilgan 301 ming
nusxadan iborat plakat, nomzodlar har birining 40 ming nusxadan saylovchilarga
murojaatnomalari chop etildi.
Markaziy saylov komissiyasi saylovoldi kompaniyasida nomzodlar uchun teng
sharoit yaratish, ularga o„z saylovoldi dasturlarini ommaviy axborot vositalarida e‟lon
qilishga bir xil imkon yaratish masalalariga Prezident saylovi haqidagi qonun
talablaridan kelib chiqqan holda alohida e‟tibor berdi.
Umumxalq Prezident saylovlari mamlakat tarixida ilk bor o„tayotganini,
saylovchilarimizda hali yetarli tajriba va ko„nikma yo„qligini inobatga olib, bu
tadbirni uyushqoqlik bilan ko„tarinki ruhda o„tkazish maqsadida faollar keng
ko„lamda jalb qilindi. Saylov komissiyalari ishida 75 mingdan ziyod kishi qatnashdi.
Saylov komissiyalariga yordam tariqasida Oliy Kengash va mahalliy kengashlar
deputatlari samarali faoliyat ko„rsatishdi.
O„zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o„tdi. Oliy lavozimga ikki
nomzod – O„zbekiston XDP va O„zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi
nomzodi I.A.Karimov va «Erk» demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov
(Muhammad Solih) nomzodi qo„yildi.
39
Saylovlar yakuniga ko„ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda
qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474
saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi.
Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko„rib chiqib,
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to„g„risidagi qonunning 35-moddasiga
asosan Islom Abdug„aniyevich Karimovni O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. Shuni alohida ta‟kidlash joizki,
respublikaning barcha hududlarida saylov uyushqoqlik bilan, qonunlarga qat‟iy amal
qilingani holda saylovchilarning yuksak faolligida o„tdi. Saylov puxta tashkil etilgani,
saylovlarning o„tkazilishi va uning natijalarini hisoblab chiqish qonun asosida adolatli
tashkil etilgani MDH mamlakatlari, shuningdek, AQSH, Turkiya va Malayziyadan
hamda bir qator xalqaro tashkilotlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar tomonidan
e‟tirof etildi.
Saylovlar natijalari o„zbek xalqining mustaqil taraqqiyot va rivojlanishning
yutuqlarini I.A.Karimov shaxsi, uning dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoyiligi
bilan bog„lashining yaqqol dalili edi.
Do'stlaringiz bilan baham: