vodiylar yashil rangda, tog„lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va
yulduz oq rangda, O„zbekiston Respublikasining davlat bayrog„i tasvirlangan lenta
XI sessiyasida «O„zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to„g„risida»gi qonun
qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov
36
Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
N a q o r a t:
Oltin bu vodiylar – jon O„zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug„ xalq qudrati jo„sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag„ri keng o„zbekning o„chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo„r qanot!
Istiqlol mash‟ali, tinchlik posboni,
Xalq sevar, ona yurt, mangu bo„l obod!
N a q o r a t:
Oltin bu vodiylar – jon O„zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug„ xalq qudrati jo„sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor.
O„zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo„lgan kundanoq dastlab
mustaqillikka erishgan Boltiqbo„yi respublikalari bilan teng huquqli davlat sifatida
munosabat o„rnatish uchun harakat boshladi. 1991-yilning 30-sentabrida respublika
Oliy Kengashi Latviya, Litva va Estoniya respublikalari mustaqilligini e‟tirof etish
to„g„risida qaror va shu respublikalar Oliy Kengashlariga Murojaatnoma qabul qildi.
Jumladan, Latviya Respublikasining Oliy Kengashini, butun xalqini Latviya to„la
davlat mustaqilligiga erishganligi, u xalqaro ko„lamda keng tanilganligi va Birlashgan
Millatlar Tashkilotiga qabul qilinganligi bilan tabrikladi. Tabriknomada, jumladan,
shunday so„zlar bitilgan edi:
«Latviya bilan O„zbekiston o„rtasidagi munosabatlar an‟anaviy do„stlik ruhida
bo„lib, xayrixohlik va ikkala respublikaning suverenitetini tan olish prinsiplariga
asoslanadi. Mustaqil O„zbekiston bundan buyon teng huquqlilik va o„zaro hurmat
asosida har tomonlama iqtisodiy va madaniy aloqalarni sifat jihatidan yangi darajada
davom ettirish niyatida.
Latviya xalqiga mustaqil demokratik davlat qurilishida katta muvaffaqiyatlar, baxt
va ravnaq tilaymiz».
Xuddi shu mazmundagi murojaatnomalar Litva va Estoniya Respublikalari Oliy
Kengashlari nomiga ham yuborildi. Mustaqillik qo„lga kiritilgan davrdan boshlab
O„zbekiston tarixida mutlaqo yangi davr boshlandi.
O„zbekiston o„z suverenitetini qo„lga kiritgandan so„ng bu haqda respublika
ichkarisida ham, uning tashqarisida ham ayrim kishilar turlicha qarashlarni ilgari
37
surdilar. Jumladan: «O„zbekiston osongina, kurashsiz mustaqil bo„lib oldi», – degan
fikrlar paydo bo„ldi. To„g„ri, 1991-yilning o„rtalariga kelib sobiq SSSRning
yemirilishi, Ittifoq hukumati esa boshqaruv jilovini qo„ldan chiqarib yuborganligi
tufayli mustaqillikka erishish uchun qulay tarixiy shart-sharoit paydo bo„ldi. Biroq,
tarixiy tajriba shuni isbotladiki, o„ta murakkab rahbarlik siyosatining muhim
jihatlaridan biri hal qiluvchi qadamni to„g„ri belgilash va qat‟iy harakat boshlashdan
iborat.
O„zbekiston rahbariyati ana shunday donolik bilan harakat qildi, eng qulay paytdan
dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat mustaqilligini e‟lon qildi.
Mustaqillik bu in‟om emas, balki butun xalqning, millionlarning uzoq yillik
intilishi tufayli qo„lga kiritilgan tarixiy kurashning natijasi – buyuk g„alaba. Zotan,
O„zbekistonning davlat mustaqilligiga ega bo„lganligi buyuk tarixiy ahamiyatga ega
voqea hisoblanadi. Chunonchi:
Do'stlaringiz bilan baham: