1997-yil 20-oktabr.
Buyuk allomaga yuksak ehtirom
Bismillohir rohmanir rohim.
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlarim!
Muhtaram mehmonlar!
Bugun yurtimiz va xalqimiz tarixida o„chmas iz qoldiradigan muborak va
munavvar kundir.
Bugun ulug„ ajdodimiz Imom al-Buxoriy hazratlarining ruhini shod etish,
bobokalonimiz tavallud topgan muqaddas zaminda ul zoti sharifning xotirasini yod
etish kunidir.
O„ylaymanki, bu yerga yig„ilgan jamoat, al-Buxoriyning mo„tabar xokini ziyorat
qilish
sharafiga muyassar bo„lgan mo„‟min-musulmonlar, tom ma‟noda
baxtiyordirlar.
Aziz do„stlar!
Bu kabi tantanalarni o„tkazishdan ko„zlangan niyat va maqsadlarimiz haqida,
muqaddas qadamjolarni obod qilishimiz sabablari to„g„risida ikki og„iz so„z aytishga
ijozat bergaysizlar.
473
Eng avvalo, bu ishlarni amalga oshirish zamirida savob degan olijanob tushuncha
yotadi. Savob – ulug„ insoniy fazilat, yuksak islomiy qadriyatlardan biridir. Mening
komil ishonchim shuki, savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish
kerak.
Savobli amallar qilish esa xalqimizga xos azaliy xislatdir.
Savobli ishlarni qilgan odamga, uning el-u yurtiga albatta Ollohning rahmatlari
yog„iladi. Muqaddas qur‟oniy oyatda ta‟kidlanganidek, «Yaxshilikning mukofoti
faqat yaxshilikdir». Biz ezgu ishlarni qancha ko„p qilsak, ulug„ ajdodlarimizning
izzat-ikromini joyiga qo„ysak, ularning tabarruk nomlarini butun dunyoga tarannum
etsak, Yaratganimizning o„zi bizni balo-qazolardan asraydi, bizga kuch-qudrat ato
etadi, yo„limizni ochib beradi.
Aziz yurtdoshlarim!
Biz muhim savolga javob izlab ko„raylik: Olloh taolo qaysi yurtda, qaysi tuproqda
mana shunday ulug„ zotlarni dunyoga keltiradi?
Parvardigori olam buyuk zotlarni O„zi aziz etgan joylardagina dunyoga keltiradi.
Bunday yurtlar esa yer yuzida sanoqli. Biz cheksiz shukronalik bilan aytamizki, ona
Vatanimiz Ollohning nazari tushgan ana shunday muqaddas diyordir.
Yurtning muqaddasligi nima bilan belgilanadi?
Butun umrini iymon va e‟tiqod, vatanparvarlik va insonparvarlik, poklik va
halollik, ilm va ma‟rifat, adolat va diyonat yo„lida fido etgan zotlarning mo„tabar
xoklari makon topgan zamingina muqaddasdir. Agar shunday insonlar bo„lmasa, ular
dahosining nafasi sezilib turmasa, har qanday zamin oddiy tuproq bo„lib qolaveradi.
Qadrli do„stlar!
Nima uchun biz kelajagimizning yorug„ va farovon bo„lishiga qat‟iy ishonamiz?
Xalqimizni, ayniqsa, o„sib kelayotgan navqiron avlodimizni nega aynan shu
e‟tiqod asosida tarbiya etmoqdamiz?
Bu murakkab va qaltis zamonda yo„limizda og„ir sinov va to„siqlar duch kelganda,
ular qarshisida chorasiz qolganda, mislsiz mashaqqatlar holdan toydirganda ham biz
kuch-qudratni qayerdan olamiz?
Eng avvalo Olloh taoloning bizga ko„rsatayotgan marhamatidan olamiz.
Mana shunday vaziyatlarda bizga metin iroda, sabot-matonat, g„ayrat va jasorat
baxsh etadigan buyuk va cheksiz yana bir manba bor.
Bu manba – ulug„ ajdodlarimizning qonimizda jo„sh urayotgan azm-u shijoatidir.
Bu manba – al-Buxoriydek mumtoz bobolarimiz dahosining hayotbaxsh qudratidir.
Bu manba – ularning bizga hamisha madadkor bo„ladigan o„lmas ruhi poklaridir.
Ana shu haqiqat, ana shu e‟tiqod vatandoshlarimiz, aziz farzandlarimiz yuragiga,
ong-u shuuriga, tafakkuriga tobora teran singib bormoqda.
Biz komil ishonch bilan, O„zbekistonning istiqloli boqiy, istiqboli buyuk, der
ekanmiz mana shunday mustahkam asolarga tayanamiz.
Muhtaram jamoat!
Qadrli mehmonlar!
474
Biz musulmon dunyosining uzviy qismimiz. Tariximizning eng fojiali, eng og„ir
davrlarida ham, mustabid tuzum changalida bo„lgan paytimizda ham, bizni
dinimizdan ayirishga, unga xiyonat etishga majbur qilganlarida ham xalqimiz hech
qachon o„z islomiy e‟tiqodidan qaytmagan. Boshiga qilich kelganda ham ota-bobola-
rining muqaddas dini bo„lmish musulmonchilikka hamisha sodiq qolgan.
Biz, shioriy ezgulik bo„lgan butun dunyodagi ahli islom qatori, dinimizni doimo
pok va sof saqlashga intilib kelganmiz. Va bu yo„ldan aslo qaytmaymiz. Shuning
uchun ham dinimizdan har xil g„arazlik va nopok maqsadlar yo„lida foydalanishga
mutlaqo qarshimiz.
Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizga xizmat qiladigan, xayrli
ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas-tuganmas kuch-qudrat manbayi bo„lib
qolishiga ishonaman.
Aziz birodarlarim!
Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o„zbek xalqi, balki butun musulmon olamining
faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma‟nodagi ilmiy va insoniy jasorat,
bukilmas iroda, so„nmas e‟tiqod timsolidir.
Olti buyuk muhaddisning ikkinchisi hisoblangan Imom Muslimning al-Buxoriyga
qarata: «Ey, ustozlarning ustozi, muhaddislarning sultoni, hadislarning tabibi!
Poyingizni o„pishga ijozat bering!» deya qilgan xitobi ahli islomning ulug„
bobomizga hurmat va e‟tirofi naqadar yuksakligini ko„rsatadi.
Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma‟naviy meros qoldirib ketdi. Bu
merosning gultoji – eng ishonchli hadislar to„plami – «Al-Jome‟ as-Sahih» islom
dinida Qur‟oni Karimdan keyin e‟zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo
musulmonlarining e‟tiqodiga ko„ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng
ulug„idir.
Mana, o„n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan
munavvar etib, haq va ezgulik yo„liga chorlab kelmoqda.
Yaratganimizga shukurlar bo„lsinki, ozodligimiz sharofati bilan al-Buxoriydek
ulug„ ajdodlarimiz el-yurti bag„riga qaytmoqda. Allomaning o„lmas merosi har bir
yurtdoshimiz xonadoniga kirib, ong-u tafakkurimizni ravshan etmoqda. Qalblarimizni
iymon nuri va mehr-oqibat tuyg„ulari bilan musaffo etmoqda.
Muhtaram birodarlarim!
Biz eski tuzum, eski mafkura tuzumidan xalos bo„lgach, o„zligimizni, qanday
ulug„ insonlarning avlodi ekanimizni, qanday boy va betakror ma‟naviy meros
vorislari ekanimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni tiklash yo„lida tarixda iz
qoldiradigan ko„pgina xayrli ishlarni amalga oshirdik.
Shular qatorida ozodligimizning dastlabki yillaridanoq biz Imom al-Buxoriy
maqbarasini ul zotning sha‟n-shavkatiga munosib, yon-atrofi munavvar go„shaga,
ziyoratga kelgan mo„min-musulmonlarga ruhiy-ma‟naviy kuch ato etadigan
qadamjoga aylantirishni niyat qilgan edik.
Ollohning inoyati bilan ezgu niyatimiz ijobat bo„lgan shu qutlug„ kundan men bu
muazzam yodgorlik majmuining shunchaki ziyoratgoh emas, balki go„zal
475
O„zbekistonimizni butun dunyoga tanitadigan, yosh avlodimizni ezgulik ruhida
tarbiyalaydigan, har bir insonni hayot va abadiyat haqida o„ylantiradigan aziz maskan
bo„lib qolishiga ishonaman.
Keyingi yillarda yurtimizda qad rostlayotgan muhtasham imorat va inshootlarni
bunyod qilishda milliy an‟analarimizga, me‟morchilik san‟atimizning o„ziga xos va
o„ziga mos uslub va naqsh-u ziynatlaridan foydalanishga alohida e‟tibor berilmoqda.
Mamlakatimiz ko„rkiga ko„rk qo„shadigan bunday betakror va ko„rkam binolar har bir
yurtdoshimizni mamnun etishi, yuragida g„urur uyg„otishi tabiiydir.
Istiqlol davrida mana shunday loyihalarni tuzish va amalga oshirishda bosh bo„lib
turganimdan, shu olijanob ishlarga hissa qo„shish nasib etganidan ko„pchilik qatori
men ham benihoya mamnunman. Ayniqsa, al-Buxoriy majmui loyihasining
tashabbuskori bo„lganimdan, uning shu shaklda, shu mazmunda barpo etilishida
hissam borligidan umrim boricha faxrlanib yuraman.
Bu Olloh taolo oldida, ajdodlar ruhi oldida, xalqim oldida mening insoniy burchim
edi.
Bu qutlug„ maskanni bunyod etgan ustalarimizning mehnati har qancha tahsinga
arziydi. Bu ulug„vor majmua Samarqandu Buxoro, Xiva-yu Toshkent, Andijon-u
Namangan, Shahrisabz-u Qo„qon va Marg„ilon shaharlaridan, mamlakatimizning turli
viloyatidan kelgan fidoyi insonlar mehnatining samarasidir.
Bir so„z bilan aytganda, uning bunyodkori butun O„zbekistondir.
Fursatdan foydalanib, ushbu ziyoratgohni obod qilishda jonbozlik ko„rsatgan
quruvchilarga, qo„li gul ustalarimizga, mohir me‟morlarimizga, shu ulug„ obidaga
g„isht qo„ygan, naqsh-u jilo bilan unga sayqal bergan har bir vatandoshimizga, ulug„
bobomizga ehtirom bildirib, uzoq-yaqindan yurtimizga tashrif buyurgan aziz
mehmonlarga xalqim nomidan cheksiz minnatdorlik izhor etaman.
Muhtaram jamoat!
Ma‟lumki, Islom dinining bosh g„oyasi – bu «Lo iloha illallohu, Muhammadun
rasulilloh» kalimasidir. Mana shu iymon kalimasini ro„yi zamindagi har bir
musulmon qalbiga singdirishda al-Buxoriy beqiyos jasorat ko„rsatdi. Shu sababli ham
ul hazratning muborak nomi abadul-abad insoniyat xotirasidan o„chmagay,
inshoolloh.
Ushbu saodatli damlarda Imom al-Buxoriy bobomizning ruhi poklari shod bo„lib,
qabrlari nuri ilohiyga to„lgan bo„lsin!
Ul muborak zotning poyida duogo„y bo„lib turganlarning, butun xalqimizning,
jamiki ahli islomning xayrli va savobli ishlarida Robbimizning o„zi madadkor bo„lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |