Yuqoridagi misollar istiqlol yillarida madaniyat muassasalari moddiy bazasini
mustahkamlashga respublika rahbariyati katta e‟tibor berganligini ko„rsatib turibdi.
san‟atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun yanada keng yo„l ochildi. Navoiy
nomidagi katta opera va balet teatri, A.Hidoyatov nomidagi drama teatri, «Ilhom»
teatr studiyasi, Rus yosh tomoshabinlar teatri shu jihatdan ibratli ishlar qildilar.
Navoiy nomidagi teatr balet truppasining Malayziya va Tailandga, A.Hidoyatov
nomidagi teatrining Angliya, Shotlandiya va Germaniyaga, Rus bolalar teatrining
Shu yillarda o„zbek teatrlari sahnasida yangi zamonaviy mavzudagi asarlar
namoyish etila boshlandi. Jumladan, 1992-yilning o„zidagina Abror Hidoyatov
nomidagi o„zbek davlat drama teatri ijodiy jamoasi mashhur italyan komediyanavisi
Karlo Gashinning «Malikai Turandot» spektaklini, Muqimiy nomidagi o„zbek davlat
musiqali teatri jamoasi esa «Shum bolaning sarguzashtlari» va komediya janrida
yaratilgan «Mening oppoq kabutarlarim» spektakllarini, shuningdek, Yunus Rajabiy
nomidagi Jizzax musiqali drama teatri A.Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni
asosida yaratilgan asarlarni sahnaga qo„ydilar. Bu spektakllar tomoshabinlar
Uzoq yillardan buyon taqiqlab kelingan Amir Temur mavzusida Qashqadaryo
viloyat musiqali drama va komediya teatridan so„ng respublikamizda ikkinchi bo„lib,
Hamza nomidagi o„zbek Davlat akademik drama teatrida jahongir hayoti haqidagi
435
Milliy istiqlolning ikki yilligi arafasida poytaxtimizning qator teatrlarida yangi
sahna asarlarining ko„riklari bo„lib o„tdi. A.Hidoyatov nomidagi o„zbek Davlat
drama teatrida jahon badiiy xazinasining o„lmas durdonalaridan biri Abdulqosim
Firdavsiyning «Shohnoma» asarining 1000 yilligiga bag„ishlab mazkur asar asosida
«Faridun» nomli ikki qismli fojia sahnalashtirildi. Shuningdek, Abdulhamid Cho„lpon
qalamiga mansub, badiiy jihatdan yaxshilik, chin muhabbat, insof-diyonat ulug„lanib,
fisq-u fasod hamda tajovuzkorlik keskin qoralangan «Yorqinoy» pyesasi ham yana
sahna yuzini ko„rdi. A.Majidiy nomidagi Kattaqo„rg„on shahar drama teatrining ijodiy
jamoasi mazkur tomoshani o„z muhlislariga taqdim etadilar. 1993-yilning avgust
oyida Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama va komediya teatri jamoasi
dramaturg Erkin Samandarning «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasini ham
sahnaga qo„ydi.
Markaziy Osiyo xalqlari teatrlarining o„zaro ijodiy hamkorligi yo„lga qo„yildi.
Mazkur soha jamoalarining, 1992-yilning 26-martidan to 4 aprelgacha «Navro„z-92»
xalqaro anjumani o„tkazildi.
Anjumanda Tojikistonning «Axorun» teatri «Yo„qolgan Yusuf xonadonga
qaytadi», Turkmaniston Davlat yoshlar tajriba teatri «Dali Dumbul», Lohutiy
nomidagi Tojikiston Akademik drama teatri «Asrga tatigulik kun», A.Hidoyatov
nomidagi o„zbek Davlat drama teatri «Iskandar», Qirg„iziston Akademik drama teatri
«Aykul manas» («Ajoyib manas»), Y.Shakarjonov nomidagi Farg„ona viloyat
musiqali drama va komediya teatri «Toshkentga sayohat» tanlov spektakllarini
namoyish etdilar.
4-aprel kuni «Navro„z-92» xalqaro teatr bayramining g„oliblari e‟lon qilindi. Oliy
mukofot (Gran-Pri) – Turkmaniston Davlat yoshlar teatrining «Dalli Dumbul»
spektakliga, Xalqaro Teatr uyushmalari konfederatsiyasining maxsus mukofoti –
Y.Shakarjonov nomidagi Farg„ona viloyat musiqali drama va komediya teatrining
«Toshkentga sayohat» komediyasiga berildi.
Yuksak rejissyorlik mahorati uchun «Asrga tatigulik kun» spektakli rejissyori
Ozarbayjon Mambetov (Qozog„iston), milliy qadriyatlarni tiklash yo„lidagi katta
xizmatlari uchun – Qirg„izistonlik san‟atkorlarning «Buyuk qalbi manas» spektakliga,
rejissuradagi yangi uslub va shakl izlanishlari uchun Abror Hidoyatov nomidagi
o„zbek davlat drama teatrining «Iskandar» spektakli rejissyori Bahodir Yo„ldoshevga
Xalqaro Teatr uyushmalari konfederatsiyasining maxsus mukofoti berildi.
1993-yil iyul-avgust oylarida O„zbekiston mustaqilligining ikki yilligiga
bag„ishlab Navoiy viloyatida tumanlararo do„stlik festivallari bo„lib o„tdi.
Bu bayram festivallarida xalqlarimiz o„rtasidagi do„stlik, mehr-oqibat, milliy
an‟analar va qadriyatlarimizga hurmat tarannum etildi.
Bizda bayramlar ma‟lum sanalar atrofida, sanalarni nishonlashdan iborat
bo„libgina qolmaydi. U ayni tafakkur tarzimizni o„zgartiradigan, mustaqillik va
Vatanga bo„lgan tuyg„ularimizni jonlantiradigan qudratli omilga aylandi. Biz ayni ana
shu bayramlar va yubileylar orqali,
Do'stlaringiz bilan baham: